BMTga Suriya isënchilari rahbari hisobot beradi

426
0

ahmad-al-jarba-06072013

BMT Xavfsizlik kengashining bugun Nyu-Yorkda o’tkaziladigan navbatdagi majlisida Suriya milliy koalitsiyasi prezidenti Ahmad al-Jarba mamlakatdagi vaziyat haqida ma’ruza qilmoqchi. Mazkur yig’in arafasida Jarba AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bilan uchrashib¸ Suriyadagi vaziyatni “umidsiz” deya baholadi.

Avvalgi uchrashuvda Suriya muxolifati rahbari AQShdan Asad rejimiga qarshi kurashaëtgan isënchilarni zudlik bilan qurollantirishni so’ragan.

BMT Bosh kotibi Ban Ki-mun payshanba kuni Suriyada ikki yildan beri davom etaëtgan fuqarolar urushi oqibatida 100 mingdan oshiq odam nobud bo’lganini bildirdi.

Hozircha AQSh prezidenti Obama mamlakatning Suriya mojarosiga bevosita aralashuviga xohish ko’rsatmay kelaëtir. Xavfsizlik kengashida veto huquqiga ega Rossiya va Xitoy Asad hukumatiga qarshi xalqaro harbiy amaliët uyushtirilishiga keskin qarshilik ko’rsatib kelmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.