Qirg’iziston «Qumtor» ustidan nazorat o’rnatishlikka harakat qiladi, – J. Satibaldiev.

506
0

0

«Vecherniy Bishkek» ro’znomasi bilan bo’lgan suhbatida Qirg’iziston premer-ministri Jantoro Satibaldiev, mamlakat rahbariyati «Qumtor» loihasi ustidan nazoratni qo’lga kiritishlikka harakat qiladi, deb bayon qildi.

Uning so’zlariga ko’ra, Centerra Gold Inc bilan muzokaralar jarayoni ijobiy kechmoqda. Hukumat obro’li xalqaro kompaniyadan iqtisod va yuridik sohalari bo’yicha maslahatchilar yollagan. Ommatan muhokama qilinishlik uchun avgust oyining yarmigacha yangi kelishimning varianti paydo bo’lib qoladi.

“Biz kelishimning o’n uch variantini muhokama qildik, ulardan to’rt-beshtasigina bizning hukumatni qoniqtiradi. «Qumtor» qo’shma korxonasi tashkil topishligi shart emas. Biroq biz uni tashkil qilguday bo’lsak, direktorlar kengashi yarmi Qirg’izistonlik fuqarolardan tashkil topgan bo’ladi. Biz hujjatni Jogorku Kenesh tasdiqiga shu yilning 10 sentyabrigacha havola kilishimiz lozim”, – dedi Satibaldiev.

Muhokama qilingan variantlarning orasida qo’shma korxona tashkil qilish, soliq rejimini o’zgartirishlik, Centerra Gold Inc bilan kelishimni bekor qilish, ayni vaqtdagi kelishimni saqlab qolish kabilar bor.

“Yaqin vaqtlarda «Qumtor Gold Kompani» va «Qumtor Opereyting Kompani» etakchi kompaniyalari yagona korxonaga birikadilar, – o’rtoqlashdi Satibaldiev. – Eng asosiysi, kelishimlar qaysi tarafga o’zgarishidan qat’iy nazar, korxona beto’xtov ishlab turishligiga shartlashib oldik”.

Shuningdek premer-ministr, uch deputatning ozod qilinishligiga bog’liq «Ata-Jurt» fraktsiyasi tarafidan konni milliylashtirish talabi bilan navbatdagi chiqishlar bo’lishi mumkinligini aytdi. Bu borada Satibaldiev, muammolarni yuqori madaniy yo’l bilan hal qilish hamda korxona halq manfa’atiga ishlashi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish kerakligini bayon qildi.

“Ko’pchilik sarmoyador va donorlar Qirg’izistonda ish boshlashdan avval Centerra Gold Inc bilan kelishim qanday natija topishini kuzatib turishibdi”, – yakunladi premer-ministr.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.