2013 yilning to’qqiz oyi mobaynida Afg’oniston O’zbekistondan umumiy qiymati 53,14 million dollardan ziyod bo’lgan elektr energiyasi sotib olgan.
“O’zbekenergo” davlat aktsiyadorlik kompaniyasi rais o’rinbosari Ro’ziqul Raimov “Adolat” partiyasining yig’ilishida so’zga chiqib, 2013 yilning uch choragi mobaynida O’zbekiston Afg’onistonga umumiy qiymati 53,14 million dollardan ziyod elektr energiyasi etkazib berganligini, aytdi.
Turkiston:
O’zbekiston fuqarolari so’nggi 10 yillik mobaynida gaz va svet muammosiga duch kelaverib, bu narsalarni taqchilligini engishlik uchun muqobil isitish vositalarini topishlikka harakat qilishib gaz va svet yo’qligiga shu darajada ko’nikib ketishganki, bularning uzluksiz ta’minoti haqida orzu ham qilmay qo’yishgan.
O’zbekiston hukumati bo’lsa o’z xalqi ehtiyoji va muammolarini e’tborga olmay faqat o’zlari oladigan daromod hamda kelishuvlarnigina o’ylashadi. Xalqni esa qishli, ayozli kunlarda sovuq bilan yuzma yuz qoldirishadi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekistonda 3.4 trillion kub metr gaz zaxirasi mavjud bo’lib, bundan xar yili 60 milliard kub metr gaz qazib olinadi. Qazib olingan bu gazni 17 mlrd kub metr Rossiyaga, 4 mlrd kub metr Tojikiston va Qirg’izistonga eksport qilinadi. Shuningdek O’zbekiston – Xitoy bilan tuzgan shartnomasiga muvofiq gaz etkazib bermoqda. Bu kelishuvga ko’ra, O’zbekiston Xitoyga har yili 10 milliard kub metr gaz etkazib berishligi lozim. O’zbekiston hukumati eksport qilingan gazni har ming kub metrni jahon bozoridagi narxga asosan 311 dollardan sotadi. Gaz savdosidan kelayotgan ulkan mablag’larni qayoqqa sarflanishligi esa sirligicha qolaveradi. “O’zbekiston – Xitoy” gaz quvirini to’rtinchi liniyasiishga tushgach esa O’zbekiston Xitoyga yiliga 25 mlrd kub metr gaz etkazib berishni mo’ljallamoqda.