Misr tashqi ishlar vazirligining voizi Badr Abdul Otiy Misr barcha sohalarda Rossiya bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini va bu hamkorliklarni, jumladan harbiy sohada ham hamkorlik qilishni kuchaytirishga harakat qilayotgani e’lon qildi.
Abdul Otiy bu bayonotni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va mudofa’a vaziri Sergey Shoguning Qohiraga safari oldidan jurnalistlar bilan o’tkazgan matbuot anjumanida ochiqladi.
Voiz ikki tomonlama xavfsizlik va harbiy jihatdan hamkorlik qilish katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlar ekan, Qohiraning ikki davlat o’rtasidagi iqtisodiy va turizm aloqalarini kuchaytirishga urinishi Rossiya tarafidan ham qo’llab quvvatlanishini aytib o’tdi.
Misr qurolli kuchlari arsenalining katta qismi Rossiya quroli bilan ta’minlanganini tilga olgan Abdul Otiy bu aloqalar davomli bo’lishini bildirdi.
Voizning ta’kidlashicha, Misr hukumati hamkorlikni rivojlantirishga, xususan kadrlar tayyorlash, texnikaviy xizmat ko’rsatish va ehtiyot qismlarni eksport qilishni rivojlantirishga targ’ib qilishni kuchaytiradi.
Misr tashqi ishlar vaziri Nabil Fahmiyning Moskva ziyoratidan so’ng Rossiyalik ikki vazirining Misrga tashrifi Qohira uchun katta ahamiyatga ega ekanligiga ishora qilib o’tdi voiz.
Voiz Rossiyani butun olamda katta nufuz va ta’sirga ega davlat deb sifatlab, Misr hukumatining asosiy vazifasi xalqaro maydonda etakchi rol o’ynayotgan Rossiya kabi davlat bilan aloqani kuchaytirish va yanada chuqurlashtirish ekanligini ta’kidladi.
Shuningdek, Rossiya 1973 yilgi urushda Misr tarafda turganligini eslatib o’tgan Abdul Otiy hozirgi aloqalar metin asosga qurilishini bildirdi.