Kavkaz o’z Guantanamosiga ega

405
0

001

Rossiyaning Kavkazda Guantanamo qamoqxonasi kabi qamoqxona qurganligi oshkor bo’ldi. Bu qamoqxona Vladikavkazda joylashgan.

Rus bosqinchiliga qarshi kurashgan jangchilar va ularni qo’llab quvvatlanganligi iddao qilingan fuqarolar bu erga olib kelinib turli qiynoqlarga solinadi.

Shimoliy Osetiya-Alaniya Advokatlar palatasi bu mavzu haqida prokratura va vazirlar mahkamasiga xos hisobot yubordi.

Ingushetiya, Dog’iston va Checheniston fuqarolari orasida yo’qolib qolgan barcha kishilar Vladikavkazda joylashgan ushbu qamoqxonada ekani aytilmoqda.

Shimoliy Kavkaz viloyatida og’ir jinoyatlar sodir etganlikda ayblanganlar bu erga olib kelingan. Qo’yilgan ayblovlar o’z isbotini topmaganiga qaramay, ular jazo muddatini o’tamoqda.

Mintaqa advokatlari bu holatga diqqatni tortish uchun “Shimoliy Kavkazda Rossiya guantanamosi”, nomli hisobot tayyorlashdi.

Hisobotda keltirilishicha, Vladikavkaz qamoqxonasiga olib kelingan shaxslarning insoniy huquqlari paymol etiladi. Bunday qamoqxonalar Chechenistonda ham mavjud.

Kabardino Valgariya advokatlar palatasining raisi Habash Uvgajukovning so’zlariga ko’ra, bu kabi qamoqxonalar faqatgina Shimoliy Kavkazda emas, balki turli o’lkalarda mavjud.

Mutaxassislarning fikricha, Shimoliy Kavkaz prokratura vakillari o’zlaricha bu mavzuda chora tadbir ko’ra olmaydi. Buning sababi Moskva tarafidan tergov markaziga bosim o’tkazilishidir. O’lkadagi huquq himoyachilari va advokatlarning talablariga qaramay, qamoqxonalar faoliyati davom etmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.