Putin: Rossiya va AQSh aloqalari Snoudendan muhimroqdir

925
0

загруженное (3)

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq xodimi Edvard Snouden haqida jurnalistlarga intervyu bergan Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Snouden sababli razvedka xizmatlari o’rtasida yuzaga keladigan janjaldan ko’ra Rossiya va AQSh aloqalari muhimroq”, deya bildirdi.

AQSh razvedka boshqarmasining elektron kuzatuv dasturlari haqidagi maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilgan Edvard Snouden 16 iyul kuni vaqtincha boshpana so’rab, Rossiya rasmiylariga murojaat qilgan.

Ammo Putin Edvard Snoudenni deb Rossiya-AQSh munosabatlarini buzib olmoqchi emas.

“Biz janob Snoudenga ham aytdik, Rossiya-AQSh munosabatlariga rahna soladigan har qanday faoliyat biz uchun nomaqbuldir”, – dedi Putin.

U qulay fursat tugilishi bilan Snouden Rossiyadan chiqib ketishini xohlashini bildirdi.

Sal avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ikki davlat orasida ekstraditsiya haqida shartnoma imzolanmagani bois Snouden AQShga ekstraditsiya qilinmasligini aytgan edi.

Biroq Amerika tashqi siyosat idorasi rahbari agar Rossiya Edvard Snoudenni AQShga ekstraditsiya qilmasa, bu narsa ikki mamlakat munosabatlariga yomon ta’sir qilishi bilan ogohlantirgan.

Ma’lumki, Edvard Snouden AQSh razvedkasiga oid maxfiy dasturlar haqidagi axborotning oshkor qilganligi oqibatida Vashington bilan boshqa mamlakatlar, jumladan, Yevropadagi ittifoqchi davlatlar o’rtasidagi manosabatlarga sovuqchilik oralagan.

Snoudenni jinoiy javobgarlikka tortish uchun Obama ma’muriyati uni AQShga qaytarib berishni talab qilmoqda.

Turkiston:

Xizbut tahrirning siyosat va xalqaro siyosat xaqida yozgan fikrlari voke’da tasdiqini topishda davom etib kelmoqda. Unda xalqaro qonunlarni mavjud bo’lishi mumkin emas. Bu qonunlarni buzgan davlatlar, katta davlatlar tomonidan jazolanishadi, buzg’unchi katta davlatning o’zi bo’lganidachi uni kim jazolay oladi?! Xalqaro qonunlar, AQShning bosimlari ostida buzulayotganiga butun dunyo tek qarab turadi! Rossiyaning pozitsiyasi esa, uni xalqaro siyosiy maydondagi obruyi ancha tubanlashib borayotganidan darak. U o’zi polshadagi aynan o’zini informatsiyalik karax qilish maqsadida qurilgan eshalon ba’zasidan noroziligini ko’rsatayotgan edi. Snoudenni amalga oshirgan ishi asli Rossiyaning qiziqchiliklariga paralell. Snouden shu maqsadda Rossiyani boshpana berishidan umid qilgan. Lekin u Rossiyaning xozirdagi xaqiqiy xolatidagi zaiflikni ko’ra olmadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.