Eronda demokrat Ruhoniy prezident bo’ldi

501
0

0

Eron Ichki ishlar vaziri Hasan Ruhoniyni Eron davlatining yangi prezidenti deb e’lon qildi. Rasmiy ma’lumotga ko’ra, Hasan Ruhoniy juma kuni bo’lib o’tgan saylovda ovozlarning yarmidan ko’prog’ini olgan.

Eronning yangi saylangan prezidenti o’z g’alabasi ortidan halqqa bayonot berib, o’z g’alabasini “demokratiya, hamkorlik va ochiq muloqotni hurmat qiluvchilar uchun yangi imkoniyat” ekanini aytdi.

“Yaratganga shukr, aql va mo”tadillik Eronda g’alaba qildi. Demokratiya va ochiqlikka asoslangan mamlakatlar endi Eron halqiga hurmat bilan yuzlanishi va Islomiy respublika haq-huquqlarini tan olishi zarur”, – dedi Hasan Ruhoniy.

Eronda ochiqdan ochiq dechokratiyani yoqlovchi prezidenb bo’lganidan hotirjam bo’lgan kufr davlatlari Eron davlati bilan hamkorlik qilishga tyyor ekanligini bildirishdi.

Eronda yangi prezidentning saylanishi AQShning Eronga nisbatan siyosatidayangi burilishga sabab bo’lganligini bildirgan Oq uy Eron Islom Jumhuriyati bilan muzokara qilishga tayyorligini e’lon qildi.Frans Press ahborot agentligining habariga ko’ra, Oq Uy shanba kuni AQSh davlati Eron davlati bilan to’g’ridan to’g’ri Eronning yadroviy mavzusi borasida muzokara qilishga tayyor ekanligini e’lon qildi va bundan maqsad halqaro hamjamiyatning Eron yadroviy dasturi borasidagi havotirlarini chetlashtirish uchun diplomatik echim yo’lini topish ekanligini ta’kidladi.

Yevropa ittifoqi ham Eron bilan hamkorlikga tayyor ekanligini bildirdi.YeIning tashqi siyosati buyicha mas’uli Katrin Eshton shanba kechgi bayonotida, Eronning yangi prezidenti Hasan Ro’honiyga muvaffaqiyatlar tilab, yadroviy programmalar borasida zudlik bilan diplomatik hamkorlik qilish kerakligini bildirdi.

Frantsiya hukumati Eronning yangi rahbariyati bilan hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdi.

Britaniya Tashqi Ishlar vazirligi yangi saylangan prezident idorasini “yangi yo’ldan borishga” chaqirdi.

Rossiya prezidenti esa yangi prezidentni saylovda g’alaba qozonganibilan tabriklab yanada yaqin hamkorlikka chaqirdi. URossiyaning barcha sohalardaEron bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirib, Rossiya va Eron aloqalari yanada kuchayishiga ishonch bildirdi.

Eronning dastagi bilan Suriyada musulmonlarga qarshi jang qilayotgan Hizbulloh guruhining rahbari ham qatordan chetda qolmadi. Yaqinda Suriyada demokratiya ustivorligini yoqlab chiqqan Hasan Nasrulloh Eron halqini tabriklab, omma xalqningsaylovda ishtirok etishi jahonda demokratiyaning haqiqiy bayrami bo’lganligini ta’kidladi.

Ammo Hasan Ruhoniy o’zini demokratiya tarafdori ekanligini ochiq ifoda etgan bo’lsa-da Isroil unga ishonch bildirmadi. Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu xalqaro hamjamiyatni ogoh bo’lishga, Ruhoniyni mo’tadil deb, Eronga qo’yilgan sanktsiyalarni yumshatmaslikka chaqirdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.