Suriyada mujohidlar qo’li ustun kelib, Asad rejimi qulab borar ekan, shu vaqtgacha muxolifat tarafdori bo’lgan Turkiyaning prezidenti Abdullo Gul Asadga qarshi kurashayotgan islomiy guruhlardan xavotirda ekanligini ma’lum qildi. Gulga ko’ra, Suriya rejimiga qarshi kurash olib borayotgan islomiy guruhlar Turkiya xavfsizligi uchun tahdiddir.
Prezident Abdulloh Gul shu vaqtgacha mamlakati tomonidan olqishlanib kelgan muxolif guruhlarni nega bugunga kelib tahdid tug’diradigan bo’lib qolganligiga izoh berdi. Unga ko’ra, bu vaziyatda eng yaxshi insonlar ham yomonga aylanib qolishi mumkin.
“Nohaqlik, zulm, adolatsizlik davom etar ekan, unga qarshi kurash uchun otlangan guruh bora-bora radikallashadi, bora-bora ekstirimistlashadi. Undan so’ngra ularning orasidan terroristlar chiqadi. Ehtimol ularning hech biri avval boshdan terrorist yoki radikal bo’lmagandir. Ammo sharoitlar insonlarni ayni nuqtaga olib keladi. Chumoliga ozor bermagan insonlar vahshiylikka qo’l uradi. Bu shunday bir davr. Avval boshda bir necha yuz kishidan iborat guruh tobora kengayib minglagan va o’n minglagan kishilarni o’z ichiga oladi. Bu bizning xavfsizligimizga katta tahdid tug’diradi. Bu narsa biz uchun birinchi darajada e’tibor qaratishimiz lozim bo’lgan ishdir. Bunga qarshi etarli kuch-g’ayrat sarflashimiz lozim”, dedi Gul O’rta sharqda kundan kunga kuchayib borayotgan islomiy guruhlarga diqat qaratib.
“Ayovsiz bunday ichki urushda har kim hamma narsani o’ziga muboh qilib oladi. Senga nisbatan shunday bir vahshiyliklarni qilishadiki, sen ham – chumoliga ozor bermagan inson bo’lsang ham – har narsaga qo’l urishni boshlaysan. Bu holat uzoq davom etavergach, ashaddiy radikalizm o’zini terrorizmning ichida ko’radi. Bu jarayon al-Qoida kelib bir joydan ofes ochishi va har qaerdan odam to’plashi bilan amalga oshmaydi”, dedi Gul so’zini davom ettirib.
Asad rejimiga qarshi jang olib borayotgan islomiy guruhlar Turkiya chegarasiga yaqin kelib qolganidan xavotirini yashirmagan Gul bunday guruhlarga hargiz e’tiborsiz bo’lmasligini ta’kidladi. Prezidentning ma’lum qilishicha, har qancha ehtiyot choralarini ko’rishiga va shu maqsadda chegaraga tanklar, zambaraklarni joylashtirib qo’yganiga qaramay, Turkiya terrorist deb sifatlanayotgan guruhlarning mamlakatga kirib kelishiga to’sqinlik kilishga qodir emas. Chunki Turkiya bilan Suriya o’rtasidagi chegaraning uzunligi 910 km masofani tashkil qiladi.
Turkiston:
Xa vaqt keldi, xar bir xoin endi o’z xiyonatini oshkor qiladi. Lekin shu xoinlik o’rnini oqlashga, xatto odamlarni xam shu ishni qilishga chorlab, yuqoridagi kabi bayonotlar tayyorlashadi. Bu xuddi najosatdan yasalgan gulga chiroyli baxo berishga o’xshaydi. Chunki xiyonat xatto kofirlar tomonidan xam inkor qilingan, qoralangan amaldir.
Shu kunga qadar Suriya islomiy xarakatlarini oqlab kelayotgan Gulning pozitsiyasini o’zgartirgan narsa nima? ……Albatta xiyonat. Uning ilgarigi qurbon bo’layotgan musulmonlarga suyagi qayishayotgan xolatini xam, bugungi yangi egallayotgan xolatini xam Islomga xech qanday aloqasi yo’q. Shar’iy xukmlarga tamoman zid, to’la kufr manfaatlaridan bo’lgan xarom pazitsiyani egallab keldi.
Aslida musulmon odam, qo’lida saltanat va xarbiy quvvat bo’la turib, miltiq otsa tegadigan masofadagi musulmonlarni qatli omm qilinayotganiga qarab achinib o’tirishining o’zi xarom. Endi shu sukuti kufrning nazorati va uni rozi qilish maqsadi ortida bo’layotgan bo’lsachi. NATOga a’zo bo’lib, dunyo kufr sistemasi chizib bergan chiziqni, Ollox Subxanaxu va Ta’ollo chizib qo’ygan chegaralardan ustun qo’yib, yana o’zini islomiy figura qilib ko’rsatib, kimlarnidir uyalmay qoralashga urinayotganiga qarang.
Islom davlatining barpo bo’lishi, kufr raxbarlarini tashvishga solsa, bizlarning raxbarlarimizni vaximaga sola boshladi. Ular Islom xayotimizni boshqarish uchun yaqinlashayotgani sari, kufr bilan toboro yaqinlashaverishadi. Xatto qilgan amallariga Ollox va musulmonlar oldida tavba qilib, Islom manfaatlari tomon xarakatlana boshlashlari ularni shu dunyoda va umid qilamiz oxiratdagi ziyonlardan saqlab qoladi. Shayton ularni xuddi o’zi kabi tavbadan umid qilmaslikka undab, toboro kufr bilan ochiq birlashishga chaqiradi. Lekin biz ularni noumidlikdan voz kechib, nafs balosidan bo’lgan kibrlarini sindirib, tavba qilishga chaqiramiz. Vaqt oz qoldi insha Ollox.