Savol: 2013 yil 24 noyabrda Eron bilan «5+1» guruhi o’rtasida yadroviy programmaga oid kelishuv imzolanganidan boshlab bu kelishuv xususida birin-ketin xalqaro va regional pozitsiyalar bildirildi, siyosiy bayonotlar berildi. Bu pozitsiyalar va bayonotlarda aralash va bir-biriga zid qarashlar ko’rinib turibdi… Masalan Eron bu hodisani o’zi uchun bir g’alaba va uranni boyitish bo’yicha o’z huquqini xalqaro maydonda tan olinishiga erishishi deb hisoblayotgan bo’lsa, Amerika bu kelishuvda Eronning boyitish huquqini tan olinganini rad etmoqda va bu kelishuv yahud vujudi xavfsizligini yanada ko’proq ta’minlashini hamda Eronning yadroviy davlatga aylanishiga yo’l qo’ymaslikka olib kelishini aytmoqda. Yahud vujudi esa bu kelishuvni yomon va bir tarixiy xato deb hisoblamoqda… Bu narsa menda – boshqalarda ham bo’lsa kerak – bu kelishuv voqesini bilishda chalkashlikni paydo qildi… Shuning uchun savol quyidagicha: bu kelishuv voqesi nimadan iborat va u bilan bir vaqtda bildirilgan pozitsiyalar nimani anglatadi? Bu kelishuvning Eronning mintaqadagi roliga, masalan Suriyada bo’layotgan hodisalar kabi jarayonlarga aloqasi bormi? Obamaning bu kelishuvni ma’qullash va uni himoya qilishda bunchalik qizg’in harakat sarflaganiga va sarflayotganiga sabab nima? Men hatto siyosatchilardan birining «Obama bu kelishuvga Erondan ham ko’ra ko’proq ahamiyat berayotganga o’xshaydi» deb aytganini eshitdim. Shularni yoritib bersangiz. Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
Javob: Avvalo bu kelishuvdagi narsalar voqesini turli axborot vositalarida nashr qilingani bo’yicha ko’rib chiqaylik:
1 – Eronning bu kelishuv bo’yicha olgan majburiyatlari:
a) Eron uranni 5 % nisbatdan oshadigan darajada boyitishni to’xtatish va bu nisbatdan oshadigan darajada boyitish uchun lozim bo’lgan texnik qurilmalarni buzib tashlash majburiyatini oldi. Eron o’zining 20 % boyitilgan urandan iborat butun zaxirasini 5 %dan past darajagacha kamaytirish yoki uni boshqa hech qanday boyitish protsesslariga munosib kelmaydigan suratga o’zgartirish majburiyatini oldi… Eron o’zining uran zaxirasini oshirishga oid har qanday oldinga siljishni 3,5 % nisbatda to’xtatish majburiyatini ham oldi. Bunda shu kelishuvda aytilgan olti oy davrning oxirida bu miqdor boshlanishida bo’lgan darajadan oshmaydigan bo’ladi va uranni 3,5 % nisbatda boyitishdan oshiqcha bo’ladigan har qanday miqdor oksidga aylantiriladi.
b) Eron boyitish qudratida bo’ladigan har qanday oldinga siljishni har qanday turdagi har qanday qo’shimcha tsentrofugani o’rnatmaslik orqali to’xtatish majburiyatini, uranni boyitish uchun tsentrofugalarning keyingi har qanday avlodidan foydalanmaslik va o’rnatmaslik, Natanzda o’rnatilgan tsentrofugalarning yarmini va Fordoda o’rnatilgan tsentrofugalarning to’rtdan uchini ishdan chiqarish majburiyatini oldi. O’shanda uranni boyitishda bu tsentrofugalardan foydalanish mumkin bo’lmay qoladi. Eron tsentrofugalar ishlab chiqishni qisqartirib zaruriy texnik jihozlarga cheklanish majburiyatini ham oldi, o’zi boy berib zarar ko’radigan texnik asboblar o’rnini to’lg’azish uchun zaruriy texnik jihozlargagina cheklanadigan bo’ldi. Natijada Eron olti oy orasida qo’shimcha tsentrofugalarni to’plab zaxira qilish imkoniga ega bo’lmay qoladi.
v) Eron Arak reaktorini ishga tushirmaslik, plutoniyni ajratib olish yo’nalishida oldinga siljishni to’xtatish, uning uchun har qanday qo’shimcha qurilmalarni tuzmaslik, unga hech qanday yonilg’i yoki og’ir suvni o’tkazmaslik majburiyatlarini oldi. Kelishuvda ishlatilib bo’lingan yonilg’idan plutoniyni ajratib olishni man qilish, Arak reaktori haqida ancha vaqtdan beri talab qilib kelinayotgan loyihalashtirishga oid ma’lumotlarni taqdim qilish ham ko’rsatilgan. Bu esa shu reaktor haqida ilgari qo’lga kiritish imkoni bo’lmagan nozik batafsil ma’lumotlarni qo’lga kiritish imkonini beradi.
g) Inspektorlarning Arak reaktoriga kirishi uchun yanada ko’proq imkoniyatlarni berish, Eronning Xalqaro atom agentligi bilan tuzgan kafolatlar berish kelishuvining qo’shimcha protokoli bo’yicha talab qilib kelingan muayyan asosiy bayonnomalar va ma’lumotlarni taqdim qilish. Eron Atom agentligi inspektorlarining «Natanz» va «Fordo» reaktoriga deyarli har kuni kirishiga ruxsat berish majburiyatini ham oldi, bu inspektorlarning bu ikki reaktorda boyitishga taalluqli narsalar xususida to’liq nazoratni kafolatlash uchun kameralar bilan qayta-qayta suratga olishiga ruxsat beriladi… Eron Xalqaro atom agentligining tsentrofugalarni to’plash inshootlari bilan tanishib chiqishiga, tsentrofugalar tuzilmalarini ishlab chiqish va saqlash inshootlariga kirishiga, uran konlariga va uni tayyorlash stantsiyalariga kirishiga keng yo’l ochib qo’yish majburiyatini ham oldi.
d) Eron kelishuv ijrosi nazorat qilinishi uchun va kelib chiqishi mumkin bo’lgan har qanday muammoni hal qilish uchun 5+1 davlatlari bilan birga qo’shma komissiya tuzish majburiyatini ham oldi. Bu qo’shma komissiya Eronning yadroviy programmasiga taalluqli oldingi va hozirgi xavotirlarni, jumladan Eron programmasining ehtimol tutilgan harbiy ko’lamiga va Eronning Barshin aktivlariga taalluqli xavotirlarni bartaraf qilishni engillashtirishga ham harakat qiladi.
