Yonilg’i mahsulotlari narxining oshishi oddiy odamlarni xonavayron qilish va ko’plab qashshoqlarni keltirib chiqardi

404
0

159236048

Sudan hukumatiga odamlar boshiga etgan qashshoqlik, ochlik, haddan ziyod qimmatchilik etmayapti. Endi ular qo’llab-quvvatlovni olib tashlash, degan narsani dastaklab, yonilg’i mahsulotlari narxini oshirish qarori bilan qarshimizga chiqishyapti. Benzin narxini 66 %ga, gazolin narxini 73 %ga, oziq-ovqat iste’moli uchun ishlatiladigan gaz balloni narxini 67 %ga ko’tarishdi. Bu ishlariga «ayni qo’llab-quvvatlov kambag’allarga bormay, boylarga ketib qolyapti», «yonilg’i mahsulotlari xorijga tashib ketilyapti», kabi bahonalarni keltirishyapti.

Biz Hizbut Tahrir – Sudan viloyati a’zolari ahlimizga quyidagi haqiqatlarni yoritib beramiz:

Birinchidan: Yonilg’i maxsulotlari narxini oshirish Xalqaro Valyuta Fondi qarorlariga to’la itoat qilishdan o’zga narsa emas. Zero, Xalqaro Valyuta Fondi bu qarorlarini shu yil may oyida bo’lib o’tgan uchrashuvda Sudan moliya vaziriga tiqishtirib, yonilg’i mahsulotlaridagi davlat qo’llab-quvvatlovini bosqichma-bosqich kamaytirib, keyin butunlay olib tashlashga buyurgan. Ma’lumki, moliya vaziri o’tgan yil 3 dekabrda: «Biz 2013 yil neft mahsulotlaridan qo’llab-quvvatlovni olib tashlashni ham, yangi biror soliq yo bojxona solig’ining solinishini ham aslo guvohi bo’lmaymiz», deya bayonot bergandi. Biroq Sudanning kofir G’arbga itoatgo’y qul bo’lgan bu hukumati nima ham qila olardi?!

Ikkinchidan: Albatta, balansdagi kamomadga javobgar hukumat, oddiy fuqaro emas. Hukumat o’zining aybini unga yuklamoqda. Sudan janubi kofir G’arb foydasiga yurtdan ajrab oldi, natijada odamlar neft va janubdan kelayotgan boyliklarning 75 %ini yo’qotdilar.

Uchinchidan: Neft shar’an davlat mulki emas, omma mulkidir, davlat bo’lsa uni o’z xalqiga xalqaro bahoda sotib yotibdi. Termiziy Abyaz ibn Hammol Moziniydan rivoyat qiladi: «u Rosululloh s.a.v. oldilariga elchi bo’lib kelib, tuz (koni)ni mulk qilib berishni so’ragandi, mulk qilib berdilar. U ketgach, o’tirganlardan bir kishi: unga nimani mulk qilib berganingizni bilasizmi, siz bitmas-tuganmas suvni mulk qilib berdingiz, dedi. Shunda Rosululloh s.a.v. uni qaytarib oldilar». Rosululloh s.a.v.ning o’zlari mulk qilib bergan tuz koni tugamaydigan ko’p narsa ekanini bilganlaridan so’ng Abyaz ibn Hammoldan uni qaytarib olganlari, bitmas-tuganmas ma’danni shaxs o’ziga mulk qilib olishi durust emasligiga dalildir, chunki u musulmonlar ommasining mulkidir. Shuning uchun yonilg’ilar (benzin, gazolin, gaz kabi) va boshqa neft mahsulotlarini fuqarolarga yo aynan o’zini yoki xarajatlarini chiqarib olgandan so’ng xizmatlar sifatida taqsimlab berish davlatning burchidir.

To’rtinchidan: Sudan kuniga 130 ming barrel neft ishlab chiqaradi, 100 ming atrofida iste’mol qiladi. Moliya vaziri bunday dedi: «Yurtimiz kuniga 130 ming barrel neft ishlab chiqaradi, uning sheriklari borligi uchun ulushi yiliga 26 million barrel bo’lib qolgan» («Sahofa» 2013 yil 9 sentyabr). Moliya vaziri tan olgan ushbu raqamlardan ko’rinib turibdiki, Sudanning sof ulushi kuniga 71 ming barrel bo’lib, u hukumatning mulki emas, davlat fuqarolari mulkidir. Ma’lumki, xorijiy shirkatlar bilan bo’lgan neft bitimiga shu hukumat imzo chekkan va bu shar’an botil bitim bo’lib, ayni shirkatlar Ummat molidan kuniga 60 ming barrel talab ketishyapti. Agar shunday qilinmaganda, har kungi 130 ming barrel neft yurt ehtiyojiga etib ortib qolgan bo’lardi. Bu hukumat sodir etgan navbatdagi jinoyat bo’lib, uning to’lovini oddiy fuqarolar to’lashini istayapti!!

