Misda 11 harbiyning hayotdan ko’z yumishi va bir qanchasining jarohat olishiga sabab bo’lgan oxirgi hodisadan so’ng hukumat Terrorizmga qarshi kurashish haqidagi qonunni jiddiy muhokama qilishga kirishdi. Bu haqida xabar qilgan Misr vazirlar majlisining rasmiy so’zlovchisi Honi Saloh yaqinda bu borada qaror qabul qilinishini bildirdi.
“Terrorizmga qarshi kurashish haqidagi qonun ustidagi bahs munozara jiddiy tarzda tamomiga etadi, umid qilamizki, yaqinda bu haqida qaror qabul qilinadi”, dedi Honi Saloh matbuot anjumanida.
Xabarlarga ko’ra, Shayx Zavid mintaqasida yuz bergan hodisa Misr hukumatini terrorizmga qarshi kurashish haqida qaror qabul qilishga undagan. Terrorizmga qarshi kurashish haqida qaror qabul qilish haqida uzoq vaqtdan beri bahs munozaralar davom etib kelayotgan edi.
Misr mudofaa vaziri General as-Sisi “Misrda ish keskinlashdi. Musulmon birodarlar jamoasi saltanatda qolib, hukm yuritishini qo’llab quvvatlagan ba’zi davlatlar 30 iyunda yuz bergan hodisa harbiy inqilob bo’lmaganligini, balki hokimiyatga qarshi xalq qo’zg’oloni bo’lganligini anglab etdi”, deya ta’kidladi.
As-Sisi Quvaytning “Siyosat”, “Xabarlar” va “Ko’rfaz” gazetalari bilan o’tkazgan suhbatida hozirda Misrda kechayotgan hodisalar hargiz ishning ketuviga ta’sir qilmasligini bildirdi.