Tojikistondan AbuMuhibbullohi Abdullohning tarkibida xamr yoki spirt mavjud bo’lgan atirlarni ishlatadigan imomning ortida namoz o’qishga oid savoliga javob

880
0

00

Hizbut Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan

Savol:

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh ey amirimiz.

Biz qamoqxonadagi mahbus Hizb yigitlarimiz. Bizda jiddiy bir muammo bor. Bizga ma’lumki, tarkibida xamr mavjud bo’lgan atirlar va dorilar najosatdir. Biroq qamoqxonada biz uning ortida namoz o’qiyotgan imom shunday atirlardan foydalanadi va o’zining aytishi bo’yicha fatvo kitoblaridan dalil keltiradi. Shuning uchun biz ikkilanib qolamiz. Bizning bu imom ortida namoz o’qishimiz joizmi? Hurmatli amir janoblari biz imkoni boricha tezroq javobga muhtojmiz. Sizning javobingizni kutamiz. Alloh sizni eng yaxshi mukofotlar bilan mukofotlasin.

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh.

Tarkibida xamr yoki spirt mavjud bo’lgan atirlardan foydalanayotgan bu imomning ortida turib o’qilgan namoz durust bo’ladi va botil bo’lmaydi. Chunki harom ish qilgan musulmonning ortida turib namoz o’qish joiz bo’lib gunohi imomning o’ziga bo’ladi. Bunga dalil:

1 – Buxoriy Abu Hurayradan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh s.a.v. dedilar:

«يُصَلُّونَ لَكُمْ، فَإِنْ أَصَابُوا فَلَكُمْ، وَإِنْ أَخْطَئُوا فَلَكُمْ وَعَلَيْهِمْ»

«Ular sizga (imomlik qilib) namoz o’qishadi. Agar to’g’ri o’qishsa savobi sizlarga, agar noto’g’ri o’qishsa, savobi sizlarga gunohi o’zlariga bo’ladi». «Savobi sizlarga gunohi o’zlariga» degan so’zning ma’nosi, namozning savobi sizlarga, ular qilgan xatoning jazosi o’zlariga bo’ladi, demakdir.

2 – Muslim Abdulloh ibn Somitdan, u Abu Zardan rivoyat qiladi, Abu Zar dedi: Menga Rosululloh s.a.v. shunday dedilar:

«كَيْفَ أَنْتَ إِذَا كَانَتْ عَلَيْكَ أُمَرَاءُ يُؤَخِّرُونَ الصَّلاَةَ عَنْ وَقْتِهَا؟ – أَوْ – يُمِيتُونَ الصَّلاةَ عَنْ وَقْتِهَا؟ قَالَ: قُلْتُ: فَمَا تَأْمُرُنِي؟ قَالَ: صَلِّ الصَّلاَةَ لِوَقْتِهَا، فَإِنْ أَدْرَكْتَهَا مَعَهُمْ، فَصَلِّ، فَإِنَّهَا لَكَ نَافِلَةٌ»

«Agar sening ustingda namozni vaqtidan kechiktiradigan yoki namozning vaqtini o’tkazib yuboradigan amirlar bo’lsa nima qilasan? Men: Meni nimaga buyurasiz? – dedim. Shunda Rosululloh s.a.v. dedilar: Sen namozni o’z vaqtida o’qi. Agar ular bilan birga namozga etsang, yana o’qi, chunki bu namoz senga nafl bo’lib qoladi». Bu hadisning mafhumi: agar zolim amirlar namozni o’z vaqtida o’qishsa ularning ortida namoz o’qish durust bo’ladi.

3 – Ma’lumki, hanafiylar va shofeiylar fosiqning ortida o’qilgan namoz makruh bo’ladi, biroq sahih (durust) bo’laveradi (botil bo’lmaydi) deyishadi. Gunoh musulmonlar bilan namoz o’qiydigan, lekin musulmonlar uni yomon ko’radigan imomga tushadi. Termiziy Abu Umomadan rivoyat qilgan hadisda Rosululloh s.a.v. dedilar:

«ثَلاَثَةٌ لاَ تُجَاوِزُ صَلاَتُهُمْ آذَانَهُمْ: العَبْدُ الآبِقُ حَتَّى يَرْجِعَ، وَامْرَأَةٌ بَاتَتْ وَزَوْجُهَا عَلَيْهَا سَاخِطٌ، وَإِمَامُ قَوْمٍ وَهُمْ لَهُ كَارِهُونَ»

«Uch toifa odamning namozi qabul bo’lmaydi: Qochoq qul qaytib kelmagunicha, eri unga g’azab qilib tunni o’tkazgan ayol va qavmi uni yomon ko’rgan imom».

