Al-Azhar universiteti talabalarining namoyishi kuch bilan tarqatildi

543
0

00

Misr hukumati “Musulmon birodarlar” jamoasi tarafdorlarining namoyishini tinchita olmayotgan bir paytda Al-azhar universitetining talabalari ham “Musulmon birodarlar” jamoasini qo’llab quvvatlab hamda tinch namoyishchilarni qatl qilish va hibs olish hodisalarini tanqid qilib namoyish uyushtirishdi. Biroq namoyish politsiya tomonidan ko’zdan yosh yoqizuvchi gaz vositasida tarqatildi, 60 talaba namoyishni uyushtirganlikda ayblanib qo’lga olindi. Voqea chog’ida qurbon bo’lganlar haqida ma’lumot yo’q.

Misr ichki ishlar vazirligidagi mas’ulning Aljazira telekanaliga aytishicha, Al-Azhar universitetining 3000 dan ortiq talaba yigit qizlari universitet tashqarisida to’planishib An-Nasr mintaqasiga olib boradigan avtomobil yo’lini to’sib qo’yishgan.

Ayni manbaning bildirishicha, Qohira xavfsizlik kuchlari talabalarni yo’lni ochishga ko’ndirish uchun yarim soatdan oshiq muzokara olib borganiga qaramay, talabalar o’z pozitsiyasida qattiq turib olishgan. Talabalar universitet oldida o’t yoqishib, xavfsizlik kuchlariga toshlar bilan hujum qilishgani aytiladi.

“Bu holat xavfsizlik kuchlarini ko’zdan yosh oqizadigan gaz ishlatib talabalarni universitet ichiga quvib kirishga va ulardan bir qanchasini qo’lga olishga majbur qildi”, deydi mas’ul.

“Talabalar inqilobga qarshi” harakati talabalarni namoyishni davom ettirishga undamoqda. Harakat a’zolaridan biri Mahmud Salohning Aljaziraga aytishicha, universitet talabalari kelgusi kunlarda harbiy inqillobga qarshi faoliyatlarini yanada oshiradilar.

Misrda harbiylar hokimiyatni egallab olganlaridan buyon sodir bo’lgan to’qnashuvlarda mingdan ziyod odam o’ldirilgan, va “Musulmon Birodarlar” tashkilotining 2 mingdan ortiq a’zosi qo’lga olingan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.