AQSh singari Britaniya ham Suriyadagi rejimni ag’darishlikka intilmaydi.

477
0

0

Vitse-premer Nik Klegg britan hukumati Suriyadagi rejimni almashtirishlikni ko’zda tutmasligini va u erdagi grajdanlar urushiga yakun yasashlikka intilmayotganligini bayon qildi.

Uning so’zlariga ko’ra, Britaniya hukumati Suriyada kimyoviy qurol qo’llanganligiga nisbatan qonuniy, mutanosib va aniq javob xususida qaror qabul qilishi kerak. “Erkaklar, ayollar va bolalaraga qarshi kimyoviy qurol qo’llanilishi jirkanch jinoyatdir hamda xalqaro qonunchilikni qo’pol ravishda bo’zishdir va agar biz tashqaridan harakatsiz qarab turadigan bo’lsak, biz haqiqatdan ham xatarli saboq o’rnatgan bo’lamiz”, – dedi u.

Iroqqa harbiy bostirib kirishlikka qarshi chiqqan Liberal-demokratik partiyaga a’zo bo’lgan vitse-premer Suriya misolida quruqlikdan bostirib kirishlikning o’zi bo’lmasligi haqida bayon qildi.

Shu vaqtning o’zida Oq uyda prezident Barak Obamaning Suriya hukumati qo’shinlariga zarba berishlik xususidagi qaror xozircha qabul qilinmaganligi haqidagi so’zlarini tasdiqlashdi. Shuningdek Oq uydagilar AQSh prezidentida Suriya muammosini hal qilish borasida bir qancha variantlar mavjud ekanligini aytishmoqda. Shunga qaramay u bu variantlarning qaysisini qo’llashlik haqida qaror qabul qilgani yo’q. Davlat departamenti namoyondalari o’z harakatlarining Bashar Asad rejimini ag’darishlikka bo’layotgan harakatlarga hech qanday aloqasi yo’qligini alohida qayd qildilar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.