Markaziy afrika respublikasiga xalqaro tinchlikparvar kuchlari kirgizishlik kutilmoqda.

300
0

1

BMT xavfsizlik kengashining 14 avgust kuni Nyu-Yorkda o’tgan navbatdagi yig’inida Markaziyafrika respublikasidagi vaziyat haqidagi masala ko’rib chiqildi. Yig’inda Afrika respublikalari ittifoqining bu mamlakatga tezlik ravishda yangi tinchlikparvarlik missiyasini safarbar qilish haqidagi qarori ma’qullandi.

Vaziyatni normallashtirish uchun Markaziyafrika respublikasiga Afrika Ittifoqi qo’shinining 3600 harbiysi hamda grajdan shaxslar kirgizishlik rejalashtirilmoqda.

Yig’inda so’zga chiqqan BMT bosh kotibining insonparvarlik ishlari bo’yicha o’rinbosari Valeri Amosning so’zlariga ko’ra, shu yilning mart oyida harbiy to’ntarish oqibatida hokimiyatga kelgan Markaziyafrika respublikasi muvaqqat hukumati mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtira olmayapti, mamlakatni boshqarishda to’liq qobiliyatsizlik hamda zaiflik namoish qilmoqda. Mamlakatda favqulotda holat yuzaga kelgan.

BMTdagilarning fikricha esa, Afrika ittifoqi qo’shinining o’zigina kamlik qiladi. Masalan, bosh kotibning inson huquqlari bo’yicha yordamchisi Ivan Shimonovich ko’psonli hamda vakolatli xalqaro kuchlar kerakligi haqidagi fikrni aytdi.

Bosh kotib Pan Gi Mun Xavfsizlik Kengashini loyiq choralar qo’llashlikka, shu jumladan sanktsiyalar kirgizishlikka chaqirdi.

Markaziyafrika respublikasidagi ofat butun mintaqa ofatiga aylanib ketishi mumkinligi qayd qilindi yig’inda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.