Shayx Yusuf Qurzoviy musulmonlarni jihodga da’vat qildi

544
0

01

«Faysbok» ijtimoiy tarmoqdan olingan xabarga ko’ra doktor Shayx Yusuf Qurzoviy minbardan turib “jihod qilishga qodir bo’lgan musulmonlar uchun Suriyaga borib jihod qilish vojib”, deb fatvo berdi. Shayx Qurzoviy «Qaniydi men ham qodir bo’lganimda edi albatta borar edim» deya, xutbasiga yakun yasab, Bashar Asad va uning yordamchilarini duoibad qildi.

Shuningdek, Shayx shia oqimiga mansub Hizbulloh guruhini Hizbushshayton, ya’ni shaytonning firqasi, deb atadi.

Avval ham Shayx Qurzoviy Misr diktatori Husni Muborakni hokimiyatdan ketishga chaqirgan va musulmonlarni Liviya diktatori Mummar Kaddafiyga qarshi urushishga dav’vat qilgan edi.

Ammo shayx Suriya mojarosi boshlanganiga ikki yildan ortiq vat o’tganiga va qancha-qancha tinch fuqarolar, jumladan ayollar, qariyalar va yoshbolalar ayovsiz qirg’in qilinganiga qaramay nima uchun bu fatvoni endi chiqarayotgani sababini ochiqlamadi. Bu fatvoga munosabat bildirgan ba’zi muxlislar “juda kup mojaroli xolatlarda shayx mum tishlab utirgan edi” va “Bu shayx Isroil bilan AQSh kimni yomon ko’rsa o’shani yomon ko’rarkanda”, deya g’azablarini yashirishmagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.