Moskva norasmiy uchrashuv uchun mezbonlik qilishga tayyor

474
0

001

Rossiya tashqi ishlar vaziri Mixail Bagdanovning ta’kidlashicha, Jneva-2 konferentsiyasidan avval Suriya rejimi va Qarshilik harakati o’rtasidagi norasmiy uchrashuv uchun Rossiya mezbonlik qilishga tayyor.

Interfaks axborot agentligining xabar qilishicha, Bagdanov “Biz Moskvada Jneva-2 konferentsiyasiga tayyorgarlik ko’rish shaklida norasmiy uchrashuv tashkil qildik, maqsad mavjud muammoni munozara qilish uchun imkoniyat va muvofiq muhit yaratishdir”, deya ma’lum qildi

“Suriya qarshilik harakatining xorijdagi ba’zi vakallari, jumladan demokratik ilmoniy koalitsiyaga etakchilari bilan uchrashdik”, dedi u qo’shimcha qilib.

Jneva-2 konferentsiyasi haqida nima deyishini bilmay qolgan BMT va Arab ligasining Suriya bo’yicha maxsus vakili Lahdar Brahimiy Jneva-2 konferentsiyasi joriy yil oxirigacha bo’lib o’tishiga umid bildirdi.

“Jneva-2 konferentsiyasi uchun ma’lum sana belgilangan emas”, “Konferentsiya vaqtini belgilash umidi uzilgani yo’q, ammo bu erda Suriya qarshilik harakati saflarida jiddiy muammolar mavjud”, dedi u Suriya qarshilik harakati saflaridagi jihodiy guruhlarga ishora qilib. Chunki Suriyadagi jihodiy guruhlar Jneva-2 konferentsiyasiga qatshanishga tish tirnog’i bilan qarshi turib “unga qatnashgan kishi Suriya xalqining dushmanidir” , deya ta’kidlab kelmoqa.

Lekin, shunday bo’lishiga qaramay Lahdar Brahimiy Suriya qarshilik harakati saflari 25 noyabrda tartibga keltirilishiga umid bildirdi. 25 noyabr Jneva-2 konferentsiyasining taxminiy sanasidir.

Turkiston:

Rossiya Jeneva 2 singari loixalarni ilgari surib, Suriyada o’tish jarayonida ishtirok etishga xarakat qilmoqda. Lekin u xalqaro siyosatdagi xozirgi vazni bilan hech qanday amaliy siljish yarata olmaydi. Shuni bilgan xolida, xalqaro hamjamiyatni, shomda yaqinlashib kelayotgan Islom Davlati bilan qo’rqitib, ularni shu loixasini yurgizib yuborishiga yordamlashishlaridan umid qilgan edi.

Lekin har qanday vaziyatda ham, ikki xil yo’nalish bo’ladi. Umumiy manfa’atlari: bular Islomga qarshi mabda’iy kurash. Xos manfa’atlari: har biri qo’lga kiritishga intiladigan siyosiy va boshqa manfa’atlar.

Rossiya umumiy manfa’atlarga bo’lgan tuyg’ularni kuchaytirib, xos manfa’atini ro’yobga chiqarmoqchi bo’ldi. Buning uchun u G’arbning, xossatan AQShning vaziyatlar oldidagi ojizlanib borayotganidan foydalanmoqchi bo’ldi. Lekin AQSh vaziyatlar jilovini Rossiyaga berishdan ko’ra, eng yomon xolatlarga ham rozi ko’rinadi. Saudiya, Qatar singari bir qator AQShparast davlatlar, Eronni konferentsiyada qatnashishiga rozi emasliklarini, aks xolda o’zlari ishtirok etishdan bosh tortishdi. Bu esa bu davlatlarning o’zlaridan chiqqan bayonotlar emas albatta. Demak Rossiyaning xalqaro siyosatda qozilik qilishga bo’lgan, balki oxirgi urunishi barbot bo’lish arafasida.

Abu Ali:

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.