Dovuto’g’li: Birlashish vaqti keldi

537
0

images (3)

Turkiya tashqi ishlar vaziri Ahmad Dovuto’g’li Tehronda Eron prezidenti Hasan Ro’honiy bilan uchrashib, Jenevada Eron yadro masalasi bo’yicha Tehron va 5+1 guruhi o’rtasida bo’lib o’tgan kelishuvdan mamnun ekanligini izhor qildi.

“Bu yangilik dunyoning barcha mamlakatlari, xususan qo’shni mamlakatlar bilan Eron aloqalarini kengayib borishiga sabab bo’ladi”, dedi Dovuto’g’li.

Prezident idorasi matbuot markazining xabariga ko’ra, Eron prezidenti Hasan Ro’honiy ham o’z navbatida Jenevada Eron va 5+1 guruhi o’rtasidagi kelishuv boshqa o’lkalar bilan Eron aloqalari yo’lidagi to’siqlarga barham berganligini bildirdi.

“Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash, mintaqada birlikni saqlash va xavfsizlikni mustahkamlash Eron va Turkiyaning mushtarak maqsadlaridir. Bu esa ikki o’lkadan jiddiy hamokrlik qilishini taqozo etadi”, dedi Eron prezidenti.

Shu vaqtgacha Suriya masalasida Eronga zid pozitsiyani egallab kelgan Turkiya Eron bilan hamkorlikda harakat olib borayotganligini oshkor qildi. Bundan avval ham Afg’oniston va Iroq masalasida Amerikaning eng muhim ittifoqdoshi bo’lgan bu ikki davlat – Eron va Turkiya – hozir ham Suriya va barcha o’rta sharq masalasida hamkorlikda harakat olib borishini ma’lum qildi.

Suriyada Asad rejimiga ochiq dastak berib, qo’li minglagan musulmonlarning qoniga belangan Eron rejimi bilan kelishgan Turkiya o’zining bu harakatiga “mazhablararo urushning oldini olish”ni sabab qilib keltirmoqda. “Mazhablararo urush chiqarishga tashviqot qilinayotgan bir paytda Turkiyaning Eron bilan muzokarasi mintaqadagi eng muhim muzokaradir”, deya urg’uladi Turkiya tashqi ishlar vaziri Ahmad Dovuto’g’li.

Dovuto’g’li O’rta Sharqda muammolarning echilishi zarur nuqtaga kelib qolganligini va shu sababli kuchli harakat boshlanganligini aytib o’tdi. U “Bu mintaqa hammamizniki”, deya ta’kidlar ekan, chora sifatida yanada ko’proq siyosiy bitimlarga ehtiyoj sezilishini bildirdi.

“Birlashish vaqti keldi. Siyosiy muzokara va iqtisodiy hamkorlikka ehtiyojimiz bor.”, dedi u.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.