“Kemp Devid” shartnomasini bekor qilish uchun 300 ming imzo

615
0

1

Yediot sayti “Isyon” harakati nashr qilgan maqolaga tayanib keltirishicha, Isroil va Misr o’rtasida tuzilgan tinchlik bitimini bekor qilish va Amerika yordamini rad qilish uchun imzo to’plash boshlangan.

Ayni paytda Misr isyonchilar harakati Isroil va Misr o’rtasida tuzilgan “Kemp Devid” shartnomasini bekor qilish va Amerikaning Misrga ko’rsatayotgan yordamini rad qilish uchun hozirgacha 300 ming imzo to’plaganligini e’lon qildi. Bu harakat Amerikaning har bir diplomatik munosabatlar va xalqaro aloqalarga aralashuvini rad qilish uchun amalga oshirilmoqda.

Harakatning ma’lum qilishicha da’vat ikki banddan iborat: birinchisi, Misrning Amerikadan olayotgan yordamlarining har turini rad qilish. Ikkinchisi Misr bilan Isroil o’rtasida imzolangan bitimni bekor qilish.

Aytish mumkinki, o’tgan kecha Isroilda xavfsizlik majlisi to’planib, unda Misrdagi vaziyatning Isroilga ta’siri xususida bahs munozara yuritilgan. Yig’ilishda Isroil vazirlari AQSh prezidenti Obamaning Misr haqida bergan bayonotlarini tanqib qilib chiqishgan.

Nyu-York tayms gazetasining yozishicha, isroilliklar va saudiyaliklar hamda AQShning boshqa arab ittifoqdoshlari Obamadan o’zlari uchun Islomiy xatar deb bilgan narsaga qarshi Misr harbiylarini kurashishiga imkon yaratib berishni talab qilgan.

“General as-Sisiga yaqin bo’lgan kichik bir harbiylar to’dasi Misrni Musulmon birodarlardan butkul xalos qilish fursati etdi, deb o’ylashadi. As-Sisining tutingan otasi Livo Muhammad Tahomiy shular jumlasidan. U hozirgi paytda bosh harbiy razvedka raisligi mansabini egallab turipti”, deya yozadi gazeta.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.