Hizbut Tahrirning Afg’onistondagi matbuot bo’limi
Matbuot bayonoti
Haqaqiqiy munozara jamiyatning ayol kishiga bo’lgan qarashidir
Bir necha kun oldin liberal demokratlar partiyasi deputati Jeremi Braun jamoatchilik joylarida hijobni taqiqlashga doir milliy munozara o’tkazishga chaqirdi. Oldinroq konservatorlar partiyasi deputati Filip Xollobon hijobni taqiqlash qonun loyihasini parlamentga taqdim qilgan edi. Deputat Sara Vollaston xuddi hijobga doir munozara Britaniyadagi eng asosiy masaladek «Telegraf» gazetasiga quyidagicha izoh berdi: «Hijobga doir munozara ayollikni uyg’otishga chaqiriq bo’lmog’i lozim».
Ularning asosiy hujjatlari «Senga nima qilishing lozimligini Islom emas, balki liberal ilmoniy siyosatchilar belgilab berishi lozim» shioriga borib taqaladi. Aslida biz hijob kiygan ayollarga doir ikkinchi darajali masalani munozara qilish o’rniga jamiyatning ayolga bo’lgan qarashi va XXI asrda ayolning quvg’inga uchrashining haqiqiy sabablariga doir munozaraga muhtojmiz.
Hizbut Tahrir – Britaniya ayollar axborot bo’limining vakilasi Shahona Xon bunga quyidagicha izoh beradi: «Parlament deputati Sara Vollaston «Telegraf» gazetasiga bergan izohida muslima ayollarning hijob kiyishga majbur qilinayotgani haqida gapirib, hijob kiygan ayollarni quvg’inga uchragan deb da’vo qiladi. U bu mavzuga doir muxolif qarashlarni bema’ni qarash deb da’vo qiladi. Biroq uning qarashiga muxolif qarashlardan ko’ra deputat xonimning qarashlari bema’niroqdir.
Bu erda hijobini echgan muslima ayollarga bosim o’tkazadigan yashirin kuch yo’q. Feysbukda ham majburan hijobga targ’ib qiladigan biror sahifa mavjud emas. Bor-yo’q masala o’z ixtiyorlari bilan hijob kiygan bir guruh muslimalarning Birmingem universitetining hijobni taqiqlaganiga qarshi norozilik namoyishiga chiqqanlaridir. Ayrimlar esa ularni aybdor qilinishini yoki ularni «ozod qilish» uchun jamiyatdan chetlatilishini istashmoqda.
Bugungi kunda taralgan soch yoki makiyaj yoki Britaniya o’rta maktablaridagi o’qituvchi ayollar yubkalarining uzunligi qancha bo’lishi lozimligi haqida munozara qilinmasligi juda ajablanarlidir. Chunki 13 yoshli qizlar «ideal go’zallik» fikrini ko’tarib yurishibdi. Chunki ular shu narsalar bilan shug’ullanishga o’zlarida ehtiyoj sezishmoqda. Agar qizlarni qanday kiyinishga majbur qilinishi haqida bahs qilmoqchi bo’lsak, aynan shu mavzuni bahs qilish lozim.
Sara Vollastonning ayollarni uyg’otishga chaqirish lozimligi haqida qayg’urishi butunlay noto’g’ri emas. Albatta ayolni uyg’otish matlub ish. Biroq jamiyatda haqiqiy xorlash fikrati o’zi qanday bo’lishini anglab olish lozim. Ayollarning o’z aqllari va imkoniyatlari doirasida taqdirlanmasligi, o’zlariga bo’lgan ishonchlari tortib olinishi va o’zlari istaganday bo’lishdan mahrum qilinishi – mana shular ayollarni chinakam xorlashdir. Axborot vositalarida va go’zallik salonlarida reklama qilinayotgan ayolning ayollik nazokatini emiruvchi suratlar bugungi ayollar hayotini – yoshlariniyu qarilarini – izdan chiqaradi.
Hizbut Tahrirning
Britaniyadagi matbuot bo’limi