Rossiyada Islom ta’qiqlandi

498
0

01

Matbuot bayonoti

Alloh Taolo aytadi:

وَلَوْلَا دَفْعُ اللَّهِ النَّاسَ بَعْضَهُمْ بِبَعْضٍ لَهُدِّمَتْ صَوَامِعُ وَبِيَعٌ وَصَلَوَاتٌ وَمَسَاجِدُ يُذْكَرُ فِيهَا اسْمُ اللَّهِ كَثِيرًا ۗ وَلَيَنْصُرَنَّ اللَّهُ مَنْ يَنْصُرُهُ ۗ إِنَّ اللَّهَ لَقَوِيٌّ عَزِيزٌ

“Agar Alloh odamlarning ayrimlarini ayrimlari bilan daf’ qilib turmas ekan, shubhasiz Alloh nomi ko’p zikr qilinadigan (rohiblarning) uzlatgohlari, (nasroniylarning) butxonalari, (yahudiylarning) ibodatxonalari va (musulmonlarning) masjidlari vayron qilingan bo’lur edi. Albatta Alloh O’ziga yordam beradigan zotlarni g’olib qilur. Shubhasiz Alloh kuchli, qudratlidir.” [22:40].

2013 yil 27 sentyabr juma kuni Hizb ut-Tahrir islomiy siyosiy partiyasi “Rossiyada Islom ta’qiqlandi” nomli umumrossiya norozilik namoyishini o’tkazdi. Norozilik namoyishini o’tkazishlikka hukumatning Rossiyada Islom bilan bog’liq barcha narsani ta’qiqlashlikka bo’lgan xarakatlari sabab bo’ldi. Novorossiysk shahar sudini Qur’on tarjimasini ekstremistik material deb tan olinish qarori, kuch organlari tomonidan Hizb a’zosi Abdulloh Gappaevni o’ldirilishi, maktablarda hijob kiyishni ta’qiqlanishi, Allohning uyi –“Al-Ihlos” masjidini vayron qilinishi hamda uning imomi Rustam Safinni ozodlikdan mahrum qilinishi – bularning barchasi bunga ishora qilib turgan ochiq dalillardir. Moskva, Sankt-Peterburg, Ufa, Qozon, Tyumen va Rossiyani boshqa yirik shaharlarida Hizb ut-Tahrir yigitlari masjidlarda xitob qilib, Ummatni Islom manfaatlarini birgalikda himoya qilishga chaqirishdi. Rossiyadagi Hizb ut-Tahrir nomidan imom va muftiylarga Islom va musulmonlar himoyasiga chiqishlikka chaqirib, murojatnoma topshirildi. Shuningdek masjidlarda Hizb ut-Tahrirni qo’llashlik va Islom himoyasiga chaqirilgan varaqalar tarqatildi. Yo’l ustidagi ko’priklarda “Bas, musulmonlarni o’ldirish etar”, Rossiya Islomga qarshi. 17.09 13y. Qur’on ta’qiqlandi” va boshqa ko’plab xitoblar tortildi. Yana musulmonlar ko’chalarda, odamlarni bu dalillarga e’tiborini tortish va bu bilan Rossiya hukumatini Islomga qarshi siyosatiga ta’sir ko’rsatish uchun “Meni Allohga bo’lgan e’tiqodim uchun o’ldirishdi. Gappaev Abdulloh”, “Rossiyada Qur’onni ta’qiqlashdi. Men qarshiman”, “Rossiyada masjidlar buzilmoqda. Men qarshiman” va yana boshqa ko’plab plakatlar ko’tarib turishdi.

Tadbir muvaffaqiyatli o’tdi, OAV e’tiborini jalb qilishga erishdi, Ummat esa qo’llab-quvvatladi

Alloh aytadi:

وَلَوْلا دَفْعُ اللَّهِ النَّاسَ بَعْضَهُمْ بِبَعْضٍ لَفَسَدَتِ الأرْضُ

“Agar Alloh odamlarning ayrimlarini ayrimlari bilan daf qilib turmas ekan, shubhasiz er fasodga duchor bo’ladi” [2:251].

Hizb ut-Tahrirning

Rossiyadagi matbuot bo’limi

30.09.2013 g.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.