Xitoy yangi “Ipak yo’li”ga 50 milliard sarfladi

460
0

98380680

 

Xitoy oxirgi uch oy mobaynida Markaziy Osiyoga tuzilgan shartnomaga muvofiq energetika infratizilmasi sohasida 50 mlrd. dollardan ziyod mablag’ sarfladi, chunki Xitoy aynan shu hudud orqali “yangi Ipak yo’li”ni o’tkazishni xohlaydi.
2013 yilning uchinchi choragida Xitoyning chetga moliya yotqizishi 100 mlrd. dollardan ko’p bo’lgan va bu mablag’ni yarmi Xitoy prezidenti Si TSzinpin o’tgan oyda rasmiy tashrif bilan aylanib chiqqan Markaziy Osiyo davlatlariga to’g’ri keladi.
Si TSzinpin sentyabr oyida Turkmaniston, Qozog’iston, O’zbekiston va Qirg’iziston respublikalariga tashrif buyurgan va barcha davlatlar bilan ham muxim shartnomalar imzolagan edi. 2013 yilning uchinchi choragidagi Xitoyning yirik moliyaviy shartnomalari energetika loyihalari bilan bog’liq. Qozog’istonda Xitoy umumiy qiymati 30 mlrd. dollar bo’lgan 22ta kelishuvga qo’l qo’ydi. O’zbekiston bilan 31ta kelishuv tuzdi va bu kelishuv 15,5 mlrd. dollarga teng bo’ldi. Bundan tashqari ikki davlat yana bir yangi neft quvuri qurishga kelishib olishdi. Bundan tashqari Xitoy o’zbek-xitoy transchegaraviy temir yo’li qurilishini moliyalashni boshladi. Turkmaniston bilan yangi gaz quvuri qurishlik bilan birga 7,6 mlrd. dollarlik shartnoma imzoladi. Qirg’izistonda esa umumiy qiymati 5 mlrd. dollar bo’lgan sakkizta kelishuv imzoladi va ulardan eng yirigi yangi gaz quvurini qurishlik uchun 1,4 mlrd. dollar kredit ajratishlik bo’ldi.
Turkiston: Xitoy o’zida iqtisodiy o’nikishni rivojlantirish evaziga, dunyo etakchi davlatlari bilan zaif davlatlarni mustamlaka qilishda talashishlikdan o’zini tiyish xaqida yashirin va oshkora bitimlar tuzib amal qilib keladi. Lekin oxirgi davrlar, Xitoy iqtisodiyoti uchun xavfli vaziyatlar paydo qila boshladi. Bu asosan uning eksport va import muvozanatlarini ushlab turishdagi muammolariga borib taqaladi. Xitoy dunyoning juda katta bozorini egalladi. Lekin shu bozorlarga maxsulot etkazib berishda, ishlab chiqarish xom ashyo maxsulotlari taxsilligiga uchradi. Bu esa undan, bozorlarga chiqaruvchi maxsulotlarini qisqartirishni yoki xom ashyo bazalari bo’lgan zaif davlatlarni xech bo’lmaganda iqtisodiy mustamlaka qilishni taqazo etadi. Xozirda uning oldida boshqa yo’l deyarli yo’q. Aks xolda xom ashyo taxsilligi ichkarida tovar defitsitligiga olib keladi. Bu esa inflyatsiya va ishlab chiqarishdagi katta bankrotlarga sabab bo’ladi.
Shuning uchun Xitoy, AQSh bilan Rossiyaning Markaziy Osiyodagi qiziqchiliklari teskari kelib qolgan vaziyatlardan foydalana boshladi. Aslida AQSh uning tushib qolgan tang xolatidan foydalana boshladi. U Rossiyaning mustamlaka xududiga, AQSh singari uning xoxishidan tashqari xollar bilan kirib kela boshladi. Bu Xitoy uchun siyosiy bir muncha muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Rossiya bilan uzoq yillar mobaynida elkama elka borayotgan siyosiy xamkorliklariga sovuqchilik tushayotgani nazarda tutilganda. Lekin Rossiya xozirgi zaif xolatida Xitoyga muxtoj. Shuning uchun u bilan aloqalarini keskin o’zgartira olmaydi. Lekin Rossiya burchakka siqilib borayotgan kalamush singari xolatga tushib boryapti. AQSh bilan mintaqada siyosiy raqobatlarga yaramaganidek, Xitoy bilan xam iqtisodiy mustamlaka qilishda raqobatlasha olmaydi. Uning uchun faqat xarbiy mustamlakasini ushlab qolish yo’nalishi qoldi. Bu esa faqat tinchlik xolatida ko’p naf bermaydigan yo’l bo’lib, notinchliklarni suniy bo’lsa xam keltirib chiqarishga undaydi.
Xulosa qilib aytganda, Xitoy AQShning Rossiyani parchalash loixasidagi qo’llanayotgan jiddiy quroliga aylana boshladi. Bu esa mintaqa xavfsizligi va barqarorligi uchun o’ta yomon xolat.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.