Arakanda yana vahshiyliklar

616
0

ф

Arakanda butparast guruhlar politsiya va xavfsizlik kuchlarining nazorati ostida qilich va tayoqlar bilan musulmonlarga hujum qilib vahshiylarcha yoqib yuborganliklarining yangi-yangi manzalari o’rtaga chiqishda davom etmoqda.

Dunyo musulmonlarining, xususan Islom o’lkalari rahbarlarining sassiz boqib turishidan ruhlangan budparastlar ko’ngliga kelgan vahshiyliklarni amalga oshirmoqda.

Hujumlarda birinchi safda rohiblar turipti. Ular o’z ma’ruzalarida ham musulmonlarni ayab o’tirmaslikka chaqirishmoqda. Internet tarmog’ida tarqatilgan video lavhada musulmonlar yashaydigan qishloqqa hujum qilib musulmonlarni vahshiylarcha qiynoqqa solishda ikki rohib boshchilik qilganligi namoyish qilingan.

http://www.youtube.com/watch?v=EH-95v33A30

Musulmonlarni qatl etish bilan nom qozongan 969 guruhining rahbari va o’tgan oylardagi musunmonlarga qilingan hujumlarning tashkilotchisi butparast rohib Ashin Wirathu ekanligi vaqt jurnalida chop qilindi.

969 guruhi shaharning qoq markazida, odamlar govjum joyda musulmonlarni qilich va tayoqlar bilan qatl qilishiga qaramay, odamlar bu vahshiylikka qarshilik qilish o’rniga, uyali telefonlari orqali hodisani videoga olish bilan mashg’ul.

Ayniqsa davlat qamoqxonasiga tushgan musulmonlarning ahvoli o’ta og’ir. Yaqinda DVB telekanali turmadagi musulmonlarga nisbatan qo’llangan dahshatli qiynoqlarni fosh qildi. Mahbuslar nima uchun qamalganliklaridan umuman xabari yo’q. Chunki ularning birdan bir aybi musulmonliklaridir. Ular orasida ayollar va o’n yoshga etmagan bolalar juda ko’p, chunki o’n yoshdan yuqori erkaklarning aksariyati o’ldirilgan. O’lmay qolgan erkaklar esa pichoqlangan yoki qo’l-ayog’i sindirilgan holatda qamoq xonaga keltiriladi. Keyingi paytlarda 68 kishi qiynoqdan yoki avval olgan jarohatidan o’lganligi birdirildi. Qamoqdagi ayollarga qamoqxona ma’murlari tarafidan turli tazyiqlar va nomusiga tajovuz qilishlar odatiy tusga aylangan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.