Rossiya mudofaa vaziri armiya generali Sergey Shoygu Rossiya xavfsizligi uchun birinchi darajali dushman kim ekanligini ma’lum qildi
“Birinchi darajali dushmandan boshlaydigan bo’lsak, bugungi kunda bu xalqaro terrorizm (Islom)dir. Balki bu ibora eski, siyqasi chiqqan ibora bo’lishi mumkin, ammo haqiqatni olib qaraydigan bo’lsak, Suriyada, Malida, Liviyada kim jang olib bormoqda”, dedi Shoygu jihodiy guruhlarni nazarda tutib.
Mudofaa vaziri “bu kengayishning davom etishi bizga ko’ra umuman asossizdir. Biz bir birimiz bilan gaplashib, bir birimizga jilmayapmiz, ammo bularning bari davom etmoqda”, deya bezovtaligini izhor qildi.
RIA Novosti agentligining sharhlovchisi Vadim Dubnov harbiy generalning bayonotini izohlar ekan, “10 yil muqaddam bu insonlarning muhim bir qismi maxfiy edi, ular bilan hech bir narsani muhokama qilish imkoni yo’q edi. Bugunga kelib o’sha maxfiy guruhlar yangi-yangi rahbarlari va bir qancha a’zolari bilan bir “O’rmon”ga aylanishdi” deya bildirdi.
Ayni paytda Rossiyada musulmonlarning soni o’sib borayotgani hukumat rasmiylarini tashvishlanishiga sabab bo’lmoqda. Millatchiligi bilan tanilgan siyosatdon Vladimir Jrinovskiy yaqinda televideniya orqali qilgan murojaatida Rossiyaning kavkaz mintaqasidagi oilalarga bola tug’ishni cheklash taklifi bilan chiqdi.
“Ular o’rtacha oilada bo’ladigan miqdorda bola ko’rishga ruxsat berish kerak. Bitta yoki ikkita bo’lsa kifoya, uchinchi bola uchun jarimaga tortilishi kerak. Agar bunga rioya qilishmasa yopib tashlaymiz, atroflarini sim to’r bilan o’rab tashlaymiz”, dedi Jirinovskiy.