2 – Eronning shu ittifoq bo’yicha erishgan narsalari:
a) Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif o’zining mamlakati uranni boyitishni olti oy muddatga 20 % darajagacha to’xtatib turishini, shu bilan birga boyitish programmasining boshqa qismlarida ish davom ettirilishini bildirdi. Vazir yirik kuchlar olti oy orasida qo’shimcha jazo choralari joriy qilmaslik majburiyatini olganini, Eronning neft-kimyo va avtomashinalar ishlab chiqarish sanoatlariga, ta’minot va qimmatbaho metallar savdosi sohalariga qarshi joriy qilingan jazo choralaridan tashqari, neftni sotishni taqiqlash sohasidagi mavjud ayrim jazo choralarini ham to’xtatilishini ko’rsatib o’tdi.
b) Reyter agentligi 2013 yil 24 noyabrda tarqatgan xabarga ko’ra Oq uy bu muvaqqat kelishuv haqida tarqatgan hujjatda ko’rsatilishicha, Eronga qarshi joriy qilingan jazo choralari yadroviy programmaning ayrim tomonlari to’xtatilishi evaziga engillashtiriladi. Hujjatda Eron oltin va qimmatbaho metallar savdosidan, Eron avtomashinalari sektoriga qarshi joriy qilingan ayrim jazo choralari to’xtatilishidan va neft-kimyo eksportidan 1,5 milliard dollarga etadigan daromadlarga ega bo’lishi mumkinligi ko’rsatilgan. Shuningdek Eron neftini sotib olishlarning hozirgi juda past darajalarida qolishiga ham ruxsat beriladi va agar Eron o’z majburiyatlarini bajaradigan bo’lsa bu sotuvlardan kelgan 4,2 milliard dollarni obligatsiyalarga aylantirilishiga ruxsat beriladi. Oq uyning ta’kidlashicha, bu kelishuv Eronga qarshi joriy qilingan jazo choralarini savdo ayirboshlash (savdo oboroti) shaklida 7 milliard dollar qiymatida engillashtiradi.
v) Jenevadagi so’zlashuvlarda ishtirok etgan delegatsiyalar a’zolaridan bir nechasining aytishicha, bu kelishuv Tehronga qarshi joriy qilingan jazo choralarini savdo oboroti shaklida 7 milliard dollar qiymatida chekli tarzda engillatish evaziga Eron yadroviy programmasining qisqartirilishini taqozo qiladi.
3 – Eron buni bir muvaffaqiyat deb hisobladi. Masalan Eron oliy murshidi Ali Homanaiy bu kelishuvni maqtab bunday dedi: «Yadroviy muzokaralarda qatnashgan guruhga bu yutuq uchun tashakkur bildirish lozim, bu muvaffaqiyatning sababi ilohiy inoyatga, namozlar va xalqning qo’llab-quvvatloviga ham borib taqaladi». (Eron Fors agentligi – 2013 yil 25 noyabr). Ruhoniy 2013 yil 26 noyabr oqshomida Eron televideniesi bilan bo’lgan muloqotda Eron huquqlaridan bir qismi bo’lgan boyitish huquqi saqlanib qolaverishini aytdi. U qo’shimcha qilib: «Boyitish bugun davom etmoqda va u ertaga ham davom etadi, u hech qachon to’xtab qolmaydi, zero bu qizil chiziqdir» dedi. O’sha muloqotda Eron prezidenti o’z mamlakatining yadroviy programmasi xususida bir mukammal kelishuvga erishishdan umidvor ekanini bildirdi. U bu to’g’rida uzoq yo’lni bosib o’tishga to’g’ri kelishini, bu yo’lda borish xalqning ko’magi va qo’llab-quvvatlovi bilangina mumkin bo’lishini aytdi. Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod 2013 yil 25 noyabr oqshomida bo’lgan telemuloqotda o’zining mamlakati uranni boyitishni davom ettirajagini aytib, Tehron bu to’g’rida amerikaliklar bilan so’zlashuvlar olib borishini qo’shimcha qildi.
4 – Bu haqiqatdan ham muvaffaqiyatmi? Bu kelishuv bandlarini diqqat bilan kuzatgan odam Eron o’zining yadroviy programmasi borasida katta yon berishlarni berganini va boyitishni to’xtatib, 20 % boyitilgan uranni 5 %dan ham past darajaga tushirishga yoki uni ilgarigi holicha qoldirmaydigan suratga aylantirishga oid G’arb istagini qabul qilganini ko’radi. Eron 5 %dan ortiq boyitmaslik va og’ir suv ishlab chiqaradigan reaktorlarda ishlarini davom ettirmaslik majburiyatini, yadroviy qurol-aslahalar sanoati uchun zarur bo’lgan plutoniyni ishlab chiqarmaslik majburiyatini, yangi tsentrofugalarni o’rnatmaslik majburiyatini, yadroviy inshootlar doim xalqaro nazorat ostida bo’lishi uchun inspektorlarga har kuni eshiklarni lang ochib qo’yish va qilinadigan barcha ishlar tasvirlarini etkazib turish majburiyatini oldi… Shunday ekan, buni qanday qilib muvaffaqiyat deb hisoblash mumkin?! Eron mas’ullarining bu kelishuvni muvaffaqiyat va katta g’alaba deb hisoblashi o’zlarining yon berishlarini va Amerikaga qaram ekanliklarini yashirishdan boshqa narsa emas. Bundan maqsadlari o’zlariga xalqlari tomonidan qarshi chiqishi mumkin bo’lgan har qanday ovozni bo’g’ib tashlash va Amerika bilan ochiq-oshkor aloqalar o’rnatishga muhitni tayyorlashdir.
