Ummat peshvolari ogohlikka chaqirmoqda

529
0

images-33

Ummat peshvolari AQShning Suriyaga zarba berishdan ko’zlagan maqsadini yoritib, ummatni ogohlikka undamoqda. Suriyaning sharqiy mintaqasida joylashgan jome masjidlaridan birida xutba qilgan Shayx Abu Mus’ab quyidagilarni ta’kidladi: “Ular o’zlaricha kimyoviy hujumdan so’ng insoniy qadr qiymatlarni himoya qilish uchun aralashayotganliklarini da’vo qilishadi. Go’yoki, kimyoviy kurol bilan qatl qilish ta’qiqlangan-u, ammo tangklar, raketalar va samalyotlar bilan qirg’in qilishga ruxsat bordek. Ikki yuzmingdan ortiq odamning o’ldirilishiga tomosha qilib turgan BMT va xalqaro hamjamiyat nazarida kimyoviy qurol bilan mingdan ortiq insonning qatl etilishi insoniyatga qarshi qilingan jinoyat bo’lib qoldimi”.

Shunigdek, Hizbut-Tahrir yigitlaridan biri Abu Nazar Shomiy juma xutbasida G’arbning Islom o’lkalariga zarba berishdan ko’zlagan maqsadini yoritib berdi.

“Islom o’lkalariga tajovuz qilayotganlar va musulmonlarni ommaviy qirg’in qurollari bilan nishonga olayotganlar bu ishlarini faqat bitta sabab uchun amalga oshirmoqda. Ular musulmonlar endi aslo to’xtamasliklarini anglab etishdi. Modomiyki, Islom ummatining qo’lida Quron bor ekan, ular aslo to’xtamaydi, toki, Allohning hukmini hayotga qaytarmaguncha va Allohning kitobi va Rosulining sunnati bilan hukm yuritadigan Xalifaga bay’at bermaguncha musulmonlar aslo tinchimaydi. Ular buni anglab etishdi. Bu loyihadan qo’rqqanligi uchun, “ey Asad kimyoviy qurolni ishga sol”, deyishdan boshqa choralari qolmadi”, dedi Abu Nazar.

U musulmonlarni g’aflat uyqusidan uyg’onishga chaqirar ekan, “ba’zi g’aflatda qolgan birodarlarimiz, ba’zi insonlar qarsak chalishib, xursand bo’lishmoqda. “Kelaqol ey Amerika, kelaqol ey xalqaro hamjamiyat, ey xalqaro kuchlar, bizni bu Asaddan qutqar, Islomga yordam ber”, deyishmoqda. Amerika kelib ummatni qutqarardimi?! Aslida bu zolimlarga muhlat berib qo’ygan, uni ham, otasini ham ummatning elkasiga o’tirg’izib qo’ygan o’shalarning o’zi emasmi?”, dedi u ogohlikka chaqirib.

Abu Nazar Qur’on va sunnatga tayanib, kofirlarni do’st tutishdan ogohlantirib, G’arbning Islom o’lkalariga hujum qilishdan maqsadi mujohidlarga zarba berish va Shom yurtida Islomning hokimiyatga kelishiga to’sqinlik qilish ekanligini ta’kidladi.

“Ular kimyoviy quroldan 1000dan ortiq kishi halok bo’lganidan tashvishga tushib qolishdimi, axir bu kungacha yuz minglagan insonlar nobud bo’ldiku. Demak, haqiqatni bilmoqchi bo’lganlar shuni yaxshi anglasinlarki, g’arb bizning do’stimiz emas. Agar u hujum qiladigan bo’lsa kufr rejimiga emas, balki Allohning hukmini talab qilayotgan mujohidlarga, mo’min-musulmonlarga zarba beradi”, deya insonlan fikr yuritishga undadi.

https://www.youtube.com/watch?feature=player_embedded&v=xXKczb72PZU

https://www.youtube.com/watch?feature=player_embedded&v=6NKLYPgWNOg

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.