Beshinchidan: Bu hukumat aldov va xiyonat bilan shug’ullanyapti, shuning uchun neft ishlab chiqarish va uni sotish bitimlarini soxtalashtirib ko’rsatyapti. Moliya vaziri bunday dedi: «Neft ishlab chiqarishimiz 300 million dollar qiymatdagi kirimlar bilan kuniga 150 ming barrelga etishi kutilmoqda» («Sahofa» 2013 yil 9 sentyabr). Hatto bu hukumat janubni bo’lish masalasini tiqishtirayotgan paytda kuniga 118 ming barrel neft ishlab chiqarayotganini, kuniga 100 ming barrel iste’mol qilayotganini, shuning uchun janubning bo’linishi Sudanga salbiy ta’sir qilmasligini aytdi. Biz: o’tgan uch oy ichidagi 236 million dollar atrofidagi janub neftidan olingan (balans tashqarisidagi) eksport foydalari qaerga ketdi? – deb savol beramiz. Ma’qal ibn Yasor rivoyat qiladi, Rosululloh с.а.в. bunday dedilar:

«مَا مِنْ وَالٍ يَلِي رَعِيَّةً مِنَ الْمُسْلِمِينَ فَيَمُوتُ وَهُوَ غَاشٌّ لَهُمْ إِلاَّ حَرَّمَ اللَّهُ عَلَيْهِ الْجَنَّةَ»

«Qaysi bir voliy musulmon fuqaroni boshqarsa va ularni aldab yurib shu holda o’lib ketsa, Alloh unga jannatni harom qiladi». Rosululloh s.a.v. yana bunday dedilar:

«لِكُلِّ غَادِرٍ لِوَاءٌ يَوْمَ الْقِيَامَةِ يُرْفَعُ لَهُ بِقَدْرِ غَدْرِهِ أَلاَ وَلاَ غَادِرَ أَعْظَمُ غَدْرًا مِنْ أَمِيرِ عَامَّةٍ»

«Har bir g’odir (aldamchi g’addor) uchun qiyomat kuni bir bayroq bo’ladi. U uning qanchalik g’addorligiga qarab ko’tariladi. Ogoh bo’lingki, omma amiridan ko’ra katta g’addorlik qilgan g’odir bo’lmaydi».
Oltinchidan: Hukumatning bu qo’llab-quvvatlov kambag’allarga bormay, boylarga ketib qolyapti, degan gapi subutsiz tuban gap. Chunki transportirovka haqqi tovarlar narxiga qo’shib yuboriladi va uni boy ham, kambag’al ham to’laydi. Bil’aks, hukumat tatbiq etayotgan nizomning o’zi oddiy odamlarni xonavayron qilib, qashshoqlik va qashshoqlarni keltirib chiqaryapti, chunki tovar va xizmatlarga solinadigan soliqlar, bojxona soliqlari faqat kambag’allar elkasiga tushadi, uning foydalarini esa hukumat manfaatlari uchun boylar qo’lga kiritishadi. Shuning uchun ochko’z kapitalistik nizomni tatbiq etayotgan kimsa kambag’allik va kambag’allar haqida umuman gapirmasin!!
Ey Sudan ahli! Bizning zolim kapitalistik nizomni tatbiq etilishiga sukut qilib turishimizning o’zi hokimlarimizni bizdan qo’rqmaydigan qilib qo’ydi, hatto ular bizga provokatsiya qiladigan va tahqirlaydigan, keyin esa turmushimiz borasida bizga tazyiq o’tkazadigan bo’lib qolishdi. Shunday ekan, biz agar turmushimizda xotirjamlikni, dinimizda salomatlikni, oxiratimizda najot topishni istasak, Allohga qaytaylik, bu zolim tuzumni yo’q qilib, o’rniga to’g’ri yo’lni tutuvchi Xalifalik davlati soyasida Islom tuzumini barpo etaylik. Xalifalik davlati musulmonlar yurtida qushlar och qolibdi, deb aytilmasligi uchun tog’lar ustiga bug’doy sepadi.
Hizbut Tahrir

18 zul-qa’da 1434h  24 sentyabr 2013m

Sudan viloyati

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.