Chorshanba kuni AQShning Afg’oniston va Pokiston bo’yicha maxsus vakili Djeyms Dobbins mintaqa bo’ylab ish safariga chiqdi. Amerikalik vakil Turkiyada, Qatarda, Afg’oniston va Pokistonda uchrashuvlar o’tkazadi.
Payshanba kuni u Doxada «Tolibon» kecha arafada ochgan vakolatxonasida harakatning namoyondalari bilan uchrashib, Afg’onistondagi vaziyatni tinchlik yo’li bilan hal qilish xususida so’zlashadi.
Avvalroq, hukumat idorasidagi ismlari atalmagan vakilar bayon qilganday, AQSh toliblarni «Al-Qoida» va unga bog’liq guruhlar bilan aloqalarini uzishlikka, kuch qo’llashlikdan voz kechishlikka hamda afg’on konstitutsiyasini qabul qilishlikka undaydi. Biroq, davlat departamentidagilar, bu talablar «Tolibon» bilan boshlanayotgan muzokaralar uchun oldindan qo’yilayotgan shartlar emasligini aytishgan.
AQSh afg’on radikallari bilan o’zaro maxbuslar almashishlikka tayyor ekanliklarini tasdiqlaganlar. Toliblar esa, AQShdan yaxshi niyat ishorasi sifatida Guantanamodan, xech bo’lmaganda, besh maxbusni ozod qilishliklarini kutmoqda. Bunga javoban ular 2009 yilning iyun oyida qo’lga tushgan amerikalik serjant Boui Bergdalni qo’yib yuborishlikka tayyor.
AQShning bu harakatidan norozi bo’lgan Afg’oniston prezidenti Homid Karzay AQSh bilan xavfsizlik kelishimi xususidagi muzokaralarni to’xtatib qo’ydi. Xavfsizlik kelishimida 2014 yildan keyin Afg’onistonda qoladigan amerikalik kontingentning soni ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
“AQShning aytganlari va amallari bir biriga zid kelmoqda”, – bayon qildi u. Karzayning aytishicha, Doxada AQSh bilan, uning mamlakatini emas, voqeda yo’q Islom amirligidagi Afg’onistonni namoyon qilgan «Tolibon» bilan yakkama-yakka muzokara o’tadi.
Doxadagi uchrashuvga Afg’oniston hukumati ham o’z vakillarini jo’natishligi kutilmoqda edi.