5 davlatni 14 davlatga aylantirish rejasi

509
0

images-33

Nyu-York Tayms gazetasining jurnalistlaridan biri Robin Vrite O’rta Sharqdagi hodisalarni yoritgan maqolasida ma’lum qilishicha, u erdagi 5 davlat kelajakda parchalanib ketadi.

Tashqi ishlar bo’yicha tajribali tahlilchi va jurnalist Robin Vrite gazetada o’z tahlilini yozar ekan, O’rta Sharq xaritasi yangidan chizilishini va 5ta davlat parchalanib 14ta davlatga aylanish fikrini olg’a surdi. Unga ko’ra Suriya, Iroq, Saudiya, Liviya va Yaman davlatlarini kichik davlatlarga bo’lib yuborish rejalashtirilgan.

Rejaga ko’ra, eng ko’p parchalanish Saudiya arabistoniga to’g’ri keladi. Davlat boshqaruvi kelajakda shaxzodalar qo’liga o’tishi ortidan qabila boshliqlari bunga qarshilik ko’rsatadi, natijada bitta Saudiyadan sharq, g’arb, shimol, janub davlatlari vujudga keladi.

Ikki yarim yilga yaqin jang davom etib kelayotgan Suriya va AQSh bosqinini boshdan kechirayotgan Iroq uchga bo’linadi. Suriyaning O’rta er dengiz sohilida Alaviy davlati quriladi. Suriya shimoli va Shimoliy Iroqda bitta Kurdiston davlati quriladi.

Suriya va Iroq sunniylari bir bo’lib bitta davlat kurishadi. Iroq janubida esa Shiyaiston davlati tiklanadi.

Yaqinda birlashgan Yaman esa yangidan yana shimol va janubga bo’linib ketadi.

Liviya ham parchalanishdan omon qolmaydi. Qabilalar orasidagi kuchli raqobat natijasida o’lkaning sharqida Sirenakya, g’arbida esa Trablus, janubiy g’arbida Fizan nomli davlatlar qad ko’taradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.