«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni (er yuziga) xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir» [Nur 55]
Matbuot bayonoti
Muslima ayolning turk parlamentida ro’mol o’rashi biron kimsa tomonidan ko’rsatilgan marhamat emas, amal qilish vojib bo’lgan bir farzdir
31 oktyabr payshanba kuni Adolat va Taraqqiyot partiyasidan to’rt deputat ayol turk parlamenti yig’iniga ro’mol o’ragan holda hozir bo’lishdi. Ro’mol o’rash bir necha o’n yillar davomida bu ilmoniy davlatning barcha umumiy muassasalarida taqiqlangan edi. Ana shu deputat ayollardan biri Nurjon Dalbudak bu qonunga «erkinlikning bir muhim belgisi» deb baho berdi. Uning aytishicha, Turkiyadagi ayollarning 60-70 %i ro’mol o’raydilar. Shar’iy naslar muslima ayol umumiy hayotda kiyishi vojib bo’lgan kiyimni aniq belgilab, ko’rsatib bergan. U ro’mol va jilbobdir. Shunga qaramay bu harakat Turkiyadagi muslima ayollarning g’alabasidir, deb o’ylash aldamchi va adashtiruvchi fikrdir. Chunki mana shu parlamentning o’zi birinchi o’rinda ro’molga nisbatan shu diskriminatsion taqiqni amalga oshirib kelayotgan repressiv rejimni hamon qo’llab-quvvatlab, himoya qilib kelmoqda. Tadbir-choralarini oldindan aytishning imkoni bo’lmagan bu buqalamun, adashtiruvchi rejim ostida huquq va qonunlarga hamon hokimiyat tepasida o’tirgan kimsalarning havoyi xohishlari hukmronlik qilmoqda. Binobarin bugun ana shu qonunlar va huquq bor bo’lsa, ertaga yo’q bo’ladi. Buni G’arbning Frantsiya, Belgiya, Kanada, Shvetsariya kabi ilmoniy davlatlarida ro’mol, niqob va mezanalarning taqiqlangani misolida ko’rish mumkin. Shunday ekan, Turkiya ayollari rostgo’ylik va to’g’rilikdan asar ham bo’lmagan ushbu fasod siyosiy model sharoitida ega bo’lgan bu ro’mol o’rash huquqi ulardan kelajakdagi hukumatlar tomonidan yana tortib olinmasligiga kafolat bormi? Shuning uchun ushbu oxirgi islohotlar yurtdagi bu «demokratik tuzum»ni maqtash va taqdirlashga sabab bo’lmasligi kerak. Zero ro’molni taqiqlash mana shu tuzum bo’yicha uzoq yillar kuchda bo’lib keldi. Shunday ekan, ming-minglab ayollarni o’zlarining asosiy diniy huquqlariga erishishlari uchun kurash olib borishga majbur qilgan tuzumni qanday qilib muvaffaqiyatli deb baholash mumkin? Bundan tashqari yaqinda e’lon qilinib, davlat sektori xodimlaridan daxlsizlikni olib tashlagan «demokratik o’zgarish paketi» boshqa sektorlardan, jumladan politsiya, armiya va suddan bu daxlsizlikni olib tashlolmadi. Shunday ekan, muslima ayolning huquqi hukumatning bunday buqalamunligi, o’zaro ziddiyati va kalovlanishi sharoitida qanday kafolatlanishi mumkin? Bundan tashqari, parlamentda Islomiy ro’molni o’rashga ruxsat berishni qanday qilib muslima ayolning g’alabasi deb hisoblash mumkin? Axir bu parlament o’zini Alloh Subhanahu va Taolo hukmlarini muhokama va rad qilish huquqiga ega deb biladi va jamiyatda Islom unga vojib qilgandan boshqa narsa bilan hukm yuritadi-ku? U jumladan mast qiluvchi ichimliklar, ribo va zinoga ruxsat berib yo’l ochib qo’ydi-ku?
Turkiyadagi aziza opa-singillarim. Ro’molni taqiqlashni bu qisman olib tashlash hokimlaringiz tomonidan sizlarni aldash uchun bir urinishdan boshqa narsa emas. Ular shu yo’l bilan sizlarga o’z huquqingizga qonun chiqarishni hokimlarning va parlament a’zolarining havoyi hoxishlariga topshirib qo’ygan shu demokratik nizom sharoitida erishishingiz mumkin deb uqtirishmoqchi. Ro’molni taqiqlashni olib tashlash Islom o’zining davlatida vojib qilganidek shariat hukmlarini ijro qilish emas. Balki bu ro’molni shu hokimlarning havoyi xohishiga qarab taqiqlanadigan va ruxsat beriladigan narsa qilib qo’yishdir! Faqat Xalifalik davlatigina sizlarga Alloh Subhanahu va Taoloning barcha amrlari bo’yicha yashashingiz imkonini beradi, sizlar uchun faol siyosiy va umumiy hayot bo’lishi imkonini beradi. Ayni vaqtda sizlarning ro’mol o’rashingiz davlat tomonidan barcha sharaflarga ega bo’lishi va uning g’amxo’rligi ostida bo’lishi kafolatlanadi. Xalifalik davlati Islomni darhol va hayotning barcha sohalarida to’la qonli ijro etadi, Alloh ato etgan huquqdan hech birini o’zgartirishga yoki bu huquqqa loqayd qarashga aslo yo’l qo’ymaydi. Shuning uchun sizlar Alloh Subhanahu va Taoloning amriga bo’ysunib islomiy libosni kiyishga qanday rag’bat ko’rsatayotgan bo’lsangiz Alloh Subhanahu va Taoloning Islom Xalifaligini o’z eringizda tiklash haqidagi amriga bo’ysunishga ham xuddi shunday shoshiling. Chunki mana shu Turkiyadagi va butun islomiy olamdagi ayollarning haqiqiy g’alabasidir.
Doktor Nasrin Navoz xonim
Hizbut Tahrirning markaziy matbuot bo’limi
a’zosi uyali telefon: 0096171724043
Faks: 009611307594
elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info