Eronning bu yon berishlari uning mustaqil suverenitetga egaligi va o’zining mustaqilligi hurmat qilinayotgani haqida jar solib da’vo qilishlariga ziddir. Bo’lmasa qanday qilib bunga yo’l qo’yishi mumkin? Qanday qilib o’zini doimiy nazorat va kundalik taftish ostiga qo’yib qo’yishi mumkin? Xuddi shunday hol Saddam davrida Iroqda ham kuzatilgan edi. O’shanda bosqinchi Amerika zo’ravonligi bilan Iroq o’zining inshootlarini kundalik nazorat va taftish ostiga qo’yib bergan edi! Ommaviy qirg’in qurollarini qidirish uchun shunday qilingan edi! Hozir esa Eron bilan ham xuddi shu hol yuz beryapti. Eron bu bilan o’zining yadroviy qudrati rivojiga to’siq qo’ygan bo’ladi. Ayniqsa Eron yahud davlatining o’z qudratini, an’anaviysini ham, noan’anaviysini ham tinimsiz rivojlantirayotganini ko’ra-bila turib shunday qadam tashlagan ekan, u o’zining qudrati rivojiga to’siq qo’ygan bo’ladi… Ko’zi va ongi bor har bir odam buning muvaffaqiyat emasligini, biron davlatning boyitish 20 %ga etganidan keyin 3,5 % – 5 % boyitishga qaytishi va 20 % boyitilgan uran aktivligini to’xtatish uchun muayyan tadbir-choralarni ko’rishga harakat qilishi aslo muvaffaqiyat emasligini yaxshi tushunadi. Bu aslo muvaffaqiyat emas. Aksincha u Amerika Eron bilan birgalikda siyosat kuluarlarida rejalashtirgan bir ishdir. Undan maqsad Amerika-Eron aloqalarini yashirinlikdan oshkorlikka chiqarishdir. Chunki ana shunda Eron o’ziga chizib berilgan rolni bu mintaqada hech qanday jazo choralari cheklovlarisiz bemalol ado etadigan bo’ladi… Ko’pgina odamlar Eronning Amerikaga malaylik qilayotganini tushunib qoldi. Bu ularga ayniqsa Suriya hodisalaridan keyin aniq ayon bo’lib qoldi. Aslida bu malaylik jumhuriyat e’lon qilingan kundan boshlangan edi. Lekin Eron bilan Amerika o’rtasidagi hamkorlik barcha masalalarda, ayniqsa Iroq va Afg’oniston mavzusida yashirin bordi. Buni Eronning sobiq mas’ullari ham tan olgan.
Hozirgi tashqi ishlar vaziri Javod Zarif 2001 yilda Eronning Amerikadagi diplomatik vakili edi. O’sha davrda u o’z hukumatidan Amerikaning Afg’onistonni bosib olishida Amerika bilan hamkorlik qilishni talab qilgan edi. Shuning uchun o’shanda uni ayrim eronliklar Amerika malayi deb ayblashgan edi. Hozir esa Eron Amerika bilan muomalada bo’lishda ochiq-oshkor yo’lni tutib, Amerika rejalarini ochiq-oshkor bajarishda ishtirok etmoqchi bo’lyapti, o’zi uchun Amerika qo’llab-quvvatlaydigan bir regional rol bo’lishini istayapti. Shuning uchun Amerika Eronning Suriyadagi rolini qo’llab-quvvatladi. Amerika o’ziga qaram Suriya rejimi tarkibini saqlab qoladigan yana bir malayini topgunga qadar Bashar Asad rejimini qo’llash uchun Eronning mana shu rolini qo’llab-quvvatladi.
5 – Imzolangan bu kelishuv ortida Amerika turdi. Amerika 2013 yil 24 noyabrda bu kelishuv e’lon qilinishidan bir necha oy oldin Erondagi hukumat bilan yashirin uchrashuv o’tkazgan edi. Chunki Amerika Yevropaning Amerika-Eron kelishuviga to’siq qo’yishni istayotganini yaxshi tushunar edi. Shuning uchun bu kelishuv evropaliklarni undan xabardor qilishdan oldin «pishirib» tayyorlab olindi. Masalan Frantsiyaning Le Monde gazetasi 2013 yil 24 noyabrda: «Yirik Amerika va Eron mas’ullari bir necha oy davomida ikki yoqlama yashirin so’zlashuvlarni olib borishdi, bu so’zlashuvlar Eronning yadroviy programmasi bo’yicha 2013 yil 24 noyabr shanbadan yakshanbaga o’tar kechasi erishilgan printsipial kelishuvda muhim rol o’ynadi», degan xabarni tarqatdi. Gazeta bu xabarni «Assoshieyted Press» agentligi Amerika mas’ullariga tayanib yozgan narsaga muvofiq tarqatdi. «Assoshieyted Press» agentligi AQSh o’zining ittifoqchilarini, 5+1 guruhidagi boshqa a’zolarni va «Isroil»ni o’zining bu yashirin uchrashuvlaridan ularni o’tkazganiga sakkiz oy bo’lganidan keyin, ya’ni 2013 yil sentyabr oxirida Obama Ruhoniy bilan bog’langanidan keyin xabardor qildi… Frantsuz gazetasining yozishicha, bu uchrashuvlar Ummonda o’tkazilgan… Amerika idorasidagi uch mas’ulning «Assoshieyted Press» agentligiga ta’kidlashicha, Eronning yadroviy programmasi xususida Jenevada shanba kechasida erishilgan bu kelishuv asoslarini qo’ygan mana shu yashirin muzokaralardir.
6 – Shuning uchun ham Obama bu kelishuv tuzilishiga e’tiborni tortadigan tarzda ahamiyat berdi. Hatto u kongressdagi har qanday qarshilikka qarshi turadigan, yahud vujudini bu kelishuv ularning xavfsizligini muhofaza qiladi deb tinchlantiradigan va uning tuzilishini tezlashtiradigan bo’ldi. Bularning bari uning gap-so’zlarida ochiq ko’rinib turibdi:
Obama Eron bilan ochiq-oshkor yaqinlashish siyosatini oqlab bunday dedi: «Diplomatiya qarshisida eshikni yopib qo’ya olmaymiz, olam muammolarini tinch yo’l bilan hal etishni ehtimoldan uzoq sanay olmaymiz». U yana bunday dedi: «Eron bu fursatdan foydalanib xalqaro hamjamiyatga qo’shilishga qaror qilsa uzoq yillardan beri mamlakatlarimiz o’rtasida mavjud bo’lib kelayotgan shubha-gumonlarga chek qo’yishni boshlashimiz mumkin». (Al-Jazira – 2013 yil 26 noyabr). Obama bu kelishuv haqida so’zlar ekan bunday dedi: «Eron bilan birgalikda qilgan bu ishimiz oldinga sezilarli siljish va mansabimni egallaganimdan beri eng ahamiyatli ish hisoblanadi… Bugungi e’lon esa katta muvaffaqiyatga erishish sari tashlangan birinchi qadamdir, xolos». (En-bi-si nyus, Olam xabarlari – 2013 yil 23 noyabr). Obama 2013 yil 25 noyabrda San-Frantsiskodagi bir aktsiyada ishtirok etishi chog’ida quyidagilarni aytdi «Katta xavflar saqlanib qolyapti, lekin diplomatik variantga qarshi turolmaymiz, olam duch kelayotgan muammolarni diplomatik yo’l bilan hal qilishni ehtimoldan uzoq sanay olmaymiz». U bunday deb qo’shimcha qildi: «Diplomatiya qarshisida eshikni yopib qo’ya olmaymiz, olam muammolarini tinch yo’l bilan hal etishni ehtimoldan uzoq sanay olmaymiz». U «kelgusi oylarda Eron yadroviy programmasi tahdidini uzil-kesil muolaja qilib hal qilishga erishish maqsadida diplomatik harakatlarni davom ettirish»ga ishora qildi… Obama 2013 yil 24 noyabrda bu kelishuv mana shu programma masalasini to’liq hal etish sari bir muhim qadam hisoblanishini aytib, bu kelishuv Tehron qarshisida yadroviy bombani ishlab chiqish yo’lini yopib qo’yadi, dedi. Obama o’zining mamlakati agar Eron olti oy orasida kelishuv bandlariga amal qilmaydigan bo’lsa Eronga qarshi jazo choralarini engillatishni to’xtatib qo’yishini ham aytdi.
