Suriya rejimi urushda g’alabaga erisha olmasligini tan oldi

247
0

000

Britaniyaning nufuzli “Gardian” gazetasining yozishicha Suriya Bosh vazirining muovini Qadri Jamol Suriya rejimi bu urushda g’alabaga erisha olmasligini tan olgan. “Suriyadagi fuqarolar urushi shu darajaga etdiki, Suriya rejimi ham, isyonchilar ham bu urishda bir-birlarini mag’lub eta olishmaydi”, deb aytgan Qadri Jamol gazetaga.

Bosh vazir muoviniga ko’ra, Jenevada rejalanayotgan tinchlik muzokaralari chog’ida rasmiy Damashq qurolli muxolifatni urushni to’xtatishga chaqirishi mumkin.

Suriya Bosh vaziri muovinining ta’kidlashicha, bu so’zlarni o’z hukumati nomidan gapirgan.

Janob Jamilga ko’ra, agar ortga surib kelinayotgan tinchlik muzokaralari qayta jonlansa, hukumati urushni to’xtatish taklifi bilan chiqadi. Urushni to’xtatish bitimini betaraf yoki do’stona davlatlar qo’shinlari nazorat etishiga rozi bo’ladi.

Ayni paytda Suriyada mujohidlar ketma-ket g’alabalarni qo’lga kiritib, mamlakatning strotegik nuqtalarini qo’lga kiritib borayotgan bir paytda, Suriya milliy koalitsiyasining raisi Ahmad Jabra Suriya muxolifati Suriyadagi inqirozni hal qilish uchun Jneva konferentsiyasiga qatnashishga tayyor ekanligini e’lon qildi. Biroq unga ko’ra, bu konferentsiya Suriyada muvaqqat hukumatning tiklanishiga olib borishi shart.

Jabra xalqaro xavfsizlik majlisiga yo’llagan maktubida “milliy kolitsiya kelgusi Jneva konferentsiyasiga qatnashishga tayyor. Lekin barcha taraflar qonferentsiyadan ko’zlangan maqsad Suriyada barcha salohiyatga ega muvaqqat hukumatni tashkil qilish ekanligiga rozilik bildirishlari lozim”, deya ta’kidlaydi.

Shuningdek, milliy koalitsiyasining rahbari Ahmad Jabra xalqaro xavfsizlik majlisini Asad qo’lidagi kimyoviy qurolni yo’q qilish borasida AQSh va Rossiyaning kelishuvi haqida tezroq qaror chiqarishga undadi. AQSh va Rossiya o’rtasida erishilgan kelishuvga ko’ra, Suriya o’zining kimyoviy qurollar arsenali to’g’risidagi barcha ma’lumotni 21 sentyabr kuniga qadar taqdim etishi kerak edi. Hozirda Suriyadagi Bashar Asad rejimi ixtiyorida 1000 tonnaga yaqin zaharli kimyoviy modda borligi ishoniladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.