O’zbekiston huquqni muxofaza qiluvchi organlardagi manbalarga asoslanib Uzmetronom.com saytini xabar qilishicha, Toshkentda o’g’rilik va bosqinchilik jinoyatlari ko’payib ketgan. Uchastka nozirlari bo’lgan militsionerlar xonadonlarni aylanib, notanishlarga eshikni ochmaslik va o’zgalar kvartirasiga kirishga xarakat qilayotgan yoki uylar oldida maqsadsiz tentirab yurgan barcha shubhali shaxslar to’g’risida militsiyaga xabar berishlik haqida ogohlantirishmoqda. Haqiqatdan ham xovotir uchun asos bor. Buning sababi so’nggi bir necha kun ichida birgina Yunusobod tumanida 18ta o’g’rilik va bosqinchilik jinoyatlari sodir etilgan. Toshkentdagi bunday jinoyatlar haqidagi ma’lumotdan matbuot va oddiy fuqarolar bexabar.
IIV xodimlarining taxminiga ko’ra, jinoyatlar yoshlar tarafidan sodir etilmoqda. Ayrim dalillar ularni Toshkentda yashamasligiga dalolat qilmoqda. Ular pasport rejimini buzganligi uchun Rossiya va Qozog’istondan chiqarib yuborilgan mexnat muhojirlari bo’lishi mumkinligini ehtimoli bor. Mustaqil taxlilchilarni kamtorona xisobiga ko’ra, bugungi kunda Toshkentda 500 mingdan ziyod viloyatlardan kelib qayddan o’tmagan, doimiy ish o’rni va yashash joyiga ega bo’lmaganlar bor.
Turkiston:
Karimov olib borayotgan mustabid siyosat natijasida o’zbekistonliklar nafaqat siyosiy balki iqtisodiy jihatdan ham tang axvolda qolishmoqda. Zavod va fabrikalarni to’xtab qolishi, ishlayotganida esa beradigan maoshi yashash darajasidan ham pastligi sababli millionlab odamlar ish izlab qo’shni respublikalarga, hususan Rossiyaga chiqib ketishdi.
Ammo, rus hukumatining so’nggi paytlarda mexnat muhojirlariga qarshi olib borayotgan kurashi sababli Rossiyada ishlab ro’zg’or tebratayotgan juda ko’plab odamlar, ayniqsa o’zbekistonliklar o’z uylariga badarg’a qilinmoqda. Uyiga qaytib kelganlar esa ish yo’qligi sababli ayrimlari jinoyat ko’chasiga kirib ketayotgan bo’lsa, ayrimlari hujjatlarini o’zgartirib yana qayta chetga chiqib ketishga xarakat qilishmoqda.
Bundan tashqari Karimovni Islom diniga, uning jamiyatdagi har qanday ko’rinishiga qarshi olib borayotgan kurashi oqibatida odamlar, ayniqsa yoshlar halol va haromni farqiga kam boradigan, faqatgina moddiy manfaat haqida o’ylaydigan bo’lib borishmoqda. Buni natijasida esa jinoyatchilik avj olib ketyapti.
Shu yilning boshida ham poytaxt Toshkent qo’rquv iskanjasida qolgan edi, buning sababi nafaqadagi keksalar va yolg’iz qariyalarni tunash va o’ldirish holatlari ko’payib ketdi. Olti oy ichida 20dan ziyod qariyalar bunday hujumlar qurboniga aylanishdi.
Faqatgina aybsiz musulmonlarni cho’ntaklariga giyohvand modda, uylariga varaqa, disk va qurol tashlab, “jinoyatchi”larni ushlab, o’zlarini erto’lalarida g’ayriinsoniy qiynoqlar orqali “ayblarini” bo’yniga qo’yishga mohir bo’lgan IIV va MXX xodimlari bu jinoyatni fosh qilishga ojizlik qilishgan edi. Bu jinoyatchilarni topish uchun Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi qotillarning fotorobotlari aks etgan e’lonlarni ko’chalarga yopishtirib, gumondor shaxslar haqida militsiyaga xabar bergan shaxsga 5 million so’m mukofot puli va’da qilgan edi.