Kerri ham bu kelishuv Eronning yadroviy qurol-aslaha sari intilishini qiyin qilib qo’yishini aytdi. U o’n yildan beri davom etib kelayotgan yadroviy muammo borasida tortishuvni keltirib chiqargan ko’pgina masalalardan biri haqida gapirar ekan, bu kelishuv Eronning uranni boyitish borasidagi «huquqi»ni aslo kafolatlamasligini aytdi. U yahud vujudini tinchlantirish uchun bunday deb qo’shimcha qildi: «Bu kelishuv olamni yanada tinchroq, Isroil va mintaqadagi sheriklarimiz xavfsizligini yanada ko’proq ta’minlaydi». (AFP – 2013 yil 24 noyabr).
Oq uy kongressning yahud lobbisiga xayrixoh a’zolari ta’siriga qarshi turish uchun tezlik bilan harakatga kirishdi. Masalan Oq uy «og’ir vazn»li Skaukroft va Bzejinskiydan bunday tadbirlarni to’xtatish uchun kongressga bosim o’tkazishni talab qildi. Natijada bu ikkovi o’zlari yo’llagan maktubda senatdagi ko’pchilik fraktsiyasi lideri Garri Riddan Eron bilan olib borilayotgan muzokarani – unda Amerika milliy manfaatlari borligi uchun – qo’llab-quvvatlashni talab qilishdi. O’sha maktubda jumladan quyidagilar kelgan: «… Bu muzokara Qo’shma Shtatlar, Isroil va mintaqadagi boshqa sheriklarimizning milliy xavfsizligini kuchaytiradi». Maktubda Eronga qarshi yangi jazo choralarini qo’llash oqibatidan ogohlantirilib bunday deyildi: «Hozir, mana shu misli ko’rilmagan muzokaralar sharoitida qo’shimcha jazo choralarini qo’llash eronliklarga Qo’shma Shtatlar Erondagi hozirgi hukumat bilan hech qanday kelishuv tuzishga tayyor emas, deb ta’kidlashni anglatadi». Maktubda yana bunday deyilgan: «Biz barcha amerikaliklarni va kongressni Eron bilan olib borilayotgan qiyin muzokaralarda qat’iyat bilan prezident bilan birga turishga chaqiramiz». (Skaukroft, Bzejinskiy… Strategik saqofat onlayn fondi – 2013 yil 20 noyabr). Bularning barchasidan Amerika bu masala xuddi o’zining taqdiriy masalasidek ish yuritgani aniq ko’rinib turibdi!
7 – Yevropaning bu kelishuvga to’siq qo’yishga urinishlari, so’ngra unga rozilik berishi: Amerika Yevropaning Amerika-Eron kelishuvi bo’lishini istamasligini yaxshi tushunar edi. Chunki Yevropa Eronning Amerikaga malayligini yaxshi biladi. Jazo choralarini engillatish esa Amerika Eronga yana bir rolni chizib berayotganini anglatadi. Eron Amerikaning mintaqadagi manfaatlariga xizmat qilish uchun ana shu rolni bajaradi. Bu esa Erondan cheklovlarni olib tashlashni talab qiladi, chunki Eron ana shunda bemalol, oson harakat qiladigan bo’ladi. Shuning uchun ham Frantsiya 2013 yil 15 oktyabrda o’tkazilgan birinchi raundda kelishuvni chigallashtirishga urindi, Britaniya esa odatdagidek parda ortidan urindi. Lekin Amerika bu kelishuvni tuzishga jiddiy harakat qildi, natijada Yevropa rozilik berishga majbur bo’ldi.
Shunday qilib evropaliklar bu kelishuvga to’siq qo’yisha olmadi. Chunki ular Amerika bu kelishuv asoslarini allaqachon qo’yib bo’lganini, «ustunlari»ni tiklab, «g’isht»larini tayyorlab ulgurganini tushunib etishdi… Shuning uchun unga rozilik berishdi. Ularning bu kelishuvdan xalqaro maydonda foydalanib qolishmoqchi ekanligi ko’rinib turibdi, ayniqsa bu kelishuv Eronning yadroviy qurol ishlab chiqarish sari intilishiga haqiqatdan ham chek qo’yar ekan, ular bu kelishuvdan foydalanib qolishmoqchi. Chunki bu kelishuv Eronni uranni 3,5 % – 5 %dan oshiq boyitishdan man qiladi. Eronning harakat qilib 20 % boyitgani yo’q qilinadi. Yadroviy reaktorlar esa har kuni nazorat va taftish ostida bo’lib qoladi. Shuning uchun ham Britaniya tashqi ishlar vaziri Uilyam Xeyg 2013 yil 24 noyabrda o’zining tvitterdagi sahifasida bu kelishuvni maqtab bunday dedi: «Bu kelishuv bir muhim ish bo’ldi, u Eron bilan bo’ladigan birinchi muhim va rag’batlantiruvchi bosqichni aks ettiradi va Eronning yadroviy programmasi bo’yicha ishlarni olti oygacha muzlatib qo’yadi, uning ayrim qismlarini oldingi bosqichlariga qaytaradi». Frantsiya prezidenti Fransua Olland bu kelishuvga bunday baho berdi: «U G’arbning Eron bilan normal aloqalar o’rnatishi sari to’g’ri yo’l tutishdagi bir muhim qadamdir va u Frantsiya uran zaxiralari, uni boyitish, yangi inshootlarni ishga tushirishni to’xtatib qo’yish va xalqaro nazorat sohasida qo’ygan talablarni hurmat qiladi». (AFP – 2013 yil 24 noyabr).
