Qirg’izistonda yana islomiy uyg’onishni oldini olish maslaxat kengashi chaqiriladi

366
0

01

“Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir” [Nur: 55]

2013 yil 24 noyabrda Qirg’iziston poytaxti Bishkekda “Intellektual tashabbus guruhi: Markaziy Osiyoda islomiy uyg’onish jarayoni haqida” nomi ostida konferentsiya uyushtirishni rejalashtirishmoqda. Unga Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston, Rossiya, Xitoy, Eron, Turkiya, Pokiston va Afg’onistondagi islomiy ulamo va ekspertlar taklif qilinadi. Uyushtiruvchilarning so’zlariga ko’ra, “bu konferentsiya Islom ulamolari va ekspertlari uchun xalq bilan muloqot maydonini ochib beradi va ular Islom mafkurasi ruhiy, ijtimoiy va siyosiy inqirozlardan chiqish yo’llarini qidirishda Markaziy Osiyo musulmonlar uyushmalari bilan hamkorlik qilib, mintaqada Islomning radikallashuviga qarshi fikriy kurash olib borishadi”. Konferentsiyada mintaqadagi islomiy liderlarning musulmonlarni ma’lum chegarada ushlab turishdagi roli, islomiy uyg’onishda musulmonlarning Yaqin va O’rta Sharq hamda Markaziy Osiyodagi aloqalarining ta’siri, shuningdek Markaziy Osiyoda mo”tadil islomni islomiy radikal mafkuraga qarshi qo’yish masalasi ko’rib chiqiladi.

Albatta bu konferentsiya ma’lum bir shaxslar tomonidan uyushtirilgan tashabbus guruhining chiqishi emas. Balki musulmonlarni bir necha guruhlarga bo’lish va ular o’rtalarida fikriy, xatto muvaffaq bo’lsa moddiy ziddiyatlar paydo qilish maqsadida xalqaro kufr tashkilotlari tomonidan puxta o’ylab chiqilgan yo’nalish bo’yicha uyushtiriladi. Ziddiyatlar paydo bo’lishi uchun musulmon ulamo va ekspertlar davlat va xalqaro tashkilotlar tomonidan rag’batlantirish yoki bosim berish bilan majburlanishadi. Chunki bu harakatlar Islom bilan kufrni birlashtirish asosida borib, Islom mafkurasini jilovlashni maqsad qiladi. Bu esa, islomiy aqidani va nafs muammosining muolajasi bo’lgan shar’iy hukmlarni ma’lum chegaralar bilan o’rab, ularning ba’zilariga rozi bo’lib ba’zilarini inkor qilish asosidagi ishlarda ishtirok etishni taqozo etadi. Qirg’iziston oxirgi yillarda aholining islomiylashishi bo’yicha mintaqada birinchi o’ringa chiqdi. Xatto mana shu islomiylashuvni ro’kach qilib O’zbekiston Qirg’iziston bilan chegaralarini berkitib oldi. Albatta bu kufr olamini tashvishga solmay qo’ymaydi. Lekin xalqaro siyosatda ta’sir quvvatiga ega davlatlarning har biri bu va bunga o’xshash holatlardan o’z manfaatlari yo’lida foydalanishga urinadi. Bular: Qumtor, Qambarota GESi qurilishi masalasi, milliy nizolar va diniy sektordan foydalanish masalasi… Shu kabi yana ko’plab muammolar Qirg’izistonning zaif nuqtalari xisoblanadi. Qirg’iziston xozir AQSh, Xitoy va Rossiya davlatlari o’rtasida strategik axamiyat kasb etuvchi davlatga aylandi. Ular yuqoridagi kabi harakatlar bilan, mintaqani o’z manfaatlariga munosib yo’naltirishga harakat qilishadi va bu harakatlaridan Qirg’izistonni siyosiy, iqtisodiy, saqofiy va harbiy sohalarda mustamlaka qilish yoki boshqasidan tortib olishni maqsad qilishadi.

Ey Qirg’iziston ulamolari!

