Suriyadagi Mujohid guruhlar o’lkadagi strotegik ob’ektlar boshqaruvini qo’lga kiritib, xalq ehtiyojlarini qondirishga harakat qilmoqda.
“Qodimun” amaliyoti doirasida Riqqa shahridagi, Furot daryosida qurilgan eng buyuk elektrostantsiyani qo’lga kiritgan mujohidlar o’z boshqaruvi ostidagi mintaqalarda yashayotgan xalqning elektrga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun harakat qilmoqda.
Agar Furot daryosida qurilgan elektrostantsiya portlatiladigan bo’lsa butun mintaqani suv ostida qolishini hisobga olib, elektrostantsiyani qo’riqlash uchun mujohidlar tarafidan kerakli chora-tadbirlar ko’rilgan.
Neft konlaridan qazib olingan yonilg’ilar esa tankerlar orqali muxolifat nazorati ostidagi mintaqalarga olib kelinib, transportlarga, xususan qishloq xo’jaligi ishlari olib boriladigan regionlarda ishlatiladigan texnikalarga ulashilmoqda.
Yana bir tarafdan markaziy mintaqa, deb nom berilgan joydagi eng katta gaz koni ham muxolifat nazorati ostiga o’tgan. Gaz truba liniyasi er ustida bo’lganligi uchun mujohidlar insonlarga etkaziladigan gazlarni maxsus ballonlarga to’ldirib xalq ehtiyojini qondirishga harakat qilishyapti.
Mujohidlar Asad rejimi hukmronligi ostidan qutqargan mintaqalarda hayot o’z yo’lida davom etishi uchun hozitda Asad rejimining qo’lida qolayotgan strotegik nuqtalarni qo’lga kiritish maqsadida o’z faoliyatlarini davom ettirmoqda.