8 – Endi yahud vujudining pozitsiyasi qolyapti… Yahud vujudining bu kelishuvni yomon deb hisoblagan pozitsiyasi bir yangilik ham, hayron bo’ladigan narsa ham emas. Chunki Falastinni bosib olgan bu bosqinchi davlat paydo bo’lganidan boshlab o’zi uchun bir siyosatni chizib rejalashtirib qo’ygan. U bu mintaqada nafaqat bir yadroviy quvvatning, balki har qanday ta’sirli moddiy quvvatning paydo bo’lishiga, balki hatto takomillashgan an’anaviy quvvatning paydo bo’lishiga ham qarshi turish siyosatidir. Yahud vujudi bunday quvvatning nafaqat Eron kabi bir yirik davlatda, balki hatto bir kichik davlatda paydo bo’lishiga ham tish-tirnog’i bilan qarshi turadi. Masalan yahud vujudi Iordaniyani qurollantirishga qarshilik qiladi. Vaholanki u Iordaniyani o’zining strategik sherigi deb hisoblaydi. Lekin shunga qaramay uni qurollantirishga qarshi turadi! Livanning Axbor agentligi 2006 yil 13 martda arab vikiliksidagi bir hujjat haqida xabar tarqatdi. O’sha hujjatda elchi Richard Jons yahud davlatining Amerikadan 2006 yil fevralda mintaqadagi davlatlar qurol-aslahalarini cheklab qo’yishga nisbatan qilgan talablari haqida so’z yuritadi. Unda Iordaniya haqida quyidagilar kelgan: «… Ibroniy (yahudiy) davlat Iordaniyani «strategik sherik» deb biladi… Shunga qaramay o’zaro geografik yaqinlikni va ehtimol tutilayotgan strategik o’zgarishlarni e’tiborga olib Isroil o’zining mudofaa armiyasi bilan Iordaniya armiyasi o’rtasida sifatda farqning kamayishini ko’tarolmaydi, Isroil Iordaniyani Sam raketalari yoki o’zining havo bo’shlig’ini butunlay qamrab oladigan boshqa har qanday sistemalar bilan qurollantirilishi xatariga ham chidab turolmaydi…». Yahud davlatining mintaqadagi kichik va katta davlatlarga nisbatan yurgizadigan siyosati mana shu. Bugina emas, balki «Isroil» Falastin ma’muriyati bilan bu ma’muriyat uchun bir davlatcha bo’lishi xususida olib borayotgan so’zlashuvlarida agar bu davlatcha dunyoga keladigan bo’lsa uning qurolsiz bo’lishini ham shart qilib qo’ymoqda… Shuning uchun, demak yahud davlati Eronning tinch yadroviy davlat bo’lishiga ham, harbiy yadroviy davlat darajasiga etishiga ham chidolmaydi, balki Erondagi mintaqadagi har qanday davlatdagi xoh tinch maqsadlardagi bo’lsin, xoh boshqa maqsadlardagi bo’lsin, har qanday yadroviy qudratni yo’q qilishni va bu qudrat borasida peshqadamlik o’ziniki bo’lishini istaydi. Shuning uchun ham yahud davlati Saddam davrida Iroqning yadroviy inshootlariga Amerikaning «yashil chiroq» yoqib berishi bilan hujum qildi. Yahud davlati Erondagi yadroviy inshootlarga ham hujum qilishga ko’p marta tayyorlandi va Amerika uni bundan man qilib keldi… Shuning uchun biz yahud davlatining Shom tog’uti kimyoviy qurollarni yo’q qilinishga rozilik berganida xursandlikdan qanday raqsga tushganini ko’rdik…
Yahud davlati o’zining hech qanday quvvatga ega emasligini, balki uning quvvati
«Faqat Allohning va odamlarning arqoni bilangina bo’lishini» [Oli Imron 112] yaxshi biladi.
Ular Allohning arqonini allaqachon uzib bo’lishgan… Odamlar arqoni esa yahud vujudiga u paydo bo’lganidan boshlab Britaniya tomonidan cho’zildi, Frantsiya uni oziqlantirdi va Amerika unga enagalik qildi. Bu bilan yahud vujudi o’zining siyosatida Amerikaga yopishib qoldi. Shunga ko’ra, demak yahud vujudining kelgusi olti oy orasida Eronga hozirgi vaqtinchalik echimda qo’yilgan cheklovlardan ham ko’proq cheklovlar qo’yilishini kafolatlaydigan uzil-kesil echimni yo’lga qo’yish maqsadida Amerikadagi yahudiy lobbisiga ta’sir o’tkazish uchun bor kuchini sarflashi kutiladi… Lekin barcha holatlarda ham Amerika o’zining manfaatlarini yahud vujudidan ustun qo’yadi. Balki Amerika yahud vujudi xavfsizligini belgilaydi va bu vujud o’z xavfsizligini Amerikaga yuklay olmaydi. Ayniqsa Obama hozir o’zining oxirgi saylanish davrida ekan, demak yahudiy lobbisining unga ta’siri nisbatan kamroq bo’ladi.
Shu bilan birga yahud davlati o’zining saqlanib qolishi Amerikaning unga beradigan yordamida deb biladi. Chunki Amerika mintaqa davlatlarini yadroviy qurollanishdan man qilib, yahud davlatining esa harbiy yadroviy sanoatga ega bo’lishiga yo’l qo’yib kelmoqda. Hozirgi kelishuv ham yahud davlatini tinchlantiruvchi ayrim ishlarni o’z ichiga olgan. Masalan «Isroil» razvedka vaziri Yuval Shteynits ikkinchi ibroniy radiosi u bilan o’tkazgan muloqotda bunday dedi: «Yirik davlatlar oxirgi soatlarda bu kelishuvni uning qoralamasiga Isroil istagiga binoan tuzatishlar kiritish sharti bilan e’lon qilish to’g’risida qattiq turib oldi». Yahud davlati oxirgi uzil-kesil echimga qo’shimcha shartlar va cheklovlar kirita olishi ilinjida Amerika bilan birgalikda urinmoqda. «Isroil» moliya vaziri «Isroil» armiyasi radiosi u bilan 2013 yil 24 noyabr ertalab o’tkazgan muloqotda bunday dedi: «Isroil olti oydan keyin yaxshiroq uzil-kesil echimga erishish uchun Qo’shma Shtatlar va olamdagi boshqa kuchlar bilan hamkorlik qilishi lozim». U bunday deb qo’shimcha qildi: «Bu kelishuv yomon bo’lsa-da, lekin biz amerikaliklar va boshqalar bilan hamkorlikda ish olib borishimiz kerak, o’shanda uzil-kesil kelishuvga Eron yadroviy loyihasini butkul yo’q qilish kiritiladi». Bularning barchasidan ayon bo’ladiki, yahud davlati Amerika qo’llab-quvvatlovi bilan mintaqada yadroviy qurolga yakka o’zi egalik qilishini, mintaqadagi boshqa har qanday davlatni har qanday takomillashgan quvvatga ega bo’lishdangina emas, balki bu davlatlarni yadroviy energiya ishlab chiqarish borasidagi har qanday nazariy yoki amaliy qudratga ega bo’lishdan ham man qilishni istamoqda… Alamlisi musulmonlar yurtlaridagi mavjud davlatlarning mo’rtligi, balki xoinligidir. Bu davlatlar yadroviy qurollarga ega bo’lish haqida bahs qilish u yoqda tursin, tinch maqsadlarda yadroviy energiya ishlab chiqarish haqida ilmiy bahs qilishdan ham qo’rqadi, yahud davlati yadroviy qurol-aslahalarni yashirin emas, ochiq-oshkor ishlab chiqarayotgan, chiqaribgina qolmay, balki mintaqada bunga urinadigan davlatga qarshi chiqayotgan bir vaqtda bu davlatlar bundan qo’rqmoqda.
