O’zbekiston prezidenti Islom Karimov AQShdan harbiy vertolyotlar xarid qilmoqchi.U buning uchun u ma’lum shartlarga ko’nishi lozim.
“O’zbekiston Amerikadan harbiy vositalar so’ramoqda, unga Vashington nima deb javob qilyapti”, degan savolga javob berganAQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo’yicha muovini Robert Bleyk bu borada hali biror qarorga kelinmaganligi vabu ish ma’lum shartlarga asoslanishini bildirdi.
Ayrim kongressmenlar, xususan yil boshida Toshkentga safar qilib, prezident Islom Karimov bilan so’zlashgan respublikachi Dana Rorabakerning fikricha, O’zbekiston iltimosiga ijobiy javob berish kerak.
Afg’onistonga hujum kilgan kundan boshalabO’zbekiston bilan harbiy hamkorlikni yo’lga qo’ygan Vashington o’tgan ikki yil mobaynida O’zbekistonga harbiy madad ko’rsatdi. Jumladan shu yilning mart oyida chegarani nazorat qilish salohiyatiga ega bir necha uchuvchi robot apparatlar uzatildi.
Vashingtonni bildirishicha, O’zbekistonga beriladigan har bir yordam, uning ortidadan ko’zlangan maqsad va manfaat, sheriklik yuzasidan har bir qaror elakdan o’tkaziladi.Bu Vashingtonga xos ish yuritishdir.