Ma’lumot manbalarida aytilishicha, deyarli har hafta Vashingtonda 2014-yildan keyin nima bo’lishi va Markaziy Osiyodagi vaziyat qay tomonga o’zgarishi haqidagi mavzu muhokama qilinadi.
TanqidchilarObama ma’muriyatini tanqid qilishdan charchamayapti. Ularning nazarida Qo’shma Shtatlar ishni bitirmay chiqib ketayapti. AQSh chiqib ketgandan so’ng beqarorlik kuchayib, o’tgan 12 yilda qilingan mehnat er bilan yakson bo’ladi, Tolibonning hokimiyatga qaytish ehtimoli kuchli. Ekstremistlar yana Afg’onistonni o’z qarorgohi qilib oladi.
Markaziy osiyo masalasi ham muhimligicha qolmoqda.
Rossiya ham ancha faollashgan, AQSh chiqar ekan, Moskva Markaziy Osiyo va Afg’onistondagi rolini oshirish payida, deydi Brukings tadqiqot instituti ilmiy xodimi Vanda Felbab-Braun.
AQSh Mudofaa vazirligida Janubiy va Markaziy Osiyo bo’yicha idoraga rahbarlik qilgan Deyvid Sidniga ko’ra, Kreml bir tarafdan AQSh ishni bitirmasdan chiqmasligi kerak desa, ikkinchi tarafdan AQSh mintaqani tezroq tark etsa u yana bizga qoladi degan umidda – hamma o’z manfaatini o’ylaydi.
Italiyada chop etiluvchi La Repubblica gazetasining yozishicha, Amerika va NATO qo’shinlarining Afg’onistondan olib chiqilishi yaqinlashgani sayin Rossiya va Xitoy Markaziy Osiyodagi sobiq sovet respublikalari ustidan ta’sirini kuchaytirishga ko’proq harakat qilmoqda. Bishkekka nisbatan Rossiyaning imkoniyatlari Xitoynikidan ko’proq.
«Qirg’iziston bahs ob’ektlaridan biridir. U Xitoy uchun katta ahamiyatga ega, chunki mazkur ikki davlatni qariyb ming kilometrlik chegara birlashtirib turadi. Bundan tashqari, Qirg’igiston butun mintaqa bilan aloqa va energetika zaxiralari nuqtai nazaridan ham e’tiborlidir», – deya yozadi muallif.
«Rossiyaning energetika giganti – «Gazprom» milliy gaz kompaniyasini 1 dollar evaziga sotib oldi.Gaz etkazish ustidan nazorat, harbiy baza, iqtisodiy sohadagi loyihalar Bishkek va Moskvani mustahkam bog’lab turadi.Bundan tashqari, Moskva Bishkekning 2015 yilda Yevroosiyo ittifoqiga qo’shilishi uchun roziligini olishga muvaffaq bo’ldi. Bojxona ittifoqida Qirg’iziston kuzatuvchi maqomiga ega. Qirg’iz hukumatining Moskva uchun muhim qarorlaridan biri 2014 yilda “Manas”dagi Amerika bazasi bilan shartnomaning tugashi bo’ldi. Shunday qilib, Rossiya Qirg’izistonda harbiy bazasi va ayrim harbiy ob’ektlari bo’lgan yagona davlatga aylanadi».
Ayni paytda Qirg’iziston oliy kengashi ijroiy idorasining notig’i, parlament a’zolari yopiq eshiklar ostida AQSh aviabazasi mavzusini ko’rib chiqishadi deb e’lon qildi.
Qirg’iziston parlamenti bu o’lkada AQSh aviabazasining saqlanib qolishiga qarshi e’tiroz bildirmoqda.
Qirg’iziston parlament vakillariga ko’ra, 2014 chi yilning oxirida Nato harbiy kuchlarini Afg’onistonni tark etishlaridan keyin AQShning avaibazasini Bishkekda qolishiga biron bir sabab qolmaydi.
Oldinroq ham Qirg’izistonning ushbu komiteti va parlamentdagi partiyalar vakillari AQShning harbiy avibazasiga qarshi ekanliklarini e’lon qilishgan edi.