AQSh O’zbekistonni Markaziy Osiyo zo’ravoniga aylantirmoqchi.

554
0

O’zbekiston tashqishlar vaziri Abdulaziz Komilov o’zining Vashingtonga tashrifi chog’ida AQSh bilan O’zbekistonning strategik hamkorligi, shuningdek o’zbek armiyasining NATO standartlariga moslashishi masalalarini muhokama qiladi.

Mutaxassislar fikricha, O’zbekiston AQShning Markaziy Osiyo mintaqasidagi asosiy sherigiga aylanib bormoqda.

Human Rights Watch xalqaro huquq himoya qilish tashkiloti O’zbekiston vakillarining AQShga tashrifi arafasida davlat kotibi Djon Kerridan inson huquqlari poymol qilinayotganligi borasida O’zbekiston hukumatiga bosim o’tkazishni so’ragan bayonot bilan chiqish qilgan. Biroq, namoyondalar Palatasida O’zbekistonga harbiy yordamni miqyosliroq qilish masalasi muhokama qilinganligiga qaraganda, huquq himoyachilarining chaqiriqlari Amerika hukumatidagilarning rejalariga hech qanday ta’sir o’tkazmaydi. Kamiga, fevral oyida Toshkentga tashrif buyurgan amerikalik kongressmenlar vakillari inson huquqi doirasidagi cheklovlar islom ekstremizmi xavfi sababli maqsadga muvofiqligini aytishgan.

O’zbekiston prezidenti Islom Karimov AQSh Kongressining Yevropa va Osiyo mamlakatlari bo’yicha bo’limi rayisi Dan Rorabaxer bilan uchrashuvida Islomdan kelayotgan xavfni muhokama qila turib, AQSh bilan harbiy hamkorlikni kengaytirish istagini ifodalagan. Ijobiy javobni Toshkent mart oyi boshida oldi. AQSh davlat kotibining Janubiy hamda Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha o’rinbosari Robert Bleyk, Vashington O’zbekistonga “o’lim keltirmas” qurollarni, shu jumladan uchuvchisiz uchoqlarni etkazib berishlikka tayyorlanmoqda, deb ma’lum qildi.

“O’zbekiston jadal ravishda mintaqaning iqtisodiy hamda harbiy zo’ravoniga aylana boshlaydi. Bu Qozoqston, Tojikiston va Qirg’iziston uchun tinch xayot tugaganligini anglatadi. O’zbekiston G’arb mamlakatlari AQSh nazorati ostida sarmoyalay boshlaydigan iqtisodiy zamonaviylashtirishlikka o’z eshiklarini ochmoqda. Amerikaliklar strategik yo’nalishni belgilab beradilar, ammo o’zlari mamlakatga katta mablag’ yotqizmoqchi emas”, – deb xisoblaydi chegaraoldi hamkorligi Assotsiatsiyasi rahbari Aleksandr Sobyanin. Mutaxassislar, shuningdek bu harakatlar boshqa maqsadni ham ko’zlaydi deb tahmin qilishadi – O’zbekistonni jadal ravishda rivojlantirish bilan mintaqa mamlakatlari nazarida Yevraziya ittifoqini obro’sizlandirish.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.