Qirg’iziston: Osh shahar meri hijobli o’quvchi qizlar huquqlarini cheklamaslikka chaqirdi

530
0

000

Shahar apparati majlisida Osh shahar meri Melis Mirzakmatov hijob kiygan o’quvchi qizlarni huquqlarini cheklamaslikka chaqirdi.

Osh merini fikricha, Qirg’izistonda qonuniy tartibda maktab formasiga taalluqli umumiy qoida yo’q. Bundan tashqari Osh shahar boshlig’i, Qirg’iziston Respublikasida dinga e’tiqod qilishlik har bir fuqaroni shaxsiy ishi ekanligini, shuning uchun ham dindorlar huquqlarini cheklash kerak emasligini aytdi.

“Shahar hukumatida hijob kiyishni ta’qiqlash uchun qonuniy asos yo’q”, – dedi Melis Mirzakmatov.

Osh meri qo’shimcha qilib, “ Kalta yubkada turli xil klublarga borib, alkogol ichgandan ko’ra, o’quvchi qizlar hijob kiyib to’g’ri diniy hayot kechirganlari yaxshi”, – dedi.

Turkiston:

Qirg’izistondan kelayotgan xabarlarga ko’ra, maktablarda diniy liboslarga qarshi noqonuniy xarakatlar kuchaygan. Xatto Bishkekda shu ish yuzasidan sud jarayonlari bo’lib o’tgan. Lekin shunga qaramay ta’lim ministrligi GKNB bilan xamkorlikda, xijoblilarga qarshi zimdan ish olib borishayotgani xaqida shikoyatlar ko’p.

Yuqoridagi shaxar Meri to’g’ri masala ko’taribdi. Buzuqchilik xaqidagi G’arb dunyoqarashidagi tushunchalar, kalta yubka kiyib, alkagol iste’mol qilishlikni oddiy ko’rinish deb qabul qiladi. Ularning nazlida axloqiy buzuqlik, islomiy muqaddasotlarimizni urflarimizga kirib kelayotganidan deb bilishadi. Maqsadlari jamiyatni islomiylashib borish jarayonini oldini olish.

Bu ishni qonuniylashtirish Qirg’izistonda qiyin emas. Lekin Qirg’iziston xalqi mintaliteti va xukumatning siyosiy xolati xozircha bu ishni ortga surib keladi. Lekin Qirg’iz xukumati G’arbdan islomiy urflarni jamiyatga kirib kelayotganiga qarshi kurashishni va’da qilib yil sayin katta miqdorda yordam puli olib keladi. Demak bu kabi ishlar, ana shu xaqdorlar oldida xisobot berishdagi xijolatchiliklar oqibatida yurgiziladi.

Xozirda G’arbning o’zi Islom va musulmonlarga qarshi idiologik kurashda, o’z yurtlarida to’la mag’lub bo’lib turganda, Qirg’iz musulmon demokratlari qanday g’olib bo’lishsin. Bular olib borishayotgan ishlarini moxiyatini xatto tushunishmaydi. Faqat moddiy manfaat ilinji va asosida ish yuritiladi. Bu ishlarni ijrochilarining o’zlari shu ishdan rozi emaslar. Balki ishning xaqiqiy moxiyatini tushunisha olishmaydi.

Agar ular, musulmon ijrochilar, qilishayotgan ishlarining ikkala dunyodagi oqibatlaridan ogoh bo’lishganida edi. Balki arzimagan maosh uchun iymonlarini sotishmagan va bu ishlarga qarshi kurasha olishmasa, ishlarini tark etib yuborishar edi. Chunki bu ishlar “xolvani xakim edi, kaltakni etim” maqolini eslatadi. Bu kurash uchun G’arbdan olinadigan pullar, ijrochi muallimlarga etib kelmaydi. Ularga faqat malomat toshlari etadi xalos.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.