Qirg’izistonda elektr energiya narhi har yili 10 foizdan oshiriladi

515
0

000

Energetika va sanoat vazirligi kotibi Batirqul Baetov jurnalistlar bilan bo’lgan uchrashuvda, Qirg’izistonda elektr energiyasi narhini 2014 yilning yozidan oshirish rejalashtirilayotgani haqida aytdi.

“Hukumat energetika vazirligiga 2013 yilda elektr narhini oshirmaslikka ko’rsatma berdi. 2014 yilning 1 aprelidan svet narhini oshirish choralarini muxokama qilishni boshlaymiz. Bundan tashqari, elektr narhini oshirish muxokama boshlanganidan uch oy o’tib, ya’ni kelasi yilning iyul oyidan boshlanadi”, – deya tushintirish berib o’tdi.

Uning so’zlariga ko’ra, elektr narhi asta-sekin, ya’ni har yili o’n foizdan oshirib boriladi.

Baetovning belgilashicha, bunday asta-sekinlik bilan narhni oshirish siyosati, ta’mirlash uchun ketgan sarf-xarajatlar o’rnini to’ldirish, qayta qurish, texnik xizmat ko’rsatishni rivojlantirish va energetika sohasiga yotqizilgan investitsiya kreditlarni to’lashni, ko’zda tutadi. “Bunday ish olib borish besh yildan so’ng o’z xarajatlarini o’zi qoplashga yordam beradi”, – dedi Baetov va qo’shimcha qilib, ayni vaqtda bu bilan bog’liq bir nechta xujjatlarni ishlab chiqish zarurligini belgilab o’tdi.

Turkiston:

Uchinchi olam davlatlariga e’tibor berilsa, hammasining muammolari bir asosga borib taqaladi: mustamlakaga asoslangan xalqaro siyosatning asl mohiyatini yashirish!

Buning uchun ular, bir necha turda xarakatlar olib borishga odatlanishgan. Asosan sobiq SSSR mustamlakasidagi davlatlar, moddiy taxchillik va qashshoqlik xolatlarini sun’iy olib kelish va ushlab turishga asoslanishgan. G’arb mustamlaka davlatlarini tengsizlik va qimmatchilikni ushlab turish va ularni sano’atlashishdan to’sish uchun, u yurtlarga katta investrlar kiritishgan.

Xar ikkisi ham o’z xarakatlarini, shu yurtlarni o’zlari uchun hom ashyo bazasi qilib olishlariga sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshirishdi. Buning uchun, Farg’onadagi O’rta Osiyo davlatlariga xizmat qiluvchi elektr energiyasini tozalash va iste’molga tayorlash stantsiyasidan foydalanish, O’zbekiston tomonidan rad qilinganida, Xitoy tomoni Qirg’izistonga yangisini qurib berdi. Bishkek TYeTSni 386 mln $ ga ta’mirlab berdi. Shuning bilan Qirg’iz elekrt energiyasining salmoqli xissasiga ega bo’lmoqchi.

Qirg’iziston yuqoridagi xarakatlari bilan elaktr energiyasini eksport qilishga asta sekin sharoitlar yaratmoqchi. Lekin energiyani sotishdan xalqqa manfaat bo’lishi kerak edi. Ular esh muammoni shu soxadan tushgan pullar bilan yangi texnologiyalar sotib olish o’rniga, Xitoy tomonidan ta’mirlash ishlarini bajarishiga sharoitlar yaratib berish bilan xal qilmoqda. Shuning bilan unga sotiladigan elekrt energiyasiga sharoitlar yaratish. Ya’ni eskirgan, ta’mirga muhtoj texnologiyalarni ro’ykaj qilib, xalqqa sotiladigan elakrtning narhini oshirib, go’yoki chet davlatga sotishdan o’zga choralar yo’q xolatni paydo qiladi. Aslida sotilayotgan daromaddan ta’mir ishlarini qilish mumkin. Xatto murakkab bo’lmagan texnologiyalarni o’zi ishlab chiqishi ham mumkin. Lekin xalqaro sistema bunga yo’l qo’ymaydi.

Bu O’zbekistondagi gaz taxchilligini eslatadi. O’tgan yili xatto sovuqdan bir necha go’dak xalok bo’ldi. Xitoy va Rossiya bilan shartnomalarini bajarishda, o’z xalqini energiya defitsitiga tiqdi. Eksportdan tushayotgan milliardlagan dollorlarni qayoqqa ketganini xatto so’raydigan hech kim yo’q.

Qirg’izistonni ham shu kabi yoki bundan yomonroq xolatlar kutadi. Negaki bu yurtda diktatorlik rejimi yo’q. Bu esa yana to’palonlar yana davlat to’nkarishlariga olib boradi. Lekin qo’l qo’yilgan shartnomalarning barchasiga davlat, katta davlatlar tomonidan albatta javob berishga majburlanadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.