KXShT etakchilari Sochida Afg’oniston va Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishadi

423
0

000

Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakovni jurnalistlarga xabar berishiga ko’ra, KXShT (Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti)ni 23- sentyabr dushanba kuni Sochida bo’lib o’tadigan sammitida mamlakat etakchilari xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni shu jumladan, Suriyadagi vaziyat hamda NATO ittifoqi kuchlarini 2014-yilda Afg’onistondan olib chiqib ketilganidan so’ng hamkorlikdagi harakatlarini muhokama qilishadi.

Ushakovni aytishicha, “Tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlari yig’ilishida 2014-yilni oxiriga qadar xalqaro kuchlarni Afg’onistondan olib chiqib ketilgandan so’ng, bu mamlakatdan chiqishi mumkin bo’lgan taxdidlarga qarshi KXShT doirasida hamkorlikni kuchaytirishlik masalasini ko’rib chiqishlik kutilmoqda. Tojikistonga tojik-afg’on chegaralarini mustahkamlashda kollektiv yordam ko’rsatish asosiy masalalardan biri bo’ladi”.

Uning so’zlariga ko’ra, Suriyadagi va uning atrofidagi vaziyatlar hususida fikr almashinadi.

“KXShTga a’zo davlatlar Suriya inqirozini faqatgina siyosiy-diplomatik yo’llar bilan hal etish mumkin deb xisoblashadi hamda xalqaro huquq va normalarni muxofaza qilishda BMTni markaziy rolini oshirish uchun hamkorlikdagi harakatlarini kuchaytirishlari zarur”,- dedi prezident yordamchisi.

Bundan tashqari, sammit ishtirokchilari tashkilot doirasida harbiy hamkorlikni rivojlantirish masalasini ko’rib chiqadilar. Jumladan, KXShT havo kuchlarini tashkil etish to’g’risida qaror qabul qilinishi, kollektiv kuchlari boshqarish tizimini rivojlantirish, Birlashgan shtab tizimiga o’zgartirish kiritilishi va 2014- yil uchun KXShT byudjetini tasdiqlashlik kutilmoqda.

Sammit natijasi bo’yicha bayonot qabul qilinishi rejalashtirilmoqda, unda tashqi siyosat, harbiy hamkorlik, zamonaviy xavf va taxdidlarga qarshi kurashda KXShTni faoliyatiga baxo beriladi. Sammitdan so’ng tashkilot raisligi Qirg’izistondan Rossiyaga o’tadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.