Rossiya va AQSh Suriya bo’yicha kelishib oldi

426
0

0

Bir qarashda Suriya masalasida AQSh va Rossiya bir biriga zid pozitsiyani egallagandek ko’rinadi. Ulardan biri Suriya Prezidenti Bashar Asadni dastaklab, turli qurol yaroqlar bilan ochiq suratda ta’minlab kelayotgan bo’lsa, ikkinchisi Asad hokimiyatdan ketishi zarurligini ta’kidlab keladi.

Biroq kuni kecha Vashingtonda Rossiya va Amerika tashqi ishlar va mudofaa vazirlari o’rtasida bo’lib o’tgan 2+2 doirasidagi uchrashuvdan so’ng Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh davlat kotibi Jon Kerri bilan bir necha masalalarda kelishib olganligini bayon qildi. Bayonotda aytilishicha, taraflar Jeneva shahrida imkon qadar tez fursatda Suriya bo’yicha tinchlik anjumani o’tkazishga kelishib olgan. Shuningdek u Jeneva konfrentsiyasiga zamin yaratish uchun shu oyning oxirigacha tomonlar o’rtasida yana bir marotaba uchrashuv bo’lib o’tishini ma’lum qildi.

Sergey Lavrov 2+2 doirasidagi uchrashuvdan oldin Voshington va Moskva o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish borasida bir qancha hujjatlar tayyor ekanligini va Obama bilan Putinning kelgusi uchrashuvida imzolanishi kutilayotganini bildirdi.

Shuningdek u Suriya masalasi bo’yicha AQSh va Rossiya mushtarak maqsadga ega ekanligini ta’kidladi. “Suriya masalasi kelgusi uchrashuvda ko’rib chiqiladigan muhim masalalardan biridir. Bizning AQSh bilan hamohang bo’lgan maqsadlarimiz bor. U Suriyadagi mojaroni siyosiy yo’nalishga olib o’tish va Jneva-2 konferentsiyasini tashkil etishdir”, dedi u uchrashuv ochilishida so’zlagan nutqida.

“Jneva-2 Konferentsiyasida katta sakkazlik davlatlarining etakchilari Irlandiya uchrashuvida o’rtaga qo’ygan muhim masala ko’rib chiqiladi. Ular Suriyada terrorga barham berish va terroristlarni quvib chiqish uchun Asad rejimi bilan milliy muxolifatni birlashishga da’vat qilgan edi”, deya qo’shimcha qildi Sergey Lavrov.

O’z navbatida AQSh tashqi ishlar kotibi Jon Kerri ham Amerika va Rossiya o’rtasida mushtarak manfaatlar mavjudligiga ishora qilib, ikki davlat o’rtasdagi aloqalarning muhimligini ta’kidladi. Kerriga ko’ra raketa himoya tizimi va Eduard Souden kabi ba’zi ixtiloflar bu ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikka to’siq bo’la olmaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.