Shuning uchun, yahud vujudi bosh vaziri Netanyaxuning: «Bu kelishuv bir tarixiy xatodir va Eronga istab kelgan narsasini: jazo choralaridan bir qismini olib tashlash va o’zining yadroviy programmasidan asosiy qismini saqlab qolish imkonini beradigan yomon kelishuvdir» (AFP – 2013 yil 24 noyabr) degan gapini biz hozirgina «yahud vujudi bu mintaqada o’zidan boshqa biron salmoqli quvvat bo’lishini istamaydi va u Eronning yadroviy quvvatini butunlay yo’q qilishni istaydi» deya aytib o’tgan mazmun oqimida tushunib olsa bo’ladi.
9 – Ma’lumki Eronning yadroviy programmasi mavzusi bir necha yillardan beri tilga olinib-olinmay kelayotgan edi. Nega endi Amerika hozir bu kelishuvning tuzilishiga bunchalik kuch sarflab qoldi? Nega endi Obama hozirga kelib Eronning yadroviy programmasi bo’yicha kelishuv tuzishga bunchalik qizg’in harakat sarflamoqda? U hatto: «Biz Eron bilan birgalikda qilgan ish men mansabimni egallaganimdan beri erishilgan sezilarli va eng ahamiyatli oldinga siljish hisoblanadi», deyish darajasigacha bordi. Bunga javob shuki, ana shu uch yil orasida mintaqada yangi shart-sharoitlar vujudga keldi. Bu yangi shart-sharoit Suriyada Xalifalik nomi bilan keng tarqalgan umumiy muhitdir. U arab bahori qo’zg’olonlarida kuzatilmagan bir yangi hodisadir. Chunki arab bahori qo’zg’olonlari, garchi o’z-o’zidan boshlangan bo’lsa-da, lekin ulardagi shiorlar ilmoniylikka yaqinroq bo’ldi yoki ilmoniylik bilan amerikacha vasatiy islom degan narsaning aralashmasi bo’ldi! Buning oqibatida Amerika va G’arb bu qo’zg’olonlarga kirib olishga va ularda o’yin qilishga muvaffaq bo’ldi… Ammo Suriyada bo’lgan harakatlanishlarda islomiy tuyg’ular g’olib bo’ldi. Bu tuyg’ulardan ko’pi «Ummat yana Xalifalik bo’lishini istaydi» deb nido qilayotgan to’g’ri islomiy fikrlar va tushunchalar bilan uyg’un keldi… Suriyadagi tobora kuchayib borayotgan bu islomiy muhit G’arbni, xususan Amerikani yanada qiyin ahvolga solib qo’ydi. Chunki bu mustamlakachilar Xalifalikning naqadar buyukligi va qudratini juda yaxshi bilishadi, Xalifalik vujudga keladigan bo’lsa boshqa kuchlar – agar yo’q bo’lib ketishmasa – arzimas bo’lib qolishini bu mustamlakachilar juda yaxshi bilishadi… Qolaversa bu erda mustamlakachilarni yanada qiyin ahvolga solib qo’yayotgan yana bir omil bor. U ham bo’lsa Amerikaning o’z krizislariga g’arq bo’layotganidir. Bu hol Amerikaning Suriyadagi mana shu tobora o’sib borayotgan islomiy muhitni yo’q qilishga bo’lgan bevosita ta’sir kuchini zaiflashtiradi. Shuning uchun ham Amerika bu mintaqada o’ziga yordam beradigan yana bir xoinni izlamoqda, bu xoinlar mana shu buyuk islomiy muhitga qarshi turishda Amerikaning old chizig’i bo’lishadi.
Amerika ichkarisidagi krizisga kelsak, Amerika hamon qiynalayotgan iqtisodiy krizisga qo’shimcha o’laroq, demokratlar va respublikachilar barcha asosiy masalalarda bir-biri bilan kelisha olishmayapti. Natijada mahalliy partiyaviy siyosat Amerika milliy manfaati o’rnini egallab oldi va odamlar ishlarini boshqarishdan ham ko’ra muhimroq narsaga aylanib qoldi. Bir qancha kuzatuvchilar bu ikki asosiy partiya o’rtasidagi qarz potologini ko’tarish va Obamaning sog’likni saqlashga oid loyihasi to’g’risidagi kelishmovchiliklar Amerika siyosiy sistemasining yomonlashganiga dalildir, degan mulohazani bildirishdi. Masalan Frank Fogel «Xaffington Post»da bunday deb yozdi: «Amerika siyosiy sistemasi qulab bormoqda, kongress esa omma ishonchini yo’qotib bormoqda, chunki unga ishonch bildiradiganlar soni Gellap markazi o’tkazgan eng yangi fikr so’rovlariga ko’ra va savdogarlar ommasining fikrini bilish uchun o’tkazilgan so’rovlarga ko’ra 10 %ga pasaygan. Chunki amerikalik yirik biznesmenlarning 85 %i Amerika boshidan kechirayotgan asosiy muammolarga sabab saylov kampaniyalarini pul bilan ta’minlash sistemasidir, deb bilishadi, 42 % amerikaliklar esa bu sistema batamom barbod bo’lgan deb hisoblashadi». (Xaffington Post – 2013 yil 26 iyul).
