Qirg’iziston hududi bo’ylab tabiiy gazni transportirovka qilish, taqsimlash va uni sotish bo’yicha hamkorlik qilish haqidagi qirg’iz-rus kelishimini amalga oshirish uchun mamlakatda yangi kompaniya tashkil qilindi, u «Qirg’izgaz» kompaniyasining kichik qarindoshi. Bu haqda «Qirg’izgaz» gen direktori Turg’unbek Qulmurzaev Rossiyadagi Qirg’iziston vakolatxonasida o’tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning so’zlariga ko’ra, «Qirg’izgazning» xisobidagi barcha mulk yangi kompaniyaga o’tadi, so’ngra uni «Gazprom» 1 dollarga sotib oladi.
“Ikki yil avval xususiylashtirishning turli variantlari ko’rib chiqilgan. Shu jumladan mana bundayi ham – «Gazprom» aktsiyaning 75 foizli paketini sotib oladi, qolgan 25 foizining masalasi keyingi muzokaralar davomida hal qilinadi. Biroq, Ochiq aktsioner Jamiyatimizning yaqinda, navbatdan tashqari o’tgan aktsionerlik yig’inida yangi, «Qirg’izgaz» ta’sis qiladigan «qarindosh» kompaniya tashkil qilish haqida qaror qabul qilindi”, – dedi Qulmurzaev.
Uning so’zlariga ko’ra, Moskvada imzolangan kelishim asosida «Qirg’izgazning» barcha mulki, uning barcha qarzlari bilan qo’sha shu kompaniya xisobiga o’tadi. So’ngra, «Gazprom» bu kompaniyaning 100 % aktsiyasini 1 dollarga sotib olib, uning barcha qarz majburiyatlarini o’z zimmasiga oladi. Mana bu eng asosiysi”, – xulosa qildi «Qirg’izgaz» rahbari.
“O’zlarini mutaxassis deb xisoblayotgan ba’zilarning, «Qirg’izgazni» sotishlik bilan Qirg’iziston daxlsizlikni yo’qotmoqda, deyishlari esa noto’g’ri”, – bayon qildi Qulmurzaev.
Unga ko’ra, aksincha, Qirg’iziston gaz etkazib berish masalasi bo’yicha daxlsizlikka ega bo’ladi. “Axir bugungi kunda biz qo’shni mamlakatlarga qarammiz”, – dedi u va sohani to’g’ri tushunishlikka chaqirdi.
“Do’stlar, mana qaranglarda – ular yangi gaz-texnik inshoatlar qurishadi, hamma narsani yangilashadi. Axir ular uni olib ketishmaydiku. Bu narsaning hammasi Qirg’izistonda qoladi va Qirg’iziston xalqiga xizmat qiladi, iste’molchilarimizga xizmat ko’rsatadi. Qaranglar: «Gazprom» butun Yevropani gaz bilan ta’minlaydi. Lekin Yevropa Rossiyaga qaram emas. Ular narxini beradilarda tovar oladilar. Bizning iste’molchilar ham xuddi shunday qiladi – narxini to’laydilar va tovar oladilar. Marhamat, vaqtida to’la va o’z biznesingni rivojlantiraver. Faqat xo’jayin almashmoqda, xalos. Biroq bu xo’jayin tovari bilan kelayapti. «Qirg’izgazda» esa inshoatlar, gaz-texnik moslamalar bor, lekin tovar yo’q, o’zi qaram”, – dedi Qulmurzaev.
“Agar biz bu loihani amalga oshirmasak, «Qirg’izgaz» texnik jihatdan bankrotga uchraydi. Moliyaviy tarafdan biz shunday ham bankrotdamiz. Kreditor qarzlarimiz 2 mlrd 164 millionni, debitor qarzimiz esa 600 millionni tashkil qiladi”, – aniqlik kirgizdi u.
Xohlagan kredit berguvchi sudga topshirib, «Qirg’izgazni» bankrot deb e’lon qilishi mumkinligini eslatdi Qulmurzaev. “Eng asosiysi, «Gazprom» bu qarzlarni o’z zimmasiga oladi va bu narsa biz uchun katta turtki bo’ladi”, – qo’shib qo’ydi u.