Prezident bahorda vaziyat jiddiy tus olishini yaxshi biladi.

442
0

01

“Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir” [Nur: 55]

Negaki, vaziyatlar muxolif kuchlarining vatanparvarligidan kelib chiqmayotganini, Atambaev o’zining hokimiyatni qo’lga kiritish tarixidan yaxshi biladi. U ham xuddi xozirgi muxolifat singari Bakievni qirg’izlar mulkini talon taroj qilayotganlikda, xizmat o’rnini suyiiste’mol qilib, davlat va xalq mulkini o’zlashtirishda ayblab, “Qumtor” masalasini ham ko’targan edi. Endi o’zi ham xuddi Bakievning o’sha vaqtdagi holatiga tushdi. Qizig’i u ham ularning keltirayotgan dalillarini inkor qilib, xuddi Bakiev singari sud va kuch strukturalarini o’z manfaatlariga qarab bir tomonlama harakatlantira boshladi. Vaholangki Atambaevning hokimiyatdagi o’rni, o’sha paytdagi Bakievning hokimiyatdagi holatidan mustaxkamroq emas. Lekin muxolifat ham ilgarigi holatiga nisbatan ancha zaif.

Demak, masala bu ikki tomonni qo’llab yuboradigan xalqaro siyosatdagi katta davlatlarning ta’sir quvvatiga bog’liq. Bularning har ikkisidan ular o’z qo’llaridagi qurol kabi foydalanib, o’z manfaatlariga muvofiq har qaysisini ishlatisha oladi. Masalan: Atambaev Rossiya bilan AQSh o’rtalarida sarson bo’ldi. U har ikkisini ham rozi qilishni istaydi. Lekin har ikki tomon ham undan o’z manfaatlarini bir tomonlama echib berishini talab qilib bosim o’tkazib kelishadi. Rossiyani rozi qilish maqsadida Manasdan NATO bazasini chiqarayotgan bo’lsa, Turkiyani vosita qilib AQSh bilan ham muomilalarini qayta tiklashga urinyapti. Ba’zi bir ma’lumotlarga ko’ra, AQSh bilan yashirincha shartnomalar tuzayotgani va AQShning Qirg’izistondagi elchixonasi ostiga eng kerakli va Rossiyani xavfga solgan aloqa to’lqinlarini nazorat qiluvchi texnalogiyalarini joylashtirish maqsadida er osti bazasini tayorlayotgan emish. Agar u shu ishlar bilan AQShni ham rozi qila olgan bo’lsa, muxolif shaxslarga qarshi qo’rqmay hujumga o’tishi aniq. Chunki barcha hokimiyatni ag’darish uchun olib boriladigan harakatlar, shu katta davlatlarning biri tomonidan qo’llab-quvvatlashi bilan amalga oshadi. Chunki muxolifat olib borayotgan harakatlar inqilobiy mafkuraviy kurash emas, balki moddiy manfaatlarni qo’lga kiritish yoki o’zlaridagi boylik manba’larini hokimiyat orqali saqlab qolish maqsadida olib boriladigan shaxsiy kurash xisoblanadi. Odatda bu kurash deyarli maqsadsiz, oqibatlari haqida tiniq tasavvurga ega bo’lmagan va ular tili bilan aytganda ekstremistik tarzda olib boriladi.

Ey tarixda shu kabi ishlar ortidan o’nlagan o’g’lonlarini boy bergan Qirg’iz xalqi!

Sizlarni yana aldashmoqchi: aytinglarchi ularning birortasi ketib, o’rniga boshqasining kelishi sizlarni ahvolingizni yaxshi tomonga biroz bo’lsa ham o’zgartirdimi? Yoki sizlarni qolqon qilib, qonlaringiz evaziga hokimiyatga kelib olganlarida sizlarga ilgari bergan birorta va’dalarini ustidan chiqa olishdimi? Xatto, ilgari o’zlari ayblagan hokimlarni hammasini almashtira olmay turib, inqilob nihoyasiga etdi deyishdi. Har bir davlat ag’darilishi esa, oddiy xalq va davlatning sezilarli zaiflashishiga olib keldi.

Ey Qirg’izistondagi musulmon birodarlar!

Bilingki kufr katta davlatlarga suyanib sizlardan foydalanmoqchi bo’layotgan quvvatlarning o’zlari hech qanday kuvvatga ega emaslar. Ularning xatto hokimiyatga kelishi yoki ketishi ham o’zlariga bog’liq emas. Bakiev Rossiyaga Manasdagi AQSh bazasini chiqarib yuborish haqida bergan va’dasining ustidan chiqa olmagani uchun olib tashlandi. Akaev ham Rossiyaning shu talabini amalga oshirishdan ojizlik qilgan edi. Endi navbat Atanbaevga keldi.

Lekin bu qo’g’irchoqlar, o’zlariga va’da qilingan manfaatlarga erishishda sizlarning quvvatingizni vosita qilishadi.

Hizb ut-Tahrir islomiy siyosiy partiyasi sizlarga murojaat qiladi!

E’tibor berayotgan bo’lsangiz Islom asri boshlandi. Musulmon odam o’z quvvatini faqat Islom va musulmonlar manfaati tomon sarflashi lozim. Buning uchun sizlardan yuqoridagilar talab qilayotgan noqonuniy yo’llar talab qilinmaydi. Balki hayotimizning har bir jabhasida Islom bilan harakatlanishimiz uchun o’rganishimizni hamda boshqa manfaatlarimizni uning asosida va doirasida olib borishimizni talab qiladi. Qirg’iziston xozirda o’ta xavfli holatda qoldi. Lekin xavf ichki quvvatlar tomonidan emas, balki xalqaro siyosatni boshqarib kelayotgan davlatlar o’rtasida strategik talash mintaqaga aylanib qolganida. Ya’ni, xavf tashqi quvvatlar tomonidan bilvosita ichimizdagi shaxslar orqali keladi. Bu siyosiy to’fonni biz musulmonlar faqat Islom mafkurasi asosida do’st bilan dushmanni anglash orqali saqlab qola olamiz.

Agar bilsangiz (ayting-chi), qaysi guruh (qo’rqmay) xotirjam bo’lishga haqliroq? Iymon keltirgan, o’z iymonlarini zulm (shirk) bilan aralashtirmagan zotlar — ana o’shalar xotirjam bo’lguvchidirlar va o’shalar hidoyat topguvchidirlar”. [An’om 81:82]

Hizb ut-Tahrirning Qirg’izistondagi matbuot bo’limi.

28 noyabr 2013 yil

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.