Xorijda esa Amerikaning siyosiy vaziyati – uning olamning barcha mintaqalari ustidan peshqadam hukmronligiga qaramay – ichkarigidan ham ko’ra yomonroq va xatarliroqdir. Emmanuel Vollershteyn Amerika nufuzining olamning barcha tomonlarida ortga ketganini sharhlab bunday dedi: «Odamlarning hammasi bo’lmasa ham, ko’pchiligi Qo’shma Shtatlar qudrati, mavqesi va nufuzining nisbatan ortga ketganini sezishmoqda, Qo’shma Shtatlar ichkarisidagi odamlar esa bu tuyg’uni yurakdagi bir noxushlik bilan qabul qilishmoqda». (Qo’shma Shtatlar ortga ketishlarining oqibatlari, al-Jazira kanali – 2013 yil 2 noyabr). Bzejinskiy 2010 yil Monrealda tashqi aloqalar komissiyasida so’zlagan nutqida bunday degan edi: «Olamdagi yirik kuchlar, eskilari ham, yangilari ham yangi voqe bilan yuzma-yuz kelmoqda, ularning harbiy kuchlari o’tgan har qanday vaqtdagidan ko’ra kuchayib ulkanlashdi, biroq shunga qaramay ularning olam ustidan o’z nazoratini o’rnatish qudrati eng past tarixiy darajada bo’lib qoldi…». Bundan tashqari Amerika Afg’onistonda va olamning boshqa mintaqalarida ham qiyin ahvolga tushib qoldi…
Bu muammolar Amerikaning bo’ynini qayrib tashlab, uning bevosita ta’sir kuchiga to’siq bo’lib tushmoqda… Chunki uning malaylari – ulardan o’zi xorijda etishtirib tayyorlagan qo’g’irchoqlar ham, ichkaridagi Bashar va uning yugurdaklari kabilar ham – mana shu uch yil davomida Suriyada mustahkam o’rnasha olishmadi. Aksincha Xalifalik chaqiriqlari bu malaylar quloqlari, ko’zlari va qalblariga yashindek urilmoqda… Shularning barchasi sababli Amerika mintaqa davlatlaridan Suriya xususida Xalifalikni davlat, hayot va jamiyat nizomi sifatida qabul qiladigan har qanday yangi boshqaruv paydo bo’lishiga qarshi turishda o’zining old chizig’i bo’lishlarini talab qilmoqda. Amerkaning ko’zi ikki davlatga tushib ikkalasiga vazifalarni buyurmoqda. Ular uning tobelaridan bo’lgan Turkiya va Erondir. Turkiya haqida aytadigan bo’lsak, uning xatti-harakatlariga hech qanday cheklovlar qo’yilmagan. Eron esa, unga qo’yilgan jazo choralari va qo’shimcha choralar uning xalqaro va regional maydondagi ta’sirli faoliyat yuritishini cheklab qo’ymoqda. Natijada u deyarli izolyatsiya holatiga tushib qolgan. Eron Xalifalikka qarshi Turkiyadan ko’ra kuchliroq harakat olib boradi, chunki Xalifalik Eron hokimlari saqofati bo’yicha ularning nazdida rad qilinadigan bir ish hisoblanadi. Shu narsa ularni Xalifalikka qarshi faol kurash olib borishga undamoqda. Turklarda esa Xalifalik uzoq davrlik meros hisoblanadi. Bu esa Turkiyadagi rejimni Xalifalikka qarshi kurashda aldab-avrash yo’lini tutishga majbur qiladi… Shunday qilib yangi reja bu ikki davlat rolini mazkur tarzda kuchaytirishni taqozo qiladi. Shundan kelib chiqib Amerika bu masalani o’zining taqdiriy masalasi qilib oldi. Bu taqdiriy masala esa Eronning xatti-harakatlarini osonlashtirish uchun undan cheklovlarni olib tashlashni taqozo qiladi. Shuning uchun ham Obama xuddi shu maqsadda cheklovlarni olib tashlash uchun o’zining qizg’in harakatlarini sarfladi. Ya’ni Suriyadagi Xalifalikni tiklash uchun bo’layotgan islomiy harakatlanishlarga qarshi turish shunday harakatlarni sarfladi. Maqsad Eronning yadroviy qurol-aslahalarga ega bo’lish ishlaridan cheklovlarni olib tashlash emas. Aksincha tinch maqsadlarda yadroviy energiyaga ega bo’lish ishlariga allaqachon qayta-qayta cheklovlar qo’yib bo’lingan, bu cheklovlar Eronni o’zi erishgan 20 % boyitishdan 3,5 %ga qaytaradi. Bundan tashqari uning reaktorlari taftish ostiga tushdi va unga qator shartlar yuklandi… Shunga ko’ra, demak jazo choralarini engillatish faqat Eronning xatti-harakatlarini osonlashtirish uchun bo’ldi va uning yadroviy sohada faoliyatini kuchaytirish uchun emas, balki Xalifalikka qarshi faoliyatini kuchaytirish uchun bo’ldi, xolos!
Shunday qilib Obama bu yadroviy kelishuvni o’zining prezidentlik davridagi eng katta ishlaridan biri deb hisobladi. Chunki shunda Obama Suriyadagi Xalifalik uchun bo’layotgan harakatga qarshi turishda Turkiya va Eronni bemalol ishga sola oladi. Bu Suriya ichkarisida jinoyatkorona moddiy aktlar bilan amalga oshiriladimi yoki Jeneva va boshqa joydagi xiyonatkorona siyosiy ishlar bilan amalga oshiriladimi, buning farqi yo’q… Maqsad sobiq malay o’rniga yana bir malay boshqaruvni paydo qilish va Xalifalik uchun bo’layotgan harakatni barbod qilishga erishishdir… Obama bunga erisha olsa bu uning prezidentlik davrida qilgan eng kuchli ishlaridan biri bo’ladi. Shuning uchun uning: «Biz Eron bilan birgalikda qilgan ish men mansabimni egallaganimdan beri erishilgan sezilarli va eng ahamiyatli oldinga siljish hisoblanadi…» deb aytganiga hayron bo’lishning hojati yo’q. Bu agar Obama bunga erisha olsa shunday bo’ladi… Ehtimol u o’zini ikki davlatning o’zi chizib bergan reja bo’yicha harakatlanishida bunga erisha oladi deb o’ylayotgan bo’lishi ham mumkin. Chunki bu ikki davlat o’z etakchilari Obama bu kelishuvni qanday shoshilinch tuzishga harakat qilgan bo’lsa, ular ham xuddi shunday shosha-pisha o’zaro uchrashuvlar va safarlar uyushtira boshladi! Chunki 2013 yil 24 noyabrda kelishuv tuzilganiga atigi uch kun o’tiboq Turkiya bilan Eron o’rtasidagi oldingi keskinlik barham topdi va Turkiya tashqi ishlar vaziri Tehronga safar qildi. So’zlashuvlar asosan Suriya ishi borasida ikki mamlakat o’rtasidagi hamkorlik va Jeneva konferentsiyasi haqida bo’ldi. Maxfiy tomoni esa yanada kattaroqdir… Koshki bu ikki davlat yaxshilik va taqvo ustida hamkorlik qilishayotgan bo’lsa. U holda biz ularga yaxshilik tilab albatta duo qilgan bo’lardik. Lekin ular Suriyada Xalifalik tiklanishiga qarshi turishda hamkorlik qilishga kelishib olishdi. Ular to’kilgan shuncha pokiza qonlardan va berilgan shuncha ulkan qurbonlardan keyin ham yana zolim, adolatsiz ilmoniy boshqaruvni qayta tiklashga harakat qilishyapti. Buning uchun ularga dunyoda rasvolik, oxiratda esa do’zax azobi bo’ladi. Zero Alloh Subhanahu gunoh va adovat ustida emas, yaxshilik va taqvo yo’lida hamkorlik qilishni buyurgan.
