AQSh Suriyaga hujum qilish uchun BMT ruxsatini kutib o’tirmaydi.

437
0

0

G’arb axborot vositalari Suriyaga qarshi kutilayotgan zarbaning tafsilotlarini oshkor qilishdi. Associated Press ma’lum qilishicha, raketa zarbalari tong saharda, birdaniga o’nlagan nishonlarga qarata beriladi. Ammo hujum kuni aniq qilinmagan.

«Tomagavk» raketalari harbiy hamda hukumat inshoatlariga qarata uchiriladi. Biroq, kimyoviy qurol saqlanuvchi omborxonalar bombardimon qilinmaydi. Bir necha soat davom etadigan birinchi hujumdan so’ng, sputniklardan olingan ma’lumotlar asosida etkazilgan talofatga baxo beriladi. Agar kerak bo’lsa yana hujum uyushtiriladi, balki bir necha bor ham.

Zarbalar nafaqat harbiy kemalardan, balki Iordaniya, Turkiya, Yunoniston hamda Kipr orolidagi AQSh bazalaridan ham beriladi.

Bu orada, shanba kuni Oq uy qoshida nutq so’zlay turib, Barak Obama Kongressning roziligi bilan Damashqqa nisbatan kuch ishlatishga tayyor ekanligini va buning uchun BMTning ruxsatini kutib o’tirmasligini bayon qilgan.

“Men Kongressning roziligisiz ham bu operatsiyani amalga oshirish huquqiga egaman deb xisoblayman, biroq men uning roziligiga erishib olsam millat kuchliroq bo’ladi”, – dedi Obama. Uning belgilashicha, hujum vaqtda va miqyosda cheklangan bo’ladi.

Prezidentning so’zlariga ko’ra, operatsiya ertaga boshlanishi ham mumkin, bir oydan keyin ham, xohlagan vaqtda.

Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, hujum 4 sentyabrgacha, Peterburgda, Barak Obama kelishligi kutilayotgan “yigirmalik” sammiti ochilgungacha bo’lgan vaqtda ro’yobga oshadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.