Albatta sizlar yuqoridagi kabi kufr tomonidan uyushtiriladigan konferetsiyalarga taklif etilasizlar. Bu sizlarga zehn, zakovat, aql, idrok va yana boshqa ne’matlarni bergan Alloh tomonidan bo’lgan bir sinovdir. Sizlarni shu ishning avvalida sobit qadam bilan turib kufrni inkor qilishingiz Alloxning nusratiga, kufrni qabul qilishingiz esa uning nafratiga olib boradi. Bu esa ikki dunyo saodati yoki xorligini tanlashni anglatadi. Biz sizlardan, kufr manfaati yo’lida musulmonlarni bo’lish yoki ularning manfaatlariga ziyon etkazuvchi biron bir harakatga o’z hissangizni qo’shishdan tiyilishni so’raymiz. Bu esa fosiq musulmonni, xatto murtadni ham kufr yordamida jazolash yoki bartaraf qilishga harakat qilishdan bosh tortishni anglatadi. Chunki shu kabi unsurlarni tozalash maqsadidagi harakatlar bizni adashtiradi. Bu tozalash ishining o’z shar’iy hukmi bor va bundan o’zgacha yo’l tutish osiylikdir.

Ey Qirg’iziston xalqi!

Yuqoridagi nayranglar asosan sizlarni chalg’itishga qaratiladi. Chunki Alloh saltanatni xalqqa berish bilan har bir etakchini unga tobe qildi. Demak har qanday kuch Islomga zarba berishdan oldin sizlarni shu ishga roziliklaringizni oladi. Bu sizlarni shu ishlarga bo’lgan munosabatlaringizda bilinadi. 11 sentyabrda AQSh uyushtirgan qo’poruv ishlari, 16 fevraldagi Karimovning qo’poruv ishlari va hokazo, shularning barchasi xalqning ra’yini o’z tomonlariga tortish uchun uyushtirilgan. Qirg’izistonda ham shu kabi harakatning boshqacharoq ko’rinishi olib borilmoqda. Qirg’iziston demokratik orolcha bo’lganidan bu erda har xil fikrlar mavjud bo’lib qoldi. Xatto Islomni tushunishda ham shu kabi ixtilofli masalalar mavjud. Kufr bizdagi shu ixtiloflardan foydalanib bir-birimizga qarshi birodarona to’qnashuvlar uyushtirishni xohlaydi.

Nabiy sallallohu alayhi va sallam dedilar:

“… فَمَا بَالُ أَقْوَامٍ يَشْتَرِطُونَ شُرُوطًا لَيْسَتْ فِي كِتَابِ اللَّهِ مَا كَانَ مِنْ شَرْطٍ لَيْسَ فِي كِتَابِ اللَّهِ عَزَّ وَجَلَّ فَهُوَ بَاطِلٌ وَإِنْ كَانَ مِائَةَ شَرْطٍ كِتَابُ اللَّهِ أَحَقُّ وَشَرْطُ اللَّهِ أَوْثَقُ…”

Bu qavmlarga nima bo’ldiki, ular Allohning Kitobida bo’lmagan shartlarni qo’ymoqda. Allohning Kitobida bo’lmagan shart botildir, agar u yuzta shart bo’lsa ham, Allohning Kitobi eng haq va Allohning sharti eng mustahkamdir”.

Bular vahima qilayotgan islomiy mafkurani Qirg’izistonda Hizb ut-Tahrir islomiy guruhi ko’tarib chiqayotganini deyarli hamma biladi. Biz, Alloh bizni yaratdi va hayotimizni ham muayyan shar’iy hukmlar bilan tartibga solib qo’ydi, oxirat va qayta tirilish bor, unda shu dunyodagi hayotimizda Allohga bo’lgan ishonchimiz va Uning buyuruqlariga bo’lgan itoatimizga qarab xisob-kitob qilinamiz, degan aqida asosida faoliyat olib boramiz. Biz kufr tomonidan o’ylab topilgan mo”tadil va radikal islomchilar degan tushunchalarni inkor qilamiz. Dunyodagi Islom aqidasidan chalg’imagan musulmonlarni bir va zimmalarimizdagi vazifalarimiz ham bir deb bilamiz.

Hizb ut-Tahrirning Qirg’izistondagi matbuot bo’limi

20 noyabr 2013 yil

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.