Mujohidlar Jneva-2 konferentsiyasini rad etdi

620
0

000

Yaqinda NATO bosh kotibi Anders Rasmussen Suriya masalasini hal qilish uchun noyabr oyida Jenevada konferentsiya o’tkazish borasida Rossiya bilan kelishib olganligini ma’lum qilgan edi.

Biroq Suriyada Asad rejimiga qarshi kurash olib borayotgan yigirmadan ortiq qurolli guruhlar bir joyga to’planib Jneva-2 konferentsiyasini rad etishlarini bayon qilishdi va bu konferentsiyaga ishtirok etgan kishilar Suriyaga zarar keltirishini ochiqladi.

2013 yil 26 oktyabr kunida mujohid guruhlar tarafidan chiqarilgan mushtarak bayonotda aytilishicha, bu yig’ilishga qatnashadigan kishilar hech bir shaklda Suriya inqilobiga aloqador emas. Mujohid guruhlarlar tashqi kuchlarning Suriyaga aloqador hech bir qarorini tan olmaydi.

Shuningdek, ular bayonotda Jneva-2 konferentsiyasi Suriya inqilobining maqsadini aks ettirmasligini va bu yig’ilishga qatnashganlar Suriya davlati irodasini namoyoon qilmasligini ta’kidladilar. “Biz mujohidlar jamoasi shuni e’lon qilamizki, Jneva-2 konferentsiyasi xalqimizning irodasi va qo’zg’olonimizning talablarini ifoda qilmaydi. Biz bu konferentsiyani Suriya qo’zg’oloniga qarshi navbatdagi til biriktiruv deb hisoblaymiz”, deyiladi bayonotda.

Mujohidlarlarning ta’kidlashicha, bu yig’ilishning asl maqsadi Suriya inqilobiga barham berish uchun bir loyiha ishlab chiqishdir. Jneva konferentsiyasi inqilobga zararli bir yig’ilishdan boshqa narsa emas.

Bayonotda yana shunday deyildi: “Bu konferentsiya Asad rejimini qulatishga qaratilgan yig’ilish emas, shuning uchun biz bu yig’ilishni rad qilamiz. Jneva-2 konferentsiyasiga qatnashgan kishilar xoindir, u erda hozir bo’lgan kishilar ham Suriya xalqiga xiyonat qilgan bo’ladilar. Biz buni kuzatib boramiz. Jneva konferentsiyasiga katnashgan kishilar isyonchilar mahkamalarida javobgarlikka tortiladi”.

Bir qancha guruhlar ishtirokida amalga oshirilgan bu bayonotga yigirmadan ortiq guruh vakillari imzo chekishdi.

http://www.youtube.com/watch?v=HHZj2z4-Xco

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.