AQSh BMTdan Suriya hukumati qo’shinlari tarafidan kimyoviy qurol qo’llanganligi haqidagi tahminni darhol tekshirib ko’rishligini talab qilmoqda.
“AQSh Suriya hukumati kuchlari tarfidan qilingan hujumdan yuzlagan suriyalik grajdan shaxslar halok bo’lganligi hamda bunday ko’psonli qurbonliklar sababi kimyoviy qurol qo’llanganligi ekanligi haqidagi habarlardan qattiq xavotrdadir. Biz qo’shimcha ma’lumotlar yig’ish uchun tezkor amaliyotlar olib bormoqdamiz”, – bayyon qildi Oq uy vakili Djoshua Ernst.
“AQSh har qanday kimyoviy qurol qo’llanishligini keskin qoralaydi. Bunday qurol qo’llaganlar javobgarlikka tortilishlari kerak. Biz bugun BMTdan bu yangi ayblovlarni darhol tekshirib ko’rishini rasman talab qilamiz”, – dedi vakil.
Rossiya tashqi ishlar ministrligida esa kimyoviy qurol qo’llanilganligi haqidagi bu xabarga o’zgacha sharx berildi. “Oxirgi kunlarda hukumat qo’shinlari tarafidan jangarilarga qarshi turli yo’nalishlarda, shu jumladan Damashqning sharqiy qismida ham, faol amaliyotlar olib borildi. 21 avgust kuni erta tongda shaxarning bu qismiga qarata jangarilar egallab turgan pozitsiyalardan, 19 mart kuni Xon Al-Asalga otilgan, xozricha aniqlanmagan zaxarlovchi kimyoviy moddali qo’lbola raketaga o’xshash raketa uchirilgan”, – dedi Rossiya tashqi ishlar ministrligi rasmiy vakili Aleksandr Lukashevich.
U “yollangan mahalliy axborot vositalari” darhol butun mas’uliyatni hukumat tarafiga yuklab tajovuzkorona ma’lumot hujumini boshlab yuborganliklarini takidladi.
“Buning barchasi, har qanday yo’l bilan BMT Xavfsizlik Kengashini rejim dushmanlari tarafiga o’tishlikka majburlashlikka va shuning bilan Jeneva konferentsiyasini chaqirishlik imkoniyatlarini yo’qqa chiqarishlikka qilinayotgan harakatga juda o’xshaydi”, – bayon qildi diplomat.
Avvalroq, Suriya muxolifatchilari bayonotlariga tayanib, hukumat qo’shinlari Damashq yonida kimyoviy qurol qo’llaganligi haqida ma’lum qilingan. Muxolifat jangchilari jurnalistlarga bu hujum natijasida 300ga yaqin odam haloq bo’lganligini aytishgan.