«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni (er yuziga) xalifa-hukmron qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir» [Nur 55]
«Allohning ansorlari bo’linglar» nomli ma’ruzali yig’in, alhamdulillah, o’tkazildi
Hizbut Tahrir – Iordaniya viloyati Kirk shahridagi janubiy ziyoratgohga taklif qilgan «Allohning ansorlari bo’linglar» nomli ommaviy yig’in – alhamdu lillah – o’tkazildi. Unda juda ko’p musulmonlar, nufuzli kishilar, siyosiy faollar va harakatlar faollari qatnashdilar. Sayl Qur’oni Karim oyatlarini tilovat qilish bilan ochildi. So’ng Kirk shahridagi janubiy ziyoratgohning obro’li kishilaridan biri ustoz Yusuf Qatovina ochilish nutqini so’zladi. So’ng kapitan Vahid Batush ma’ruza qilib, unda Islom Ummatining Xalifalik davlatiga naqadar muhtojligi haqida so’zladi. So’ng doktor Adnon Shamriy Maon shahridagilar nomidan ma’ruza qildi va unda Islomiy Xalifalik talabi bilan masjidlardan chiqib boshlangan Shom qo’zg’oloni va dunyo davlatlari ushbu muborak qo’zg’olonga qarshi qanday til biriktirayotgani haqida so’zladi.
Tufayla shahri aholisi nomidan ustoz Ahmad Sahorin so’zga chiqib, unda Islom olamidagi harakatlarda o’zgarish yasash uchun tiniq tafakkur bo’lmog’i, ular yolg’iz Islomga tayanishlari lozimligi, birorta musulmonning kapitalistik va demokratik kabi insoniy mabdalardan kelib chiqqan fikrini talqin qilmasligi kerakli haqida so’z yuritdi.
Hizbut Tahrir – Iordaniya viloyati matbuot bo’limi raisi ustoz Mamduh Qatiyshot qilgan ma’ruzasida musulmonlardan Alloh Subhanahu va Taologa va Uning diniga ansor bo’lishlarini talab qildi. Iordaniya muammolari bu yurt Islomiy Xalifalik davlati soyasida Shom yurtlarining asl qismlaridan biriga aylanmagunga qadar hargiz echilmasligini bayon qildi. Sayl ustoz shayx Said Avovida (Abu Imod)ning ma’ruzasi bilan yakunlandi. Shayx o’z so’zida Kirk shahriga pokiza zotlar shahri, deya baho berar ekan, ushbu shahar kishilariga bu saylda ishtirok etganlari uchun tashakkur bildirdi.
Alloh Taolo bizga iltifot etgan ushbu Kirk shahridagi ulug’ fazl ortidan Hizbut Tahrir – Iordaniya viloyati bu saylimizga yordam bergan va uning ochilish bayonotiga imzo chekkan har bir kishiga katta tashakkur bildirib, Alloh Azza va Jalladan ularga ajri azim berishini va bu harakatlarini ularning savoblar sahifasiga bitishini so’rab qoladi.
Hizbut Tahrirning Iordaniyadagi
matbuot bo’limi
Elektron pochta: jordan_mo@hizb-ut-tahrir.info