Vladimir Putin mexnat muhojirlari uchun jazo choralarini kuchaytirish tarafdori

304
0

001

Rossiya prezidenti Vladimir Putin qonunni buzgan mexnat muhojirlari uchun jazo chorasini kuchaytirish to’g’risida yana bir bor so’z yuritdi. Prezident “Yagona Rossiya” partiyasi faollari bilan bo’lgan uchrashuvda “Biz qonunchiligimizni jinoiy javobgarlikka tortishga qadar kuchaytiramiz”,- dedi. Putin hukumat tegishli qonun loyihasini Davlat Dumasiga ko’rib chiqish uchun topshirganligini eslatib o’tdi. Mexnat muhojirlarini noqonuniy ro’yxatga qo’yayotgan xonadon egalari ham jazolanadi. Putin Rossiyaga kelayotgan migrantlar “o’zlari kelayotgan mintaqani urf-odatlarini bilishlari hamda unga amal qilishlari shartligini, unga amal qilmayotganlar esa o’zlariga nisbatan barcha choralar ko’rilishini bilishlari zarurligini” uqtirib o’tdi.

Putin qo’shimcha qilib, mamlakatni iqtisodiy manfaatlari jixatidan ba’zi sohalarni haqiqatdan ham chetdan kelayotgan ishchi kuchlarisiz uddalash mushkul, ammo “ayrim yo’nalishlar bo’yicha buni bemalol maxalliy fuqarolar bilan xal etish mumkin”. “Aytaylik savdoda. Nima savdo shahobchalarida ishlashlik uchun maxalliy fuqarolardan topishlik qiyinmi? Menimcha yo’q”,-dedi Putin. Uning so’zlariga ko’ra, chetdan kelayotgan ishchi kuchlariga qurilish va ayrim boshqa sohalarda ehtiyoj bor.

Shuni eslatib o’tish kerakki, o’tgan xaftada vitse-premer Olga Golodets bunga tamoman qarshi bo’lgan –mexnat muhojirlarini qurilishlarda ishlashini ta’qiqlash tashabbusi bilan chiqqan edi. U taklif qilgan dastur axoli yashaydigan munitsipalitetlardagi ish beruvchilarga imtiyozlar berishdan iborat edi.

Shu bilan birga Davlat Dumasiga “Umumrossiya xalq fronti”dan saylangan deputat Mixail Starshinov migrantlar uchun mexnat vizasini joriy etish tashabbusini ilgari surgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.