«Yaxshilik va taqvo yo’lida hamkorlik qilingiz, gunoh va haddan oshish yo’lida hamkorlik qilmangiz! Allohdan qo’rqingiz! Shubhasiz, Allohning azobi qattiqdir» [Moida 2]
Koshki bu malaylar buni tushunib etib, najot topishsa. Zero oqil odam nasihatlanib najot topgan kishidir.
10 – So’zimiz oxirida ogoh qalb egasi bo’lgan yoki o’zi guvoh bo’lgan holda quloq tutgan har bir kishiga quyidagilarni eslatamiz:
a) Biz Turkiya va Eron hokimlariga shuni eslatamizki, ularning Amerikaga malay bo’lib, Suriyadagi Xalifalikni tiklash uchun harakat qilayotganlarga qarshi turishlari sababli oladigan «hosil»lari dunyo rasvoligi va oxirat azobi bo’ladi, xolos. Ular G’arbni, xususan Amerikani rozi qilishga qanchalik urinishmasin Amerika ulardan hech qachon rozi bo’lmaydi.
«Yahudiy va nasroniylar ularning diniga kirmaguningizcha hargiz sizdan rozi bo’lishmaydi. Allohning yo’ligina haqiqiy yo’ldir, deb ayting. Qasamki, agar sizga qelgan haqiqiy bilimdan keyin ularning nafs-havolariga ergashsangiz, Alloh tarafidan sizga na bir do’st va na bir yordam berguvchi bo’lmaydi» [Baqara 120]
Ibn Ja’d o’zining musnadida Oisha Idan rivoyat qilgan hadisda Rosululloh A bunday dedilar:
«مَنْ أَرْضَى النَّاسَ بِسَخَطِ اللَّهِ، وَكَلَهُ اللَّهُ إِلَى النَّاسِ، وَمَنْ أَسْخَطَ النَّاسَ بِرَضَا اللَّهِ كَفَاهُ اللَّهُ النَّاسَ»
«Kimki Allohni g’azablantirib odamlarni rozi qiladigan bo’lsa Alloh uni o’sha odamlarga topshirib qo’yadi. Kimki Allohni rozi qilib odamlarni g’azablantirsa Alloh uni odamlardan himoya qilishga kifoya qiladi». Sizlar – hech shubhasiz – Allohni g’azablantirib odamlarni rozi qilgan kimsalarning qismati nima bo’lganini ko’rib turibsiz. Oqil kishi boshqaning holidan ibratlangan kishidir.
b) Biz Turkiya hokimlariga Xalifalik Robbilarining farzi ekanini va butun Turkiyani bir necha asrlar davomida qamrab olgan nurafshon Xalifalik davrlarini eslatmoqchimiz. O’shanda ular Xalifalik askarlari, Fotih, Salim, Qonuniy, Abdulhamid… askarlari bo’lishgan edi. Bugun ana shu nurafshon davrlar Turkiya hokimlarini Xalifalikni yordamsiz tashlab qo’ymaslik sari tortishi lozim. Shuning uchun Turkiya hokimlari Shomda yoki boshqa har qanday joyda Xalifalikka qarshi turmasliklari lozim. Xalifalik uchun harakat qilayotganlarga yordam berishga qat’iyatlari etishmayotgan bo’lsa, loaqal unga qarshi turmasliklari lozim… Zero go’zal oqibat taqvodorlar uchundir.
v) Biz Eron hokimlariga – hatto ular Xalifalikni Robbilarining farzi deb bilishmasa ham, Xalifalik zikr qilingan paytda ularni xayoli u er-bu erda zulm qilgan biron xalifaga ketib qolsa ham – shuni eslatamizki, Ummat o’g’lonlari harakat qilayotgan Xalifalik Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali – ulardan Alloh rozi bo’lsin va ularni rozi qilsin – rahbar va askarlari bo’lgan payg’ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikdir, roshid Xalifalikdir… Shuning uchun agar Eron hokimlari Xalifalikka qarshi turadigan bo’lishsa, yuqorida nomlari zikr qilingan uch xalifaga bay’at bergan va ularga sodiq yordamchi bo’lgan Ali G siyratiga qarshi turishgan bo’ladi. Shunday ekan, Ali G siyrati bo’yicha yuringlar, Shomda yoki boshqa har qanday joyda Xalifalikka qarshi turib Xalifalikni yordamsiz tashlab qo’ymanglar. Xalifalik uchun harakat qilayotganlarga yordam berishga qat’iyatingiz etmasa, loaqal unga qarshi turmanglar… Zero go’zal oqibat taqvodorlar uchundir.
g) Eslatmamizni Turkiya va Eron hokimlariga baravariga eslatish bilan boshlaganizdek, ularga Xalifalik Alloh Subhanahu va’dasi ekanligini baravariga eslatish bilan xotimalaymiz.
«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni xalifa qilganidek, ularni ham er yuzida xalifa qilishni va’da qildi» [Nur 55]
Xalifalik Rosululloh Aning mana bu zo’ravon boshqaruvdan keyin bo’lishi haqida bergan bashorati ekanini eslatish bilan xotimalaymiz. Ahmad va Tiyolisiy Huzayfa ibn Yamondan shunday deganini rivoyat qildi: Rosululloh A dedilar:
«…ثُمَّ تَكُونُ جَبْرِيَّةً، فَتَكُونُ مَا شَاءَ اللهُ أَنْ تَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا، ثُمَّ تَكُونُ خِلاَفَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»
«So’ng zolim va zo’ravon podshohlik bo’ladi va u Alloh xohlagancha davom etadi. So’ng Alloh O’zi xohlaganda uni ko’taradi. So’ng payg’ambarlik minhoji asosida Xalifalik bo’ladi». Shuning uchun Xalifalik ertami, kechmi albatta tiklanadi. Kim unga ko’maklashsa va yordam bersa Alloh ne’mat bergan kishilar jumlasidan bo’ladi, kimki unga qarshi tursa, bunday kimsa Allohga hech qanday zarar berolmaydi, aksincha o’ziga bu dunyoda xorlik, oxiratda esa alamli azob etadi. Bularning hech biri Xalifalikning tiklanishini aslo orqaga surolmaydi va uning tiklanishi bir soatlik yoki yarim soatlik masaladir…
«Albatta Alloh O’zi (xohlagan) ishiga etguvchidir» [Taloq 3]
27 muharram 1435h
30 noyabr 2013m