Pokiston bilan Xindiston o’rtasidagi munosabatlar Kashmirdagi qator otishmalar tufayli keskinlashib bormoqda. Bugun Islomobod Nyu-Delini pokistonlik tinch fuqaroni otib o’ldirganlikda aybladi.
Xind chegarachilari o’tgan tunda Pokiston hududini o’qqa tutishgan. “Natijada pokistonlik tinch fuqaro halok bo’ldi”, – dedi mamlakat harbiy qo’mondonligi vakili.
Xindiston mudofaa ministri Arakkaparambil Kurianning bugungi bayonoti ham munosabatlarning yomonlashishligining bir belgisidir. U chegarada joylashtirilgan xind harbiylariga, agar yana fitna chiqquday bo’lsa, o’z ixtiyoricha harakat qilishlikka huquq berdi. “Bizning qurolliy kuchlarimizga chegaradagi vaziyatga muvofiq harakat erkinligi berildi”, – belgiladi ministr.