4 – Xulosa shuki, sizning taqvodor, solih amallarni qiluvchi imomning ortida namoz o’qishingiz afzalroq. Biroq tarkibida spirt mavjud bo’lgan atirlarni halol sanaydigan o’sha imomning ortida namoz o’qib qolsangiz namozingiz sahih bo’laveradi va gunohi o’sha imomga bo’ladi.

Har holda sizlar odekolon va unga o’xshash tarkibida spirt mavjud bo’lgan atirlarning haromligi haqida nasihat qilinglar hamda spirt aralashgan atirlarning haromligi haqidagi quyidagi javobni unga beringlar. Shoyad u Allohning izni ila hidoyat topsa.

Tarkibida spirt bo’lgan atirlarga nisbatan aytadigan bo’lsak, bunday atirlarga xamrning hukmi mos keladi. Muslim Ibn Umardan rivoyat qilgan hadisda Rosululloh s.a.v. dedilar:

«كُلُّ مُسْكِرٍ خَمْرٌ، وَكُلُّ مُسْكِرٍ حَرَامٌ»

«Har bir mast qiluvchi narsa xamrdir va har bir mast qiluvchi narsa haromdir».

Abu Dovud Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilgan hadisda Rosululloh s.a.v. dedilar:

«مَا أَسْكَرَ كَثِيرُهُ، فَقَلِيلُهُ حَرَامٌ»

«Ko’pi mast qilgan narsaning ozi ham harom».

Rosululloh s.a.v. xamr deb atalgan suyuqlikning nimaligini bayon qilib berdilar. Xoh ozi bo’lsin, xoh ko’pi, har bir mast qiluvchi narsa xamrdir. Bu o’rinda atir, odekolon va shunga o’xshash narsalarni oz yoki ko’p ichilsa mast qiladimi yoki mast qilmaydimi buni aniqlash lozim. Agar mast qilsa u ham xamr hisoblanadi va unga xamrning hadisda kelgan hukmlari mos keladi. Hokim Mustadrakda Abdulloh ibn Abdulloh ibn Umardan, u otasidan rivoyat qilgan hadisda Rosululloh s.a.v. dedilar:

«لَعَنَ اللَّهُ الْخَمْرَ، وَلَعَنَ سَاقِيهَا، وَشَارِبَهَا، وَعَاصِرَهَا، وَمُعْتَصِرَهَا، وَحَامِلَهَا، وَالْمَحْمُولَةَ إِلَيْهِ، وَبَايِعِهَا وَمُبْتَاعَهَا، وَآكِلَ ثَمَنِهَا»

«Alloh xamrni la’natladi, uni quyib berganni, ichganni, siqib chiqarganni, siqib chiqartirganni, ko’targanni, unga ko’tarib olib borilganni, sotganni, sotib olganni, pulini eganni la’natladi».

Suyuqliklarga aralashgan spirt moddasining ta’siri haqida mutaxassislarning aytishicha bu suyuqlik ichilsa mast qiladi. Rosululloh s.a.v.:

«كُلُّ مُسْكِرٍ خَمْرٌ، وَكُلُّ مُسْكِرٍ حَرَامٌ»

«Har bir mast qiluvchi narsa xamrdir va har bir mast qiluvchi narsa haromdir», deganlari uchun tarkibida spirt mavjud bo’lgan atirlarga xamrning hukmlari mos keladi.

Men takror aytamanki, sizlarning nasihatingiz go’zal, hikmatli uslubda bo’lishi lozim. Agar u hidoyat topsa yaxshi. Agar falon falon deb hujjat keltirib o’zining ishida qattiq turib olsa, nima bo’lganda ham sizlar unga nasihat yo’lladingiz. Insha Alloh sizlarga buning ajri bor.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

10 muharram 1435h 13 noyabr 2013m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.