Qozog’iston: Rus millatiga mansub muslima ayolni videorolik uchun 5 yilga ozodlikdan mahrum etishdi

642
0

y_43cace43

 

Natalya ismli muslima ayolni (Islom diniga da’vat qilgani uchun Qozog’iston qamog’ida o’tirgan Rafis Galiulinni ayoli) besh yilga ozodlikdan mahrum etishgani haqida xabar keldi. Ayolni sud zalining o’zidan qamoqxonaga olib ketishdi.

Muslima ayolni Yutube video portaliga, Qozog’iston hukumatini musulmonlarga, jumladan o’zining eriga nisbatan amalga oshirayotgan qonunsiz xarakatlarini aytib bergan videoni joylagani uchun ozodlikdan mahrum etishdi. Faqatgina Ummatga o’z dardini aytgan birgina video uchun. Demak bu iymonsiz mustabidlarning yuvindixo’rlari o’zlari haqidagi haqiqatni xalq bilib qolishidan qo’rqishadi. Natashani uchta yosh bolasi qoldi va maxsus xizmatlar ularni bolalar uyiga jo’natish bilan tahdid qilishmoqda.

Ey musulmonlar! O’z singlingizni himoyasi uchun chiqing. Uni yordam so’rab qilgan murojatiga hech bo’lmaganda xozir, uni qamoqqa olishganda javob qaytaring. Aks holda Qiyomatda Allohning oldida nima deb javob beramiz?

Allohning Rasuli (sallallohu alayhi va sallam) aytdilar:

“Sizlardan kim bir munkarni ko’rsa, uni qo’li bilan o’zgartirsin. Agar qodir bo’lmasa tili bilan (o’zgartirsin), unga ham qodir bo’lmasa qalbi bilan (yomon ko’rsin), mana shu iymonning eng zaifidir” (Imom Muslim rivoyati).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.