Hokimiyat kursisida o’tirish qachon ibodat va Allohga yaqinlik bo’ladi?!

475
0

01

Hizbut Tahrirning Sudandagi matbuot bo’limi

«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir»

Matbuot bayonoti

Prezident Umar Bashir Xartumdagi «Sadoqat» majlislar zalida yoshlarga murojaat qilib aytgan nutqida bunday dedi: «…Chunki biz, buyuk Alloh haqqi, bu kursida o’tirishni ibodat va Allohga yaqinlik deb bilamiz va Allohga aldov, firib, ko’zbo’yamachilik bilan yaqinlashmaymiz…». Xo’sh, hokimiyat kursisida o’tirish qachon ibodat va Allohga yaqinlik bo’lishi mumkin?!

Biz bu savolga hokimiyat va saltanatni ibodat va Allohga yaqinlikka aylantiradigan ayrim asoslarni keltirish, so’ng uni Sudandagi hokimiyat voqeiga taqqoslash bilan javob berib, qachon hokimiyat ibodat va Allohga yaqinlik bo’lishi mumkinligini aytamiz:

1 – Qachonki hokimiyat va saltanat Islom aqidasiga asoslangan bo’lsa, u hukm yuritayotgan dastur Allohning Kitobi, Rosuli Aning Sunnati, shu ikkisi dalolat qilgan sahobalar ijmosi va shar’iy qiyosdan istinbot qilingan bo’lsa;

2 – Qachonki hokimga shar’iy bay’at berilsa hamda bu bay’atni odamlar ustidan Allohning Kitobi va Rosuli Aning Sunnati bilan boshqarish, boshqaruv, iqtisod, ijtimo… kabi hamma sohada Islom ahkomlari va muolajalari orqali siyosat olib borish sharti bilan qabul qilgan bo’lsa;

3 – Qachonki hokim fuqaroni to’ydirish uchun och qolsa; zero, hazrat Umarul Foruq G xalifalik paytida odamlar och bo’lganda u kishi ham och bo’lganlar va o’simlik yog’i bilan qattiq non eyavergidan qorni g’uldiragan paytda o’zlarining: «Qancha hushtak chalchang-chalaver, to musulmonlar farzandlari qorni to’ymaguncha, hargiz go’sht ta’mini totimaysan», degan mashhur so’zlarini aytganlar.

4 – Qachonki hokim o’z qo’l ostidagilarni aldamasa; chunki Rosululloh Aning:

«مَا مِنْ وَالٍ يَلِي رَعِيَّةً مِنْ الْمُسْلِمِينَ فَيَمُوتُ وَهُوَ غَاشٌّ لَهُمْ إِلاَّ حَرَّمَ اللهُ عَلَيْهِ الْجَنَّةَ»

«Qaysi bir voliy musulmon fuqaroni boshqarsa va ularni aldab yurib shu holda o’lib ketsa, Alloh unga jannatni harom qiladi», degan so’zlariga ko’ra, hokim o’z xalqini aldashi nimaga olib borajagini biladi.

Biz Sudandagi hokimiyat qurilgan asoslar voqeini o’rganadigan bo’lsak, quyidagilarning guvohi bo’lamiz:

Birinchidan: hokimiyat va saltanat g’arbcha kapitalistik demokratiya asosiga qurilgan, Islom aqidasi asosiga emas.

Ikkinchidan: ustimizdan boshqarayotgan dastur o’tish davri bilan bog’liq «Nayvasha bitimi» dasturi bo’lib, u janubni bo’lib tashladi va qolgan rayonlarimizni bo’lish arafasiga olib keldi, Darfur, Ko’k Nil, Kordofan va boshqa erlarimizda nizo olovini qaladi. Buning ustiga, «Nayvasha bitimi» G’arbning ko’rsatmalaridir, Islomga uning mutlaqo aloqasi yo’q. Keyin, bu hukumat Islomni tatbiq etayotganini da’vo qilishdan charchamayapti, holbuki, Islomni tatbiq etmayotgani voqeda shundoq ko’rinib turibdi.

Uchinchidan: Rosululloh A:

«لاَ يَحِلُّ مَالُ امْرِئٍ إِلاَّ بِطِيبِ نَفْسٍ مِنْهُ»

«Kishining molini uning ruxsatisiz olish halol emas», deganlar. Musulmon esa uning molini shar’iy huquq bilan olinishigagina rozi bo’ladi. Sudandagi hukumat esa omma mulki ustiga yastanib olib, sudxo’rlikni halol qilib oldi, soliq kabi harom mollarni bilvosita yig’ish bilan shug’ullanib, bu bilan Islomning ochiq dalillariga teskari ish qildi. Natijada hukumat odamlarni qashshoqlashtirdi va yana qanday qilib qashshoqlashtirish yo’llarini hamon izlamoqda. Uning yonilg’i maxsulotlari va bug’doy narxini oshirish haqidagi gaplari ham qashshoqlashtirish va och qo’yish siyosatilan o’zga narsa emas. Shu jihatdan, bu hukumat xo’jayiniga o’z moli va oilasini omonat qo’ygan, xo’jayini esa uning molini har tomonga sochib, oilasini uyidan haydab chiqargan bir qo’lga o’xshaydi…

Agar siz prezident janoblari, haqiqatda hokimiyatingizni Allohga yaqinlik va ibodat deb hisoblayotgan bo’lsangiz, u holda, Robbingizga tavba qilib, Unga qilayotgan osiyligingizdan va U nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritmayotganingizdan qayting-da, uni payg’ambarlik minhoji asosidagi to’g’ri yo’lni tutuvchi Xalifalik bo’lmish Islom davlati, deb e’lon qiling. Bu davlatda haqdorlarga o’z huquqlari qaytarib beriladi, u bilan Robbingizni rozi qilasiz, unda odamlar adolat va yaxshilik ila boshqariladi. Nahotki, Alloh gunohlaringizni mag’firat qilib, tavbangizni qabul qilishini istamasangiz, axir U bandalari tavbasini qabul qiluvchi va rahmli Zotku?!

Alloh Subhanahu va Taolo bunday deydi:

«(Ey insonlar), Alloh tomonidan hech qaytarib bo’lmaydigan bir Kun (Qiyomat) kelib qolishidan ilgari Parvardigoringizga ijobat-itoat etingiz! U kunda sizlar uchun biron qochadigan joy ham bo’lmas va sizlar uchun (qilib o’tgan gunohlaringizni) inkor qilish (imkoni) ham bo’lmas» [Sho’ro 47]

Ibrohim Usmon (Abu Xalil)

Hizbut Tahrirning

Sudan viloyatidagi rasmiy notig’i

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.