Chegaradagi tortishuvlar.

491
0

02-150x150

Qirg’izistonning Botken oblasti Samarqandek qishlog’iga 10 iyun kuni 2 minga yaqin Qirg’iziston va 500 chamasi Tojikiston fuqarolari yig’ildilar. Ikki taraf ham bir birlarini chegaradagi erlarni noqonuniy egallab olishlikda ayblashgan. Kimga tegishligi aniq echilmagan va talashlarga sabab bo’lgan er Qirg’izistonning Botken rayoni bilan Tojikistonning Isfara rayonlari tutashgan chegarada joylashgan.

9 iyun kuni tojikistonliklar chegaralarni aniqlash va belgilash ishlari hali nihoyasiga etmagan erlarni shoshilinch ravishda uylar qurish va daraxtlar o’tqazish uchun tayyorlay boshlashgan. Qirg’izistonliklar esa bunga yo’l qo’ymaslikka harakat qilishgan. Talashuv sodir bo’lgan erga etib kelgan militsiya xodimlari ikki tarafni ham tinchlandirib, to’qnashuv chiqib ketish oldini olib qolishgan.

Shuningdek, 10 iyun kuni Botken oblastiga ish tashrifi bilan Jogorku Kenesh deputati O’murbek Tekebaev kelgan. U mahalliy xalq bilan tushundirish suhbatini o’tkazib ularni tinchlandirgan va chegaralarni aniqlash va belgilash ishlarini tezlatish va muammoni tezlik bilan hal qilib berishlik haqidagi xalq talabini yuqoridagi rahbariyatga etkazishlikni va’da qilgan.

Ayni vaqtda chegarada vaziyat tinch.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.